Mavzu: Tabiiy gazdan butanni ajratib olish usullari. Reja: Kirish



Download 0,81 Mb.
bet1/10
Sana23.06.2022
Hajmi0,81 Mb.
#694065
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gazni qayta ishlash



MAVZU: Tabiiy gazdan butanni ajratib olish usullari.
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. XOM-ASHYO, MODDALAR VA TAYYOR MAHSULOT TAVSIFI

  2. Tabiiy gazlardan propan va butan aralashmasini ajratib olish usullari

  3. Propanni ajratib olish bloki

  1. Xulosa.

  2. Adabiyotlar.

KIRISH


Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "2018 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizasiya va diversifikasiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish — ustuvor vazifalar" to‘g‘risidagi ma’ruzasida 2018 -2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarini moddiy - texnik bazasini modernizasiya qilish dasturi doirasida qurilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha katta ishlarini amalga oshirilganligi to‘g‘risida gapirdi. Endigi navbatda sohalar bo‘yicha sifatli kadrlarni tayyorlash hamda tayyorlangan mutaxassislar xalqora talablar meyorlariga javob beraolishligi to‘g‘risidagi fikrlarni o‘z ma’ruzasida keltirgan. 2018 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida neft va gaz tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha bir qator masalalar to‘g‘risidagi vazifalar ham belgilab berilgan.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Respublikamiz hayotida ijobiy yangiliklar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning boy tabiiy va ishchi kuchi zahiralaridan fan va texnikaning so‘ngi yutuqlariga tayangan holda foydalanib, yurtimiz iqtisodiyotini va xalqimizning farovonligini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Jahonning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz salbiy ta’sir oqibatlarining oldini olish turli darajalardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda o‘ziga xos izchillikni, xatti-harakatlarning har tomonlama o‘ylanganligi va asoslanganligini, tub islohotlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqichligini, reja va maqsadlarga tomon harakatdagi sobitqadamlikni taqozo etadi. So‘nggi jahon moliyaviy–iqtisodiy krizisining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta‘sirini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan mamlakat iqtisodiyotining izchil va barqaror rivojlanishini ta‘minlaydigan har tomonlama asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, u yerishilayotgan muvaffaqiyatlarning asosi hisoblanadi.O‘zbekiston zamini uglevodorod zahiralari, neft va gazning eng boy xomashyo bazasiga ega bo‘lib, uning 60 foizga yaqin hududida neft va gaz olishimkoniyati mavjud. Respulikaning beshta neft va gaz beruvchi hududida (Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona) 203 ta uglevodorod xom ashyosi olinadigan konlar topilgan, shundan 104 tasi gaz va gaz kondensati konlari, 99 tasineft-gaz kondensati va neft konlaridir.
Mavjud konlarning 48 foizi o‘zlashtirilmoqda, 34 foizi esa o‘zlashtirilish uchun tayyorlab qo‘yilgan, qolganlarida qidiruv ishlari davom ettirilmoqda. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridanoq tarmoqda keng ko‘lamda olib borilgan tuzilmaviy islohotlar natijasida 1995 yildan boshlab neftni import qilish to‘xtatilib,
O‘zbekiston neft mustaqilligiga erishdi. Energetika mustaqilligini qo‘lga kiritish, sobiq ittifoq davlatlarini qamrab olgan chuqur iqtisodiy buhron, iqtisodiy va savdo aloqalarining uzilishi, narh-navo va inflyatsiyaning o‘sishi sharoitida amalgam oshirildi. Mustaqillik yillari davomida tarmoq tuzilishini takomillashtiris, uni texnik qayta jihozlash, qazib olishni intensivlashtirish, neft va gaz qazib chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha qilingan ulkan ishlar neft va gaz tarmog‘ini barqarorlashtirish va rivojlantirishga imkon berdi. Faoliyatning ma’muriy buyruqbozlikdan bozor mexanizmlariga o‘tilishini ta’minlovchi, tuzilmaviy qayta
qurishlarning bosqichlari O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov tomonidan 1992 yilda belgilab berilgan quyidagi uchta strategik masalani hal qilish bilan uyg‘unlashtirildi. 2017-yilda neft va gaz kondensati qazish, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo`yicha belgilangan reja bajarilgan. Lekin tarmoqda yillar davomida ko`plab muommolar to`planib qolgan. Zaxiralar oshirib borilmagani sababli 2017 yilda tabiiy gaz qazish va neft maxsulotlari ishlab chiqarish prognozi yetarli darajada bajarilmagan. Geologiya qidiruv ishlari jarayonidagi burg`ilash xajmi prognozi 77 foizga bajarilgan. Agar bu ishlar to`liq ado etilganida zaxirani yanada oshirish mumkin bo`lar edi. Keyingi yillarda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini moddernizasiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha faol investisiya siyosatini olib borishga katta e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda neftni qayta ishlash bilan birgalikda gazni qayta ishlash sohasiga ham katta e’tibor berildi. 1971 yil dekabrda Muborak gazni qayta ishlash zavodi birinchi navbati ishga tushirildi. Zavod asosan halq ho‘jaligi uchun eng arzon yoqilgi, tabiiy gaz etishtirib beradi. Zavodning dastlabki quvvati yiliga 5 mlrd. m3 gazni qayta ishlashdan boshlangan. 1978-80 yillarda zavodning ikkinchi va uchinchi navbatlari ishga tushirilib, umumiy quvvat yiliga 10 mlrd. m3 ni tashkil etdi. 1984 yil to‘rtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3 ni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda Muborak gazni qayta ishlash zavodining umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi homashyo manbalari asosan yuqori oltingugurtli (4,5-5,0%) O‘rtabuloq, Dengizko‘l-Qauzak, Samantepa konlari va kam oltingugurtli (0,08-0,3%) Kultak, Zevarda, Pamuq, Alan gaz konlaridir. Zavodning asosiy mahsulotlari tabiiy gaz, tehnik oltingugurt, barqarorlashtirilgan kondensat va suyultirilgan gaz hisoblanadi.
Hozirda Respublikamizda jahon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor neft mahsulotlarini tashqi tashqi bozorga chiqarilayapti. Ushbu kabi eksportbob maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun malakali kadrlar tayyorlash muhim va ahamiyatli vazifadir.
Hozirgi vaqtda “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasiga qarashli korxonalar mahsulotlarining 70% i eksportga chiqarilmoqda. Ya’ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha, Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda.
Hozirgi vaqtda Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo‘lgan talabni to‘la aqondirishda “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi asosiy o‘rin tutadi. Kompaniya 154 korxona va tashkilotni o‘z ichiga olib, ulardan 87 tasi aksionerlik hamda 67 tasi davlat korxonalaridir.



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish