O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/185
Sana31.07.2021
Hajmi1,96 Mb.
#133854
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   185
Bog'liq
arxeologiya asoslari (2)

«Bukchaytirilgan skletlar» - murdalarni yonboshlab, oyoqlari bukilgan holatda 
ko’milishi,  odamning  dunyoga  kelishi,  ibtido  va  intiho  haqidagi  tasavvurlarning 
inikosi sifatida, ona qornida va yer bag’rida bir holatda bo’lishini aks etirilishidir. 
Yevropada  bronza  davri  chorvador  qabilalari  o’ziga  xos  katta  birliklarni  tashkil 
etadi.  Sopol  buyumlarning  shakli  va  naqshlari  o’z  birliklarga  xos  bo’lib,  ular  bir-
birlaridan farq qilgan. 
Masalan,  Janubiy  Shvetsiya,  Daniya,  Germaniya,  Pol’sha,  Chexiya,  Frantsiya, 
Venetsiya,  hududlarida,  xatto  MDH  davlatlari  territoriyalarida  chilvir  naqshli  sopol 
buyumlar  keng  tarqalgan.  Angliya,  Frantsiya,  Ispaniya,  G’arbiy  Germaniya 
hududlarida esa oddiy, o’ziga xos shakldagi sopol buyumlar tarqalgan. 
Yer  yuzining  ko’plab  hududlaridan  bronza  (jez)  davri  yodgor-liklari  topilgan. 
Arxeologlar  ijtimoiy-iqtisodiy  va  maishiy  munosa-batlarni  yodgorliklardan  topilgan 
moddiy topilmalarni o’rganish orqali tiklab, bronza davri kishilari hayoti va faoliyati 
haqida  ma’lumotlarga  ega  bo’ldilar.  Sharqiy  O’rta  yer  dengizi  bo’ylarida,  xususan 
Falastinda  bronza  davrida  shahar  tipi  markazlari  paydo  bo’lgan  hunarmandchilik  va 
mustahkamlangan  manzillarning  shakllanishi  bilan  ilk  bronza  davrida  kulolchilik 
charxi  paydo  bo’ladi.  Ushlagichli  cho’zinchoq  ko’zalar  va  turli  shakldagi  idishlar 
bronza  davrida  keng  tarqaladi.  Falastin  yodgorliklarida  bronza,  mis,  kumush  metali 
keng  ishlatilgan.  Hatto  milddan  avvalgi  III  ming  yillik  oxirlarida  kumush  idishlar 
keng  tarqalgan.  Falastinda bronza  davriga  mansub  kumush  xazina  topilgan.  U  35  xil 
predmetdan  iborat  bo’lib,  uning  tarkibida  turli  buyumlar,  idishlar,  bezaklar  bo’lgan. 
Bronza davri manzillari ko’pincha mudofaa devorlari, bilan o’ralgan, to’g’ri burchakli 
binolardan  iborat  bo’lgan.  Bu  davr  shahar  xarobalarining  o’rni  2-4ga  etadi  va 
buyumlarning joylanishi, qurilishi shakli o’ziga xos reja asosida bo’lgan. 
Falastin  yodgorliklari  mudofaa  devorlari  bilan  o’ralgan  bo’lib,  bu  devorlarning 
eni 4,5 metrdan to 8 metrgacha bo’lgan. Masalan, Fara yodgorligi xarobasi devorlar 
bilan  o’ralgan.  Fara  shahri  xarobasi  hisoblanadi.  Shahardan  ijtimoiy  xarakterdagi 


binolarning  qoldiqlari  topilgan.  Yuqori  tabaqa  uylari,  mahalliy  hukmdorlarning 
saroylari  ham  mavjud  bo’lgan.  Shahardan  unga  uzoq  bo’lmagan  joyda  qabriston 
joylashgan.  Bu  erda  (Ochiq  Qabr)  kollektiv  qabrlar  bo’lib,  har  bir  qabrda  50-90 
murdaning  qoldig’i  bo’lgan.  Hatto,  bir  qabrga  300  kishi  ko’milgan.  Qabrlardan 
kulolchilik buyumlari (idishlar), zeb-ziynat va ayrimlaridan metal buyumlar topilgan. 
Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o’zgaradi. 
Bu  davrga  oid  bo’lgan  Iordan  vohasidagi  Xazor  xarobasi  50  gani  tashkil  etadi.  U 
poytaxt,  ya’ni  markaz  vazifasini  o’tagan.  Xarobada  ibodatxona  qoldig’i  va  zadagon 
kishilarning  uylari  qoldiqlari  topilgan.  Ilk  sinfiy  munosabatlar  mavjud  bo’lganligini 
bildiruvchi topilmalar – yuqori tabaqa, oziq-ovqat omborlari o’rganilgan. 
Kichik Osiyoda Qumtepa yodgorligi bronza davriga mansub bo’lib, u miloddan 
avvalgi  III  ming  yillik  bilan  belgilanadi.  Qumtepa  yodgorligi  tosh  arxitekturasining 
ajoyib  namunasi  bo’lib,  unda  uylar  poydevorigina  emas,  balki  xonalar  ham  toshdan 
urilgan. Kichik Osiyoda bronza davriga oid bo’lgan Troya I, Termi manzilgohlaridan 
bronza qurollar topilgan va o’rganilgan. 
Miloddan  avvalgi  III  ming  yillik  oxirlarida  hunarmandchilikni  rivojlanishi 
shaharlarning  gullab-yashnashiga  sabab  bo’lgan.  Markaziy  Osiyo  shaharlari  –  Troya 
II,  Polisxni  V,  Axlatenbel’  1-2  ga  maydonni  tashkil  etgan.  Beyjesulton  shahar 
xarobasining  maydoni  24ga  teng  bo’lib,  yodgorlik  xarobalardan  shahar  xususiyatiga 
xos elementlar, hukmdor saroyi, ijtimoiy bino qoldiqlari topilgan va o’rganilgan. 
Elamning  bronza  davri  yodgorliklari  –  Eron  hududida  Suza  kompleksi  bo’lib,  u 
miloddan  avvalgi  III  ming  yillikning  birinchi  yarmiga  oiddir.  Suza  kompleksidan 
buqa,  echki,  baliq,  .  .  .  suratlari  solingan  kulolchilik  buyumlari,  bronza  qurollar  – 
bolta, xanjar, qadimgi Elam yozuvi aks ettirilgan plastinkalar topilgan. 
MDH  davlatlari  hududida  ham  bronza  davri  yodgorliklari  o’rganilgan.  Janubiy 
Sibir’  hududida  bronza  davri  yodgorliklaridan  eng  qadimiysi  Afanas’ev  madaniyati 
bo’lib,  u  miloddan  avvalgi  III  ming  yillikka  oid.  Afanas’ev  madaniyati  Enisey 
(Enasoy) daryosi bo’yida joylashgan. Afanas’ev yodgorligidan qadimgi qabrlar o’rni 
topilgan.  Bu  qabrlar  ustiga  tosh  taxlangan  chuqur  qabrlar  bo’lib,  unga  murdalar 
yonlab  qo’yilgan.  Ularning  yonida  oziq-ovqatlar,  mehnat  qurollari  qoldiqlari 
saqlangan. 
Miloddan  avvalgi  II  ming  yilliklarda  G’arbiy  Sibir’  xududida  Andronov 
madaniyati keng tarqalgan. Andronovo madaniyati tipi- Janubiy Sibir’, Janubiy Ural, 
Qozog’iston  shimoliy  hududiga  mosdir.  Andronovo  madaniyati  qabrlar  va 
makonlardan  iborat  bo’lgan.  Qabrlar  –  to’g’ri  burchakli  bo’lib,  yog’och  va  tosh 
plitalar  bilan  yonlari  mustahkamlangan.  Andronovo  madaniyatiga  oid  makonlarda 
metallurgiya,  chorvachilik,  motiga  dehqonchiligi  rivojlangan.  Ko’plab  jez  qurollar, 
don qoldiqlari topilgan. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish