Periskop suvosti kemalari uchun g’oyatda zarur ko’rish asbobidir. Kema yarim tanasi bilan
suvga cho’kib turgan holatlarda suv ustida qaqqayib turadigan periskop trubasi orqali kuzatish olib
beriladi.
Bu xususiyat kuzatuvchining ko’zga ko’rinmasligi alohida muhim ahamiyatlidir. Xuddi shu
maqsad uchun ham periskop asbobi yaratilgan. Quruqlikda periskop turli xil istehkomlardan
kuzatuv olib bnorish uchun qo’llaniladi. Jangchi dushmanning bevosita zarbasiga uchramasligi
uchun blindajdan yerto’ladan okopdan kuzatuv olib boriladi. Tanklar, bronetronsportyorlar ham
periskop bilan jihozlangan. Namoyishlar va xalq sayllari paytida olomonni bosh tarafdan kuzatish
uchun ham periskop qo’l keladi. Takomillashtirilgan periskop xuddi durbinga o’xshab, manzarani
kattaroq hajmda ko’rsatat oladi. Ularni “durbinli ko’zoynak” deb ham atash mumkin. Suvosti
kemalarida qo’llaniladigan periskoplarda esa ko’zgular tizimi linza va ko’rinishni o’zida aks
ettiruvchi prizmalarga almashtirilgan.