2.
Uni eritib quyish oson, chunki uning erish temperaturasi pastroq.
Mis va bronza tabiatda yombi holida tarqalgan. Misni eritish t° - 1084 S°,
bronzaning erish t° 700-900 S° o’rtasida. Mis va qalayni birga qo’shib, qoliplarga
quyishgan. Qoliplar toshdan qumtosh yoki toshtaxtachalardan iborat bo’lgan.
Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa ho’jaligida ro’y bergan buyuk madaniy
xo’jalik ixtiro edi. Yangi metal xarbiy qurollarning turini ko’paytirdi, harbiy
qurollarning xili va jangovarligi oshdi. Bronzadan yasalgan uy-ro’zg’or buyumlari
ham paydo bo’ldi. Ammo bronza mehnat qurollari ishlab chiqarish uchun nodir va
kamchil metal bo’lib qolaveradi. U mehnat qurollari yasashda tosh xom ashyosini
uzil-kesil siqib chiqara olmadi. Chunki dastlab bronzadan munchoqlar, uzuklar,
to’g’nag’ichlar yasalgan. Ular asosan ziynat buyumlari edi. Bu davrda tosh qurollar
ham ko’plab ishlatilgan. Tosh parrakchalardan keng foydalanilgan. Ammo bronzaning
toshga nisbatan ustunlik tomonlari, ya’ni uning juda tez turli shaklga keltirilishi, turli
ishlarda foydalanish mumkinligi, ko’p uchraydigan keskir va qattiq tosh qurollarni
kamyobligi, mo’rtligi va tez sinishi kabi xususiyatga ega bo’lgan (bronza) metal siqib
chiqara olmagan.
Bu davrda bronzadan asosan turli bezaklar, uy-ro’zg’or va ho’jalik buyumlari,
xarbiy qurol-aslahalar va mehnat qurollari yasaydigan maxsus temirchilik,
chilangarlik va zargarlik ustaxonalari vujudga keldi. Hunarmandchilikning
ixtisoslashuvi bilan mintaqalararo ayirboshlash kuchaydi. Kishilik jamiyati tarixida
birinchi marta muntazam mol ayirboshlash imkoniyati bevosita dehqonchilik va
chorvachilikning bir-biridan ajralishi va hunarmandchilikning paydo bo’lishi bilan
izohlanadi.
Bronza davri ho’jaliklari ho’jalik va ijtimoiy taraqqiyot darajalari bilan bir-
biridan farq qilmasa-da, sopol buyumlarining xili, qabrlar qurilishi jihatidan bir-
biridan farqlanadi.
Yevropadagi ibtidoiy davr qo’rg’onlarining deyarli hammasi-dan bo’yalgan va
bo’yalmagan skletlar topilgan. Skletlar yerda yonboshlab, oyoqlari bukilgan holatda
yotishadi. Bu odat keng yoyilgan. Hatto Sharq, Markaziy Osiyo hududlarida ibtidoiy
qabilalar tug’ilguncha odam ona qornida qanday holatda bo’lsa, o’lganidan keyin yer
bag’rida shu taxlitda yotadi deb o’ylaganlar. Arxeologlar tomonidan murdani bo’yab,
bukchaytirib ko’mishning 3 davri ajratib o’rganilgan:
1.
Qadimgi chuqur, mozor-qo’rg’onlari (eneolit davriga mansub).
2.
Katakomba mozor-qo’rg’onlari.
3.
Yog’ochband mozor qo’rg’onlari.
Katakomba mozor-qo’rg’onlari go’rlari yon tomoniga o’yib qazilgan alohida
lahad shaklidagi qabrlardir. Bu mozor qo’rg’on-lardan bronza, mis-pichoqlar,
to’g’nag’ichlar, bigiz, buyumlar topilgan. Katakomba mozor-qo’rg’onlarida tosh
qurollar silliqlangan tosh boltalar va chukmorlar, chaqmoqtosh, nayza, o’q va
pichoqlar, sopol idishlar ko’plab topilgan, bu sopol buyumlarning aksariyatini tagi
tekis va hatto boshqa shakllari ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: