munchoqlar, feruza va la‘l tumorchalar, shuningdek, malika kiyimlariga qadalgaan
turli hayvon haykalchalari topilgan. Maykop qo’rg’oni topilmaalari Sankt-
Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanadi.
Mezolit va neolitda terib-termachlab ovqat topishdan yovvoyi o’simliklar ekish
va o’tkazish yo’li bilan vujudga kelgan dehqonchilik eneolit zamonida yuqori хo’jalik
shakliga aylanadi. Dehqonchilik va chorvachilik ortiqcha mahsulotlar yetishtirishga va
mol ayrboshlashni tartibga solinishiga yordam beradi. Eneolitning yana bir xarakterli
xususiyati shundaki, Mesopatamiya, Old Osiyo va Osiyo hududlarida dastlabki
shahar-davlatlarning paydo bo’lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi jarayoni
ko’zga tashlanadi. Bu jarayonlar ijtimoiy munosabatlarning keyingi davrlardagi
rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |