Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tarix va Sharq svilizatsiyasi fakelteti MOXT yo'nalishi 3-bosqich arab - nemis guruhi talabasi Sa’dullayev Salohiddinning Tarixiy manbalarni o'qish va tahlil qilish fanidan “Zubdat al-osor” asarida Markaziy Osiyo haqidagi ma'lumotlar" mavzusida tayyorlagan referati
REJA:
Abdulloh Nasrullohiy hayoti
“Zubdat al-osor” asari haqida
“Zubdat al-osor” asarida Markaziy Osiyo tarixiga oid ma’lumotlar
“Zubdat ul-asar” (“Solnomalar sari”) nomli turkiy-o’zbek tilidagi tarixiy asarning muallifi Abdulla Nasrullohiy yoki Abdulla ibn Muh’ammad ibn Ali Nasrulloh bo’lib, u XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrning birinchi yarmida o’tgan balxlik tarixnavis olimdir.
O‘zining XI bo‘limdagi avtobiografik ma’lumotidan Temuriylar va Shaybonilar xizmatida bo‘lgan.Tarixchi XV asrning 80-90-yillarida Balx hokimi Temuriyzoda Badiuzzamon Mirzoning xizmatida bo’lgan. Hirot Shayboniyxon tomonidan 1507-yili ishg’ol etilgan keyin uning xizmatiga kirgan. 471 b-472 a varaqda Shaybonixon (906/1500 – 916/1510) 1505 yilda Balxga yurish qilganida bu shahar boshlig‘i muallifni elchi qilib Sultan Husayn mirzoga (873/1469 – 911/1506) shaharda tanqislik borligini yetkazish uchun yuboradi. Husayn mirzo xabarni olgach Balx tomon yurush uchun Hirotga qarab yolga chiqadi, lekin yo‘lda vafot etadi. Muallif uning uyga qaytishiga ruxsat berishmagan o‘g‘illari Badiuzzamon va Muzaffar oldida qoladi. 1510 yili Muhammad Shayboniyxon halok bo’lganidan keyin, uning o’g’li Muhammad Temur Sulton huzuriga, Samarqandga kelgan.
Bobur Mirzo 1511 yili Samarqandga kelganida Abdulla Nasrullohiy
Shayboniy Sultonlar bilan Toshkentga kelgan va Suyunchxo’jaxonning xizmatiga kirgan. Oradan ko’p o’tmay tarixchi Suyunchxojaxonning o’g’li, Shohruhiya hokimi Keldi Muhammad nomi bilan ham mashhur, Sulton Muhammadning xizmatiga yollangan va asar Suyunchxo‘jaxon o‘g‘li Muhammad sultonning topshirig‘i bilan uning hukmronlik davrida (931/1525 – 939/1532-1533 yy.) yozilgan.1525-yili uning topshirig’i bilan o’zining “Zubdat ul-asar” nomli kitobini yozgan.
“Zubdat ul-asar” umumiy tarix yo’nalishida yozilgan va qadim zamonlardan to 1525 yilgacha musulmon mamlakatlarida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy oqealarni qisqacha bayon qiladi. Asar 11 qism, fasldan iborat bwlib, uning oxirgi 11 qismi yangi hisoblanadi. Unda XVI asrning birinchi choragida Xuroson va Movarounnahrda sodir bo’lgan voqealar birmuncha keng yoritilgan. Ayniqsa,Shayboniy sultonlar Suyunchxojaxon, Ko’chkinchixon, Jonibek Sulton,
Ubaydullaxon, Muhammad Temur Sulton bilan Bobur Mirzo va uning siyosiy ittifoqchilari Safaviylar o’rtasida Movarounnahr uchun davom etgan qurolli kurash, Suyunchxojaxon bilan Sulton Saidxon o’rtaisdagi 1512-1514 yillardagi toj-u taxt uchun bo’lgan kurash va Farg’onaning Shayboniylar tomonidan qaytadan bo’ysundirilishi, Shayboniylarning 1514, 1520, 1524 yillari Xuroson ustiga qilgan
harbiy yurishlari va Balxning 1526 yili bo’ysundirilishi, Shayboniylarning qozoq sultonlari, xususan Qosimxon (1511-1523 yy.) o’rtasida Sirdaryo bo’yida joylashgan Yassi, Savron, Suzoq, Sayram va boshqa shaharlar uchun olib borilgan kurashlar tarixi birmuncha keng bayon etilgan.
Ushbu qimmatli asarning faqat ikkita qo’lyozmasi saqlanib qolgan bo’lib, biri Toshkentda, Sharqshunoslik institutida (İnv.№ 608) va ikkinchisi Sankt-Peterburgdagi RF FA Sharqshunoslik instituti shahar bo’limida D.104 raqami ostida saqlanmoqda.
Nast’liq. Sharq qog‘ozi. Taxminan XVIII asr nusxasi. Nuqsoni: boshi va oxiri yo‘q. 480 v. 18,5 x 24.
Asar umumiy tarix janrida. Qadimgi davrdan 931/1525 yilgacha, Suyunj-xo‘ja-xon vafot etib Toshkent viloyatiga o‘g‘li Muhammad sulton o‘tirishi voqealari keltirish bilan yakunlangan. U avvalgi tarixchi mualliflar asarlari asosida yozilgan. Muallif Temur tarixini yozishda Sharofiddin Aliyazdiy “Zafarnomasi”, Mirxondning “Ravzat as-safo”, Xondamirning “Xulosat al-axbor”idan tashqari uygur baxshilari tomonidan uyg‘ur tilida va yozuvida tuzilgan “Tarixi xoniy” (Xon xronikasi) dan ham foydalangan. V. Bartoldga ko‘ra muallif XVI asr 1-chorak voqealarini o‘sha davr kishisi va qisman ishtirokchisi sifatida keltirgan. Asarda Markaziy Osiyo tarixi haqida shunday ma’lumotlar borki, ular boshqa manbalardan topilmaydi. Masalan, Shayboniyxon vafotidan keyin sulolaning boshlig‘i sifatida Suyunj xo‘jaxon tayinlanadi. Unga Amir Temur jome masjidida, ya’ni Bibixonim masjidida qasamyod keltiriladi. Bu hujjat Hofiz tanish va keyingi mualliflar asarlarida keltirilmagan va shu sababdan ham evropa sharqshunoslariga yetarlicha ma’lum emas. Asar 11 bobdan iborat.
Qo‘limizdagi nusxa quyidagi boblardan iborat:
II. Qadimgi payg‘ambarlar, olimlar va faylasuflar (1b-108b);
III. Eronning qadimgi hukumdor sulolalari (109b-199b);
IV. Muhammad payg‘ambar va xulafoi roshidinlar (199b-251b);
VIII. Abbosiylar (251b-276b);
IX. Abbosiylarga zamondosh hukmdorlar (276b-324b);
X. Chingizon va Chingiziylar (324b-351b);
XI. Amir Temur va Temuriylar.
Do'stlaringiz bilan baham: |