Mavzu: Tabiiy gazdan butanni ajratib olish usullari. Reja: Kirish


XOM-ASHYO, MODDALAR VA TAYYOR MAHSULOT TAVSIFI



Download 0,81 Mb.
bet2/10
Sana23.06.2022
Hajmi0,81 Mb.
#694065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Gazni qayta ishlash

XOM-ASHYO, MODDALAR VA TAYYOR MAHSULOT TAVSIFI
Gaz konlari – yer pо‘stining ma’lum bir qismidagi aniq tektonik strukturada joylashgan tabiiy gaz uyumlari. Tabiiy gazalr alohida gaz koni holida yoki neft bilan birga (neft-gaz konlari) uchraydi. Gaz konlari kо‘p tabaqali konlarga bо‘linadi. Kо‘p tabaqali gaz konlari kesmasida bir maydonda turli chuqurlikda ustma-ust joylashgan bir qancha gaz uyumlari bо‘ladi. Gaz konlari kesmasining turli masofalarida har xil gaz uyumlari uchraydi. Gaz konlari fazoviy umumiylashgan gaz yig‘ilish zonalarida guruhlangan va gazli yoki gaz-neftli platforma (qubbasimon dо‘nglik, platforma ichki chо‘kmalari va b.), geosinklinal 9 tog‘lararo vodiylar, о‘rtaliq massivlari), о‘tish (tog‘ etagi botig‘i) turlariga bо‘linadi. Kо‘p tabaqali gaz konlari gaz alohida-alohida burg‘i quduqlaridan yoki hamma tabaqani kesib о‘tgan bitta burg‘i qudug‘idan chiqariladi. Gaz konlari gazlari tarkibida uglevodoroddan tashqari karbonat angidridi (CO2), azot (N), vodorod sulfidi (N2S), nodir gazlardan geliy, argon ham bо‘ladi. Gaz konlari sof (yoki quruq gaz) va yog‘li gaz konlariga bо‘linadi. Sof gaz konlari gazlari metan (94-98%) va oz miqdorda etandan iborat. Moyli gaz konlarida metan va etandan tashqari ma’lum miqdorda propan (C3H8), butan, izobutan (C4H10) va pentan (C5H12) uchrashi mumkin. Xar yili dunyo buyicha kariyib 1,5*1012m3 tabiiy gaz kazib chikariladi. Yer ostidagi tabiiy gazning bosimi 25 – 30 MPA ga yetadi. Shuning uchun unda erigan suyuqliklar ya’ni uglevodorodlar normal holatda katta molekulyar massaga ega bо‘ladi.
О‘zbekistonda olinayotgan gazning bir qismi qо‘shni davlatlarga eksport qilinadi. О‘zbekistonda 100 dan ortiq neft va gaz konlari mezozoy va kaynozoy eralari jinslaridan topilgan. Ulardan 45 tasi gaz-kondensat va gaz neft konlari bо‘lib, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan. Buxoro-Xiva neftь-gaz mintaqasida 17 yirik gaz koni bor (Uchqir, Dengizkо‘l, О‘rtabuloq, Kо‘kdumaloq, Zevardi va boshqalar). Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyatida gaz konlari yura, bо‘r, paleogen yotqiziqlarida, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida
yura, bо‘r, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa faqat yura yotqiziqlari aniqlangan. Gaz va neft uyumlari tо‘plangan yotqiziqlarning umumiy qalinligi bir necha 100 m dan 10-12 km gacha. О‘zbekistonda aniqlangan gazning umumiy zaxirasi 5429 mlrd m3, razvedka qilingani esa 489 mlrd m3. Gazli va SHо‘rtan gaz konlari noyob konlardir. Hisor tо‘glarining janubiy-g‘arbida (Odamtosh, Gumbuloq), Surxondaryoda (Gajak), Ustyurtda (Shaxpaxta) katta gaz konlari bor.
О‘zbekiston tabiiy gaz, gaz kondensati va neft konlariga boy bо‘lib, 5 ta regionga ajratilgan:
1.Ustyurt; 2.Buxoro – Xiva; 3.Janubi-g‘arbiy Xisor; 4.Surxondaryo; 5.Farg‘ona.
C1 – C4 uglevodorodlar: metan, etan, propan, butan, izobutan, hamda 2,2 – dimetilpropan (C5H12) – neopentan normal sharoitda gaz holida bо‘ladi. Bularning hammasi tabiiy va neft gazlari tarkibiga kiradi.
Gaz konlari uch xil tipda bо‘lishi mumkin.
a)Toza gaz konlari;
b)Gaz kondensati konlari;
c)Neft konlari
Birinchi tipdagi gaz konlari tabiiy gaz konlari deb atalib, asosan metandan tashkil topgan bо‘ladi. Metanga qо‘shimcha sifatida oz miqdorda etan, propan, butan, pentanning bug‘lari hamda nouglevodorod birikmalar: SO2, N2 va ayrim hollarda H2S bо‘lishi mumkin.
Respublikamizning SHо‘rtan gaz konidagi xom gazning tarkibi quyidagicha (mol.% da):
SHо‘rtan gaz koni xom gazining tarkibi (% mol.) 1-jadval

Azot

1,584

CO2

2,307

Metan

90,52

Etan

3,537

Propan

1,06

i – Butan

0,209

n – Butan

0,260

i – Pentan

0,110

Geksan

0,119

Geptan

0,112

H2S

0,08

n – Pentan

0,093

Gazning tarkibida metan juda kо‘pchilikni tashkil qilsa, bunday gaz “quruq gaz” deyiladi. Gaz kondensati konlaridan chiqadigan gaz, odatdagi gazdan farq qilib, metandan tashqari kо‘p miqdorda (2-5% va undan ortiq) S­5 va undan yuqori gomologlari mavjud bо‘ladi. Gaz qazib olinayotganda bosimning tushishi oqibatida ular kondensatga (suyuqlikka) aylanadilar. Gaz kondensati konlaridan ajralib chiqqan gazning tarkibi, kondensatlar ajratib olingandan keyin, “quruq gaz” tarkibiga yaqin bо‘ladi. Neft konlaridan ajratib olinadigan gazlar yо‘ldosh neft gazlari deyiladi. Ushbu gazlar neftda erigan bо‘ladi va ular kondan chiqarib olingandan sо‘ng ajralib qoladi. Yо‘ldosh neft gazlari tarkibi “quruq gazlar” dan keskin farq qilib etan, propan, butanlar va yuqori uglevodorodlar ham bо‘ladi.


Gaz kondensatlari – tabiiy gazning yо‘lakay, rangsiz, tiniq harakatchan turli uglevodorodlar aralashmasi. Metan qatori (alifatik), aromatik (atsiklik) va neftenin (alitsiklik) tizimli tarkibga ega. Tabiiy gaz konlarining deyarli 60-70% boshqa gaz kondensatlari bо‘lib, ularning tizim takiblari konning parametrlariga bog‘liq. Gaz konlarining chuqurligi (150-5500m), gaz harakati, bosimi, mazkur konning holatiga qarab gaz kondensatlari uglevodorodlari ushbu kon gazi bilan turli nisbatda fazaviy muvozanatda bо‘ladi. Demak, gaz kondensati gaz quduqlaridan gazga nisbatan turli miqdorda erigan holda (50-800g/m3) ishlab chiqariladi.
Gaz kondensatining miqdori, uning tarkibiy tuzilishiga hamda shu gaz turgan qatlamning bosimiga va temperaturasiga bog‘liq. Agar temperatura qanchalik yuqori bо‘lsa, gazda shunchalik kup suyuq uglevodorodlar eriydi, gaz saqlovchi hududlarga qarab bu narsa farqlanadi. Asosan gazda kondensat hajmi jihatdan 40 – 600 m3 gacha bо‘lishi mumkin. Agar gaz joylashgan xududda ya’ni gaz konida, gaz 1500 m chuqurlikda bо‘lsa, yonuvchi gaz va uglevodorodlar bir fazali holatda bо‘ladi, gazning og‘ir komponentalari esa yengil gazsimon komponentali massasining ichida tо‘laligicha erigan bо‘ladi. Gazning bosimi tushishi bilan undan kondensat ajraladi. Gazdan kondensat ajrala boshlagan vaqtdagi bosim, boshlang‘ich kondensatsiyalanish bosimi deyiladi. Qazib chiqarilgan gaz orasidan ham kondensat ajrala boshlaydi, chunki kondensat gazning yuqori bosim kuchi ostida bо‘ladi. Shunga asosan bu xodisa xuddi bosim tushgan qatlamdagi neftdan ajralayotgani kabi bо‘ladi.
Gaz kondensatlari kо‘proq gaz-neft havzalaridan gaz ishlab chiqarish jarayonida normal sharoitda gazda erigan uglevodorodlar majmuasini kondensatlab (suyultirib) olinadi. Zeri tabiiy gazni ba’zi yо‘lakay qо‘shimcha suv, turli zaharli gazlar va boshqalardan tozalanmasdan iste’molchilarga (gaz kondensatlari uzatish quvurlariga) berib bо‘lmaydi. Shuning uchun gazni qayta ishlash sanoatining mukammal ratsional va xavfsiz ishlab chiqarish tizimi shakllantiriladi. О‘zbekistonning Muborak, SHо‘rtan, Uchqir, Gazli, Zevardi, Kо‘kdumaloq va boshqa gazni qayta ishlash zavodlari yiliga 50 mlgr/m3 gazning deyarli 90% ini tozalab iste’molchilarga yetkazib beradi. Gaz kondensatlari maxsus qurilmalarda maqbul holga keltirilib, neftni qayta ishlash korxonalarida neft bilan birga benzin, kerosin, va dizel yonilg‘isi olish uchun ishlatiladi. Buxoro neftni qayta ishlash korxonasi faqat Kо‘dumaloq gaz kondensatlaridan yonilg‘i oladi.
Gaz kondensatlaridan faqat yonilg‘i emas, balki yana kо‘p moddalar: benzol, toluol va ksilollar, lok bо‘yoq tizimli erituvchilar va maxsus kompozitsion suyultiruvchilar olish mumkin. Gaz kondensati organik va neftь-kimyoviy sintezlar uchun muhim xom - ashyo, xalq xо‘jaligida yarim mahsulot sifatida ishlatiladi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish