Daraxt nima uchun kerak?
a) soya soladi;
b) meva beradi;
v) yog`och beradi... Mana shu vazifalar daraxtning mazmun tomonidir, ya‟ni
vazifasi.
Nutqiy hosilalarning mazmuni turli nutqiy sharoitda qanchalik xilma - xil
bo`lmasin, ma‟lum bir lisoniy umumiylik ma‟nosining tajallisidir. Masalan, bir
oddiy piyola ham ichish quroli, ham o`lchov andazasi, ham aylana chizish
mumkin... Lekin piyolaning umumiy mazmuni-choy yoki boshqa suyuqlik ichish
uchun mo`ljallangan o`zbek milliy ro`zg`or buyumi. Ongimizda piyola mana
shunday yashaydi. Chunki "nutqdagi xususiy ma‟nolar lisondagi umumiy
ma'nolarning tajallisi" [1,11;]. Umumiy ma‟no ma‟lum bir fonema, morfema,
leksemaning paradigmadagi o`rni,mavqeidan ochiladi. Masalan, leksemalardagi
umumiy ma‟no shu leksemaning o`zi munosabatdosh bo`lgan leksemalar qatoridan
anglashiladi. "Ota" leksemasi ongimizda quyidagi paradigmada yashaydi va
UGMsi o`shandan ochiladi:
/bobo/: /buvi/
/ona/ : /ota/
:
/bola/
:
/nevara/ :
Ushbu paradigmadan "ota" so`zining UGMsi kelib chiqadi: birinchi avlod,
bevosita qon-qarindosh, katta, erkak. Leksemalardagi UGM s e m e m a
deyiladi. Demak, umumiylikning mohiyati ma‟lum bir umumiylikni o`ziga
o`xshash va farqli umumiyliklar bilan munosabatidagina ochilishi mumkin.
Sh. Shahobiddinova ishida XGM va UGMlar atroflicha talqin qilingan.
Jumladan, son kategoriyasi shakllarining XGM va UGMlari.
[-lar] ning XGMlari:
a) ko`plik - Unda shirin - shirin bananlar bor (Sh. Yul.);
b) jamlik - ishchilar sinfi - ishchi sinfi;
d) bog`liqlik va o`xshashlik - Avvalgi sarvigullar o`qishni tugatishdi (Sh. Yul.);
e) taxmin - Soat beshlarda keldi;
f) kuchaytirilgan ma‟no - Tillarimga ko`cholmaydi bo`g`zimdagi azobim... (U.
Azimov).
[o] shakl XGM lari:
a) jamlik - Gadoning dushmani gado bo`ladi (A.O.);
b) ko`plik - Majlisga yigirma kishi keldi (aniq ko`plik); U qishloqda uch - to`rt
kun qoldi (noaniq ko`plik);
d) birlik ifodalash - bunda ko`rsatish olmoshlari, "bir" so`zi ko`proq ishtirok
etadi: Ushbu yodgorlikka murojaat qilar ekanman, mening maqsadim bitta...
(O.Matjon).
Demak, son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni ko`rsatish
mumkin: [-lar] UGMsi─bo`linuvchan/ bo`linmas sifat va noaniq miqdor ifodalash.
[o] UGMsi ─ bo`linmas va aniq/ noaniq miqdor ifodalash.
Bo`linuvchanlik/ bo`linmaslik deganda, quyidagini tushunish kerak: har bir
xususiylik alohidalik ekanligini ko`rib o`tdik. "Qovunlar" degan so`zshakli bir
necha qovunlarni atab keladi."Qovunlar" so`zshakli bir to`plamni ifodalaydi va
u bir necha alohidaliklarga bo`linadi. "Ahmadlar" deganda Ahmad va unuing
o`rtoqlari, oilasi... tushuniladi. Ya‟ni Ahmadlar bir to`plamni ifodalaydi va bu
to`plam bo`linuvchan. "Suvlarni stolga qo`ydi" deganda kola, mineral suvlar...
tishuniladi. "Toshkentlarni kezib chiqdi" so`zshakl Toshkentni bo`lib beryapti,
tumanlari hisobga olingan. "Tillarimga ko`cholmaydi bo`g`zimdagi azobim"
misrasida til, gap, so`z, og`iz ajratib berilgan. Shuning uchun "ishchi sinfi" va
"ishchilar sinfi"; "o`qituvchi odati" va "o`qituvchilar odati" kabi so`z
birikmalarida birlik va ko`plik son ma‟nolari yaqinlashsa ham, orasida nozik farq
bor. "Ishchilar"da sifatiy bo`linuvchanlik sezilib turadi. Birlik sonda yaxlitlik
ma‟nosi ko`proqdir. Demak, bir jihatdan birlik va ko`plik son ko`plik sonning
bo`linuvchanlikni ta‟kidlashi, birlik sonning esa yaxlitlikni ko‟rsatishi bilan
qarama-qarshi turadi. Miqdoriy jihatdan esa birlik son birlik, aniq/noaniq
miqdorni ifodalay olishi bilan hamisha noaniq miqdoriy ko`plikni ifodalovchi
ko`plik son shakliga qarama - qarshi turadi. Shuning uchun "Bu kitobni ol", "Stol
ustida to`rt kitob bor", "Kitob - bilim manbai" gaplarida 3 xil ma‟no voqelangan:
Kitoblar so`zshakli hech qachon aniq miqdorni ifodalay olmaydi. Quyidagi
gaplarni qiyoslang:
Uch kun (uch kunlar)dan keyin keldi;
O`ninchi yil (yillar)da tug`ildi.
Shuning uchun birlik sonning umumiy grammatik ma‟nosi quyidagicha
ko`rsatilishi mumkin: birlik ─ aniq yo noaniq miqdorni bo`linuvchan/ bo`inmas
ma‟noda berish. Ko'plik sonning ma'nosi ─ noaniq miqdoriy ko`plikni
bo`linuvchan sifatda berish. Mana shu umumiy grammatik ma‟nolar bilan
birlik va ko`plik morfologik son shakllari til tizimida, ongimizda yashaydi. Bu
umumiy ma‟nolar nutqda muayyan moddiy shakllarda cheksiz rang-baranglikda
voqelanadi.
Ko`rib o`tdikki, daraxt umumiyligi o`ta sodda va u "o`simlik + tana +
shox"dan iborat, xolos. Lekin borliqdagi milliard daraxt behad rang - barang.
Xuddi shunday ko`plik sonning ma‟nosi "miqdoriy noaniq ko`plik + sifatiy
bo`linuvchanlik" kabi soddadir. Nutqda esa u milliard xususiy ko`rinishlarda
voqelanadi. Birlik sonining ma‟nosi "miqdoriy aniq/noaniq ko`plik + sifatiy
bo`linmas" kabidir. Lekin yuqorida ko`rsatilgan UGM nutqda XGM sifatida
voqelanar ekan, u umumiylik bilan xususiylik orasida oraliq ma‟nolar yotadi.
Oraliq ma‟nolar xususiy ma‟nolar uchun ma‟no tiplari, ya‟ni "o`xshash
ma‟nolar majmuasi", UGM uchun esa "umumiylikning ko`rinishlari", turlari
mavqeida bo`ladi. Chunonchi, birlik sonning UGMsi "aniq / noaniq va birlik"
kabi ma‟nolarni o`z ichiga oladi. Va UGM XGM sifatida voqelanguncha
yuqorida ko`rsatilgan aniqlik, noaniqlik, birlik kabi uch OGM ma‟noning biridan
o`tadi. Chunonchi,
XGM OGM UGM
Bu kitobda birlik aniq/noaniq
Uch kitobda aniq sifatiy bo'linmas
Kitobda ko`plik miqdor
shunday yozilgan. noaniq
OGM hamisha so`zning lug`aviy ma‟nosi, matn, qurshov bilan aloqador
bo`ladi. Chunonchi, [-lar] ko`plik sonning umumiy ma‟nosi -"sifatiy
bo`linuvchan, miqdoriy noaniq ko`plik" UGMsi bir necha OGMga ega. Bulardan
asosiylari:
1. Bir yoki turli jinsdagi predmetlarning NMK(noaniq miqdoriy ko‟rsatkichi)ni
ifodalash (kitoblar, odamlar...);
2. O`lchanmas moddalarni alohidaliklarga ajratib noaniq miqdoriy ko`plikni
ko`rsatish (Toshkent suvlari...);
3. Turli tur va jinslardan iborat NMKni ko`rsatish (yog`lar-sariq yog`, paxta
yog`i; ichimliklar-aroq, mineral suv, kola);
4. Narsani yondoshlari bilan birgalikda NMK sifatida ifodalash (Ahmadlar
keldi; Toshkentlarni aylandik.);
5. Taxmin ifodalash: 70- yillar;
6. Bo`linmasni bo`linuvchan etib ko`rsatib, ekspressiv ma‟no berish
(Yuraklarimga to`kildi). Mana shunday har bir morfologik shaklda XGM,
OGM va UGMlar mavjud bo`ladi. Siz 1940-80-yillarda nashr etilgan
darsliklarda tanishgan grammatik shakllarning ma‟nolari asosan XGM va
OGMlardir. UGMlarni ochish bosqichiga o`zbek tilshunosligi endi
ko`tarilmoqda. Jumladan, ushbu mavzular mana shu UGMlarni ochishga
bo`lgan ilk qadamlardan biridir.
Shunday xulosaga kelish mumkinki, UGM til birligining minglab turli xil
matnlarda yuzaga chiqadigan va bevosita kuzatishda berilgan xususiy
grammatik ma‟nolari (XGM)ning umumiy yig`indisi emas, XGMlar negizida
yotgan, XGMlarga nisbatan umumiylik vazifasini o`taydigan ma‟nodir.
XGMlar bilan UGMlar orasidagi munosabat bilvositadir. Bu ikki bo`g`inni
bog`lovchi ma‟no tipi ─ bu OGMdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |