Imrisgora (Gruziya) da dehqonchilik yerlarini sug’orish uchun sodda, bir martalik
kanal izlari topilgan.
Markaziy Kavkazbo’yi hududida Agubekov va Kabardin-Balkariyadagi Nalchik
mozor-qo’rg’oni topib o’rganilgan. Nalchik mozor-qo’rg’oni shaharning markazida
joylashgan bo’lib, 147 ta qabr ochib o’rganilgan. Bu yerda odamlar oila-oila qilib
dafn etilgan; erkaklar o’ng, ayollar chap yoni bilan dafn etilgan. Qabrlardan mis
uzuklar, tosh munchoqlar, yorg’uchoq va motigalar topilgan. Bunga o’xshash
yodgorliklarni Chechen-Ingushetiyada ham ko’rish mumkin.
Sharqiy Karpat yoni va O’rta Dnepr bo’ylarida Tripole madaniyati keng
tarqalgan. Ruminiyada Kukuteni madaniyati deb ataladi. Kiev yaqinidagi Tripole
Do'stlaringiz bilan baham: |