Turk svilizatsiyasi Reja: Kirish Asosiy qism



Download 71 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi71 Kb.
#394179
Bog'liq
Turk svilizatsiyasi


Turk svilizatsiyasi

Reja:
Kirish

Asosiy qism

  • Ashinaliylar sulolasining xokimiyat tepasiga kelishi

  • Ashinaliylar davrida siyosiy ijtimoiy iqtisodiy xayot

  • Turk xoqonligidagi bo‘linish va uning sabablari

Xulosa

Adabiyotlar ro‘yhati

Kirish

VI asrning boshlariga kelib Oltoyning janubiy viloyatlarida siyosiy munosabatlar jarayonining faollashishi yaqqol ko`zga tashlana boshlaydi. Xitoy manbalariga ko`ra, bunda hal qiluvchi o`rinni Ashina sulolasi namoyandalari egallaganlar. Bu davrda mintaqadagi siyosiy manzarani to`liq tasavvur qilish uchun quyidagilarni eslash kifoya bo`ladi, deb o`ylaymiz.

ASHINALIYLAR

VI asrning boshlariga kelib Oltoyning janubiy viloyatlarida siyosiy munosabatlar jarayonining faollashishi yaqqol ko`zga tashlana boshlaydi. Xitoy manbalariga ko`ra, bunda hal qiluvchi o`rinni Ashina sulolasi namoyandalari egallaganlar. Bu davrda mintaqadagi siyosiy manzarani to`liq tasavvur qilish uchun quyidagilarni eslash kifoya bo`ladi, deb o`ylaymiz. Sharqiy Turkiston, Farg`ona, So`g`diyona, Xorazm, Baqtriya, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Eronni o`z ichiga olgan hududda eftaliylar, hozirgi Mo`g`uliston va qisman Shimoliy Xitoy ustidan esa Jujan xonligi hukmronlik qilib kelardi. Aytilganidek, Oltoyning janubiy tomonida Ashina sulolasi xatti-harakatlari tufayli siyosiy jarayon yuksalish yo`liga kiradi. Bundan tashhari zamonaviy tushunchadagi Xitoyning shimoliy qismida Vey (Yuan-Vey) sulolasi (386-558) hukmdorlik qilar va bu xonadonning asli chiqib kelishi esa turkiy negiz bilan bog`liq edi. Demak, VI asr boshlarida Kaspiy dengizidan Uzoq Sharqqacha bo`lgan katta hudud hayoti ko`pdan-ko`p turkiy tilli sulolalar faoliyati bilan bog`liq bo`lgan.

Oltoy tog` tizimi janubiy qismining qadimgi nomi Oltin yish (Oltin vodiy) bo`lib, tabiiy sharoiti har qanday jamiyat farovonligini ta'minlashda benazir hisoblangan. Xitoy manbalarida yozilishicha, tilga olingan Ashina sulolasi ham xuddi shu shart-sharoitda yuksalgan, siyosiy ta'siri ortib borib, ayniqsa Bo`min (Tumin) sardorligi vaqtida bu jarayon yanada faol tus olgan. Uddaburon siyosatchi sifatida u ham siyosat, ham zo`ravonlik yo`lini tutadi. Masalan, Bo`min Jujan xon-ligi bilan ochiqdan-ochiq aloqani uzib, 551 yili Vey xonadoni bilan quda-andalik aloqasiga kiradi. 552 yili esa Jujan xonligiga qarshi qurolli kurashga otlanib, ularni tor-mor qiladi. Ammo Bo`min 553 yili vafot etadi va uning o`rniga taxtga o`g`li qora Issiq (Isigi) o`tiradi. Qora Issiqxon ko`p hukmdorlik qilmay, shu yiliyoq qazo qiladi. Lekin u ham o`z hukmronligi davomida jujanlarga yana bir bor qattiq zarba berishga ulgurgandi. Demak, shu yilning o`zida Ashina sulolasining sardori ikki marta o`zgargan. Endigi gal taxtga Bo`minning kichik o`g`li Mug`anxon (553-572) chiqadi.

Mug`anxon davrida ashinaliylar "Koreya qo`ltig`idan harbiy dengizgacha, (Xitoy devoridan) Shimoliy dengizgacha" bo`lgan yerlarni o`z siyosiy hukmlari ostiga olishga  muvaffaq bo`lganlar.  Mug`anxon xuddi otasi Bo`min kabi ham siyosat, ham zo`ravonlik yo`llaridan ustalik bilan foydalana bilgan hukmdor edi. Chunonchi, eftaliylar sulolasiga qarshi kurashda u, avvalo, ularning janubi-g`arbidagi dushmanlari sosoniylar bilan yaqin  munosabatlarga kirishadi.   Buning uchun Mug`anxon 554 yili Eronga elchi yuborib, ikki tomonlama aloqa va ishonchni mustahkamlash yuzasidan amakisi Istamining qizi Asnabekani sosoniy Xisrav I ga (531-579) turmushga beradi. Eftaliylar qarshiligiga qaramay ashinaliylar va sosoniylar o`rtasidagi o`zaro kelishuvga putur yetmaydi. Lekin bu yaqinlashuv vaqtinchalik edi. Zero, Ashina sulolasining eftaliylardan  so`ng albatta sosoniylarni  ham  bir yoqlik qilishni mo`ljallab qo`yganliklariga shubha qilmasa ham bo`lardi. Haqiqatan ham shunday bo`lib chiqdi. 565 yili   Mug`anxonning amakisi   Istami   eftaliylar qo`shiniga qaqshatqich zarba bergan. 567 yili esa Toxariston va umuman eftaliylar qo`li ostida bo`lib kelgan yerlarni zabt etishga muvaffaq bo`ladi. Shu tariqa VI asrning so`nggi choragi arafasida mintaqada navbatdagi sulola – ashinaliylar hukmronligi o`rnatiladi. O`sha davr siyosiy voqeligi nuqtai nazaridan olganda ashinaliylarning Turkistonni zabt etishlari ehtimoli baland edi. Chunki so`ngga Yillarga kelib eftaliylar o`z siyosiy faoliyatlarida zaiflashish yo`liga kirgan va buni ular qo`l ostidagi yerlarning sosoniylar va ashinaliylar ixtiyoriga o`tib borishidan ham bilsa bo`ladi. Chunonchi, keyingi vaqtlarda Eron nafaqat yillik o`lpon to`lashdan bosh tortgan, balki 554 yili Toxaristonni bosib olgandi, ya'ni eronliklarning ham Turkistonga da'vogarliklari nihoyatda jiddiy edi. 555 yili esa ashinaliylar Toshkent, Sirdaryo bo`ylari, Xorazmni zabt etadilar. Boshqacha aytganda, eftaliylarning ertangi ahvoli ma'lum bo`lib qolgan. Bundan tashhari Ashina sulolasi eftaliylar, sosoniylardan farqli o`laroq, endi qudratga to`lib kelayot-gan yosh siyosiy kuch hisoblanardi. Shu bilan birga, eng muqimi, Sharq va G`arb o`rtasidagi savdo alohalarining barqaror ravishda olib borilishini siyosiy jihatdan kafolatlovchi tomon bo`lib ham Ashina sulolasi namoyandalari chiqishlari mumkin edi. Shuning uchun ham 565 yilgi ashinaliylar va eftaliylar o`rtasidagi asosiy jangda So`g`diyonaliklar betaraf bo`lib turgan bo`lsalar ajab emas.

Chunki bu vaqtga kelib Vizantiya sustlik bilan bo`lsa-da, o`zida ipak yetishtirish ishini boshlab yuborgan hamda 564 yilgi ahdlashuvga binoan Mug`anxon Vey-Chjeu sulolasidan (537 yili, tilga olganimiz, Vey sulolasi hukmron hududning harbiy qismida hokimiyatni qo`lga kiritgan xonadon) o`lpon sifatida yiliga 100 ming parcha ipak mato olish kerak edi. 100 ming parcha ipak mato o`z davri uchun juda katta hajm ekanligi qanchalik tabiiy bo`lsa, bu "o`lpon"ni g`arbga olib borib sotib, foyda olish va bu sohada doimo birinchi bo`lish So`g`diyonalik savdogarlar uchun tushunarli va eplasa bo`ladigan tadbir edi.

Mug`anxon va uning avlodlari harbiy yutuqlarni davom ettira borib, yuqorida aytilganidek, qora dengizdan Tinch okeangacha bo`lgan ulkan hududdagi salta-natga asos solishga erishadilar. Lekin shu bilan birga qator ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko`ra (masalan, saltanat maydonining haddan tashhari kattaligi va uni boshqarishdagi murakkabliklar, tadbirkor, donishmand hukmdorlarning nisbatan kam bo`lishi, Vizantiya, Eron, Xitoy kabi qudratli davlatlar bilan doimiy raqobat va hokazo), avvaliga (VI asr oxiri) saltanat g`arbiy va sharqiy xoqonliklarga bo`linib, birinchisi VII asrning ikkinchi yarmida, ikkinchisi esa VIII asrda batamom barbod bo`ladi.

Endi ashinaliylar hukmronligi yillaridagi boshqaruv masalasiga to`xtalib o`tsak, butun saltanat ustidan oliy hukmronlikni xoqon olib borgan. Yuqorida zikr etilgan g`arbiy va sharqiy qismlarga bo`linishdan so`ng har ikki tomon o`z xoqoniga ega bo`lgan. Xoqon aslida turkiy qag`an unvonining arabiy jaranglashidan hosil bo`lgan. Xoqonlik, ya'ni oliy hukmdorlik merosiy hisoblangan. Taxt otadan bolaga o`tsin. qabilidagi qat'iy tartib bo`lmagan. Xitoy manbalaridagi ma'lumotlar bilan tanishish shu xulosaga olib keladiki, oliy hukmdorlik otadan bolaga, akadan ukaga yo bo`lmasa, manba tili bilan aytganda, biron-bir "qarindosh"ga nasib etishi mumkin bo`lgan. Bundan tashqari shunday hollar ham bo`lganki, taxt sohibini "ulus oqsoqollari" tayinlagan. Xoqonni taxtga o`tqazish marosimining aniq bir tartiblar silsilasi va doirasida amalga oshirilishi bu tadbirning uzoq vaqtdan beri qo`llanib kelayotganidan dalolat beradi. Marosim esa quyidagicha kechgan: yirik amaddorlar taxt vorisini kigizga o`tqizib, quyosh harakati asosida, ya'ni sharkdan g`arbga tomon to`qqiz  marta doira bo`ylab aylantirganlar. To`qqiz soni turkiy tilli xalqlarda aziz hisoblanadi. Xar bir aylanishda marosimda ishtirok etuvchilar xoqonga ta'zim qilganlar va bu bilan o`z itoatkorliklarini anglatganlar. Shundan so`ng uni otga mindirib bo`yni uzra ipak mato tashlab qattiq siqqanlaru darqol bo`shatib, undan necha yil hukmdor  bo`lishi haqida so`raganlar. Aftidan, bu savol va u bilan bog`liq tadbir hukmdorning qat'iyligi, irodasi va jismoniy imkoniyatlarini sinash niyati bilan bog`liq bo`lgan bo`lsa kerak.

Ashinaliylar davri o`lkamiz boshqaruvi haqida so`z ketganda, ikki jihatta e'tibor qaratish lozim. Birinchidan, mamlakatimiz ham tobe bo`lgan umuman xoqonlikning boshharuv tizimi va, ikkinchidan, mahalliy (an'anaviy) boshharuv uslubining saqlanganligi. Shu ma'noda xitoylik mualliflarning quyidagi guvoxliklari diqqatga sazovardir: "(harbiy xoqonlikda) sifayan va xunda (mansabidagi) amaddorlar davlat ishlarini boshharganlar; qolganlar esa (ya'ni qolgan mansabu martabalar) xuddi sharqiy mulklardagidek (ya'ni sharqiy xoqonlikdagidek)".

Sharqiy xoqonlikdagi mazkur masala xususida yana xitoy manbalariga murojaat qilamiz: "Oliy martabalar orasida eng ulug`i shexu (jabg`u), keyin dele, uchinchisi esa silifa, to`rtinchisi tumafa, (qolgan) kichikroq darajadagi mansablarda 20 kishi band; ularning hammalarining mansablari merosiydir... qo`riqchilarni esa fuli (ya'ni bo`ri) deb ataydilar".

Qadimgi turkiy va xitoy manbalarida uchraydigan mansablardan shad (sha) va tutunni ko`rsatish mumkin.

Tutun ham merosiy hisoblangan. Tutunning lug`aviy ma'nosi tutib turmoq ekanligi nazarga olinsa, u holda uni soqibining vazifasi oydinlashganday bo`ladi. Zero, xitoy manbalariga ko`ra tutun hukmdorning joylardagi noibi, vakili, nazoratchisi vazifasini ado etgan (tutib turmoq, ya'ni nazoratda tutib turmoq). Tutunlarning mahalliy hokimlar faoliyati ustidan nazorat qilib turishlaridan tashhari soliq yig`ish tadbirlarida ham ko`z-quloq bo`lib turganlarini eslatib o`tish kerak. Shadga kelsak, xitoy manbalarida yozilishicha, eng oliy mansablardan hisoblanib, shunga yarasha saroy marosimlarida hukmdorning o`ng tomonidan joy olgan. Qadimgi turkiy yozuvlar va xitoylik mualliflar guvohliklari bilan tanishish shu xulosaga olib keladiki, shad va jabg`u (yabg`u) mazmunan bir-biriga g`oyatda yaqin mansab (unvon) hisoblangan. Bu har ikki unvon hukmdorning eng yaqinlariga berilgan. Masalan, qutluqxon (vafoti 693 yil) o`zini xon deb e'lon qilgach, ukalaridan Muchurga shad, Tuzilbekka esa jabg`u unvonlarini beradi. Bilgaxon (vafoti 734 yil) ham taxtga o`tirgunga qadar kichik shad unvonida bo`lgan. Ko`rinib turganidek, xoqonlik o`z davri uchun murakkab boshqaruv tizimiga ega bo`lgan.

Biz yuqorida xoqonlikning asosan markaziy boshqaruv tizimi bilan bog`liq tomonlarini ko`rib chiqdik. Xoqonlik tarkibidagi ko`plab mahalliy mulklar (viloyatlar)dagi ijtimoiy-iqgisodiy taraqqiyot darajasi birday emasligini ta'kidlagan holda, shuni aytish mumkinki, ulardagi boshharuv xoqonlik markazidan farqli bo`lishi tabiiy. Zero, ko`chmanchi madaniyat vakili bo`lmish ashinaliylar o`z qo`l ostilaridagi o`troq xalqlar turmush tarzi, ichki an'anaviy boshharuvi masalalariga moslasha, aralasha olmasliklari turgan gap edi. Bunga o`xshash holat bilan biz keyinchalik mo`g`ullar bosqini va hukmronligi yillarida o`lkamizdagi boshharuv masalalarini yoritishda ham to`qnash kelamiz. Bundan tashhari xoqonlik markaziy boshqaruv tizimi asosan yirik siyosiy davlat tadbirlari (saltanat osoyishtaligini saqlash, himoya qilish va davlat hududini kengaytirish, soliq tizimining muntazam ishlab turishiga erishish, ichki va tashqi savdo alohalarini tegishli darajada ta'minlash, davlatlararo siyosiy-elchilik munosabatlarini olib borish va hokazo) bilan mashqul bo`lib, mahalliy darajadagi jarayonlar uchun ma'lum ma'noda erkinlikka Yo`l qo`yilgan. Albatta, bunda joylardagi xususiy jihatlar ham inobatga olingan. Shuning uchun ham Farg`ona, So`qdiyona, Shosh, Xorazm, Toxariston, Shimoliy Hindiston kabi makonlarda boshqaruv ishi, asosan, mahalliy siyosiy kuchlar (sulolalar) tomonidan amalga oshirib borilgan. Lekin markaz tomonidan nazorat hech bir susaymagan ham. Yuqorida tilga olingan tutunlar xuddi shu vazifa bilan mashg`ul bo`lganlar.

Xitoy mualliflariga ko`ra, So`g`diyonada mahalliy Kan sulolasining mavqei kuchli bo`lib, ularga sakkiz hokimlik (mulk) tobe bo`lgan.

So`g`diyona hukmdori ixshid unvoniga, tobe hokimliklar boshliqlari ham o`z unvonlariga ega bo`lganlar (masalan, Kesh hokimi ixrid unvoni bilan mashhur bo`lgan). Boshqaruvni uch amaldor (vazir) amalga oshirgan. Toxaristondagi ahvol ham xuddi shu kabi bo`lgan. Toxariston huxmroni jabqu unvoni bilan, unga tobe hokimlar esa (Xuttalon, Qubodiyon, Shug`non, Chag`oniyon va boshqa mulklar boshliqlari) o`z mahalliy unvonlari bilan tanilganlar. Masalan, Chag`oniyonni chag`onxudotlar boshqarganlar.

Shoshdagi aqvol ham 605 yilga qadar xuddi shunday kechgan bo`lsa-da, ammo shu yili Sheguyxon (vafoti 618 yil) bu yerni boshqarishni shahzodalardan Fuchjiteginga topshiradi. Xorazmga kelsak, bu yerda, ilgari tilga olinganidek, mahalliy afriqiylar sulolasi namoyandalari hukmfarmolik qilardilar.

Jamiyat hayotini idora etishda ma'lum bir huquqiy usullarning mavjudligi shu jamiyatdagi madaniy-ma'naviy aqvol, ijtimoiy adolat darajasidan dalolat beradi. Shu ma'noda tarixiy-madaniy taraqqiyotimiz uchun an'anaviy bo`lmish qonunchilikning tuzukchilik shakli o`sha qadim zamonlardayoq ijtimoiy hayotda o`z o`rnini topganligini aytib o`tish lozim. Masalan, xitoy tarixchisi So`g`diyona haqida so`z yuritar ekan, boshqa masalalar qatori quyidagilarni ham keltirib o`tadi:

"Ibodatxonada muhofazatda turadigan turkiy tuzuklar (majmuasi) bor. (Biron-bir) jazoni belgilashda ushbu tuzuklar (majmuasini) olib, unga asoslangan holda hukm chiharadilar". Turkiy tuzuklar yo to`rolar mavjudligini biz to`g`ridan-to`g`ri qadimgi turkiy bitiklardan ham bilib olishimiz mumkin (Turk to`rosi, el to`rosi). Chunonchi, tuzuklarda quyidagi jazo normalari belgilanganligini aytib o`tish mumkin: eng og`ir jinoyat sodir qilinganda jinoyatchi butun urug`-aymog`i bilan qirib yuborilgan. Aftidan, isyonchi va sotqinlarga nisbatan shunday jazo qo`llanilgan. Birovni o`ldirgani, erlik xotin bilan buzuqlik qilgani, adashgan otni suiste'mol qilib olgani uchun ham o`lim jazosi qo`llanilgan. Agar birovga lat yetkazilsa buyum yo boshqa biron-bir mol-mulk bilan tovon to`langan. Tuzukchilik amaliy hayot bilan chambarchas ravishda shakllanib borganini shundan ham bilsa bo`ladiki, masalan, jinoyatchi biron kimsaning ko`ziga ziyon yetkazgan taqdirda, u holda belgilangan javobgarlikka ko`ra ayblanuvchi jabrlanganga o`z qizini, qizi bo`lmasa ayolining mol-mulkini berishi shart qilib qo`yilgan. Xullas, jamiyat va davlatni qonunlar asosida boshqarish an'anasi o`z davriga xos ravishda davom etgan.

Ashinaliylar davrida o`lkaning dehqonchilik, hunarmandchilik, quruvchilik, savdo-sotiq, konchilik kabi sohalardagi taraqqiyoti to`xtamagan. Buning sababi tushunarli, albatga. Chunki mamlakatimizning tabiiy, jug`rofiy, ko`p asrlik tajribaviy imkoniyatlari nechog`liq bo`lgani ham ma'lum. Shuning uchun yozma manbalarda, arxeologik qazishmalar natijalari orqali Farg`ona, So`g`diyona, Xorazm, Baqtriya (Toxariston) kabi viloyatlarda dehqonchilikning barcha turlariga oid qimmatli ma'lumotlarni qo`lga kiritish mumkin. Degqonlar mavjud suv resurslari hamda lalmikor yerlar imkonlaridan foydalanib bug`doy, arpa, sholi, mosh, tariq, no`xot, qovun, tarvuz kabi o`simliklardan yuqori hosil olganlar.

Paxtachilik, pillachilik, bog`dorchilik, uzumchilik kabi sohalar ham o`tgan asrlar kabi munosib darajada o`sib borganini o`rta asr tarixchilari qayd etib o`tganlar. Masalan, bir yerda o`lkada yetishtiriladigan paxtaning yuqori sifat darajasi ta'kidlansa, boshqa bir yerda uzumchilik, xususan, vinochilik borasidagi mirishkorlar tajribasiga an'anaviy bo`lib qolgan taqsinlar o`qiladi. Boqdorchilikka ham munosabat xuddi shu qabilda. Shaftoli, o`rik, olchaning bir necha turlari, yong`oq, pista, bodom va boshqa qator meva navlaridan ham sifatli, ham yuqori hosil olingan yo manba tili bilan aytganda "(mevali) daraxtlar savlat to`kib turgan". Chunonchi, ajnabiylarni Samarqandning "tilla shaftolisi" lol qoldirgani ma'lum. Shifobaxsh o`simliklardan ham keng foydalanilgan.

Qadimdan qazilma boyliklari bilan mashhur o`lkamizda bu davrda ham konchilikdagi faoliyat susaymagan. Oltin, temir, navshadil, kumush, qo`rqoshin, mis, margimush, tuzning bir necha xili, turli qimmatbaqo toshlar, shifobaxsh qotishmalar So`g`diyona, Shosh, Farg`ona, Toxariston kabi viloyatlarda qazib olingani manbalarda aniq ko`rsatilgan. Dehqonchilik va konchilikdagi taraqqiyot ko`lami va sifati o`z-o`zidan keyingi uch tarmoq: hunarmandchilik, qurilish, savdo-sotiq ravnaqi uchun katta turtki bo`lishi tabiiy hol edi. Shuning uchun ham bu vaqtda metallsozlik, zargarlik, kulolchilik, duradgorlik, qurolsozlik, to`qimachilik kabi kasb-korlar keng quloch yozib borgan. Ularning rivojiga oid misollar juda ham ko`p. Zargarlarning nafis bezaklari, taqinchoqlari, temirchilarning dehqon, quruvchiga yo bo`lmasa oddiy bir ro`zg`orga zaruriyatlarni (bolta, o`roq, mix, qaychi, zanjir, kalit deganday), qurolsozlarning harbiylarga, zodagonlarga, ishqivozlarga yasab bergan puxta va noyob qurol-aslahalari, turli hajm va maqsadda ishlov berilgan sopol idishlar, paxta, jun, ipak matolar, qog`oz o`rnida ishlatsa bo`ladigan darajada sayhal berilgan terilar va ko`plab mahsulotlarni sanayversak tugamaydi.

Yuqoridagi sohalar jonlanishi bilan quruvchilik kengayib boravergan. Ustaxonalar, diniy va rasmiy binolar barpo etish, ularni munosib ravishda sayhal-lash, bezash kabi tadbirlar quruvchilar bo`yniga tushgani tabiiy. Arxeologlar olib borgan qazilmalar shaharlarning o`sishi, yangi qal'alarning bunyod bo`lishi, ibodat-xonalar, saroylar, fuqarolar turar joylarining qurilishiga doir ko`plab ma'lumotlarni yuzaga chiqarmoqda.

Sharq va G`arb o`rtasidagi ko`prik vazifasini o`tab kelgan o`lkamiz savdo ahli siyosiy makonning kengayishidan unumli foydalanib, o`z faoliyatlarini yanada jonlantirib yuboradilar. Ilgari xalqaro savdo asosan Xitoy-Turkiston-Eron orqali g`arbga tomon yo`nalishda olib borilgan bo`lsa, endilikda Kaspiy dengizi hamda Shimoliy Kavkaz yo`lidan ham unumli foydalana boshlandi. O`lkaning asosiy savdo hamkorlari bo`lib Xitoy, Eron, Hindiston, Vizantiya kabi mamlakatlar hisoblangan. Bu mamlakatlarga to`qimachilik, ipakchilik mahsulotlari, qimmatbaqo toshlar, ulardan ishlangan buyumlar, taqinchoqlar, dorivorlar, nasldor arg`umoqlar, bir necha xil tuz, vino, bog`dorchilik mahsulotlari, qazilma boyliklarning bir qancha turlari olib borilgan. Ayniqsa, savdo-sotiq ishlarida So`g`diyona savdogarlari dong chiharganlar. Shu ma'noda xitoylik mualliflarning quyidagi guvohligi diqqatga sazovardir: "(So`g`diyonalik) erkaklar yigirma yoshga to`lishlari bilan qo`shni mamlakatlarga oshiqadilar va (savdo-sotiqda) qaerda (qulaylik) va manfaat bo`lsa, albatta) u yerga qadam ranjida etadilar". Demak, ular avvalo shu yoshga yetgunga qadar ma'lum bir tayyorgarlik bosqichini o`tganlar (xat-savod chiharganlar, savdogarchilik hunarini o`rganganlar) va shundan keyingina dunyoning boy o`lkalari bo`ylab tijorat safariga otlanganlar.

Siyosiy, iqtisodiy-savdo, xalqaro munosabatlarning yuksak saviyaga ko`tarilishi mintaqa madaniy-ma'naviy hayotining yanada boyishiga sabab bo`lishi muqarrar edi. Buni arxeologlar olib borgan tadqiqotlar natijalari misolida ham ko`rish mumkin. Xorazm, So`g`diyona, Toxariston kabi tarixiy makonlarda olib borilgan qazishmalar ko`rilayotgan davrda haykaltaroshlik, o`ymakorlik, ganjkorlik, naqqoshlik borasidagi yuksak san'at darajasidagi tadbirlar amalga oshirilganini yaqqol ko`rsatib bergan.

Yozma maibalar, devoriy suratlar bu vaqtda o`lka-mizda musiqashunoslik, raqqoslik, teatrshunoslik kabi san'at sohalari rivojlanib borganini tasdiqlashi mumkin. Bu, albatta, ilgarigi asrlardan buyon davom etib kelayotgan an'analarning davomi hisoblanadi. "Katta va kichik chirmanda, besh torli ud, do`mbira, nay, turli ruboblar" kabi o`nlab musiqa asboblarining nomlarini keltirish mumkin.

Raqqoslarning mahorati shu darajada yuksak bo`lganki, hatto xorijiy davlatlarda, masalan, Xitoy saroylarida ham ularni g`oyatda qadrlaganlar. Chunonchi, o`lkamiz qo`g`irchoq teatri ustalarining san'ati xitoyliklarni lol qoldirib, qo`g`irchoq teatri Xitoyga bizning madaniyatimiz namunasi sifatida kirib borgani ham ma'lum. Ajdodlarimizning ushbu davrdagi hayotlari qanchalik rang-barang kechganligi dalili sifatida o`sha yillarda mavjud xat-yozuvlar haqida ham bir og`iz to`xtalib o`tsa bo`ladi. Xususan, aholi orasida turkiy, so`g`dcha, xorazmcha, buxorocha yozuvlar keng tarqalgan. Shunga o`xshash har xillikni diniy e'tiqodlar borasida ham uchratish mumkin: otashparastlik, buddaparastlik, nasroniylik, tabiat kuchlariga sig`inish va hokazo.

Yuqorida biz ashinaliylarning tashqi siyosiy aloqalariga tegishli ba'zi ma'lumotlarni keltirib o`tdik. Umuman olganda esa o`z davrining xalqaro munosabatlari doirasida ham geografik, ham siyosiy (bugungi kun iborasi bilan aytganda geosiyosiy) jihatlardan markaziy o`rinii egallab turgan xoqonlik o`zidan tashqari mavjud uch yirik davlat: Xitoy, Eron, Vizantiya bilan raqobat qilishiga to`qri kelgan.

Bu raqobat mazmuni to`rt davlatning har biri va ular joylashgan O`rta dengizdan Tinch okeanigacha, Hind okeanidan Shimoliy Muz okeanigacha bo`lgan ulkan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, geografik makon imkoniyatlari ila belgilanar edi. Ularning biron-biri yakka holda mazkur makon "beshigini tebratishga" qodir emasdi. Shuning uchun ham ashinaliylar nozik diplomatiya yo`lini harbiy kuch ishlatish usuli bilan uyg`unlashtirgan holda o`z raqiblarining ichki siyosiy, iqtisodiy va tashqi munosabatlarini doim o`rganib, voqif bo`lib turish orqali faoliyat ko`rsatganlar.

Albatta, hamma vaqt ham buning uddasidan chiqishning iloji bo`lmagan. Lekin davlatchilik taraqqiyotida o`z davri uchun yuqori cho`qqilarga erishib, buyuk saltanat barpo etishda yuqoridagilarninig ahamiyati katta bo`lgani shubhasiz. Masalan, Ashina sulolasi endigina kuchga kirib kelayotgan dastlabki davrda birinchi vazifa qilib yon-atrofni mustahkamlashni qo`ygan. Shuning uchun, aytib o`tilganidek, nasl-nasabi noma'lum jujanlardan kechib, qavman yaqin veylar bilan yaqinlashiniladi. Bu ashinaliylarning sharqiy yo`nalishdagi mavqeni mustahkamlamay turib g`arbga tomon odimlash qiyin kechishini yaxshi tushunganliklaridan dalolat beradi. Bundan tashhari



XULOSA

Sharq va G`arb munosabatlarida o`sha asrlarda eng muhim omillardan biri bu ipak bilan savdo qilish bo`lgani uchun xom ashyoni ishlab chiharishda asosiy o`rin egallagan Xitoyni jilovlash va bu bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarga qat'iy ta'sir o`tkazish siyosati ham nazarda tutilgani aniq. Ana shu talablardagi vazifa amalga oshirilib bo`lgandan keyingina (masalan, xitoyliklarga yiliga 100 ming parcha ipak miqdorida o`lpon solinishi) navbatdagi maqsad - eftaliylar sulolasi faoliyatiga chek qo`yishga kirishiladi. Bunda Eron omilidan ustalik bilan foydalaniladi. Bu vaqtda Eron ham, Vizantiya ham eftaliylar bilan teskari edi. Shu sababdan ham sosoniylar va ashinaliylar o`rtasida eftaliylarga qarshi ittifoqqa erishish shunday oson hal bo`ladiki, ish hatto eronlik hukmdorlar-ning turkistonlik malikalardan biriga uylanishigacha borib, ashinaliylar endi Eron saroyida o`z kishilariga ega bo`lib oladilar. Tez orada eftaliylar hukmronligi xotimaga yetadi va bu haqda aytib o`tildi. Endigi gal ashinaliylar Vizantiya bilan harbiy ittifoq tuzib Eronni siquvga olib, hatto ular eftaliylarga to`lab kelgan yillik o`lponni bundan buyon bizga to`laysizlar, qabilidagi shart ham qo`yadilar. Shart-sharoit  yetilganda xoqonlikning qrimda Vizantiya bilan yuzma-yuz kelgan vaqtlari ham bo`lgan. Albatta, ashinaliylarning Xitoy, Eron, Vizantiya bilan munosabatlarda o`z hukmlarini o`tkazib, harbiy ustunliklarga erishgan vaqtlarda saltanat siyosiy-geofafik jiqatdan yuksalgan. Shu bilan birga Erondan ham, Xitoydan ham mag`lubiyatga uchrab, tushkunlikka tushib qolgan paytlar ham bo`lgan.



Adabiyotlar

  1. Islom Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent 1998 yi

  2. Beruniy Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Toshket 1968 yil

  3. Nasimxon Rahmon. Turq xoqonligi. Toshkent 1994 yil

  4. Xasan Ato Abushiy. Turkiy qavmlar tarixi. Toshkent 1993 yil

  5. Tun Yavg‘u. Toshkent 2006 yil

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish