Payt ma‟nosining ingliz va o`zbek tillari tizimida voqelanishi
So`z
turkumlari
o`zbek tilida
ingliz tilida
t u r
k
u m
l a
r i
fe
‟llar
Hoz.zamon: yozaman, yozmoqdaman.
O`tgan zamon: yozdim, yozgan edim.
Kelasi zamon: yozaman, yozmoqchiman.
Pres.: I write. I am writing.
Past: I wrote. I had written.
Future: I‟ll write.
Otlar
Kun, kecha, kunduz, yil, sutka, fasl,
sahar, asr, namozshom, oqshom, erta,
peshin, tong, nahor , indin, bugun .
Evening,
day,
night,centure,
afternoon, morning, year, season,
era, future,dawn,
old (yosh);
M
u
s t a
q
i
l
s o` z
S
ifa
t
Tonggi, kuzgi, qishki, bahorgi, tunggi,
sirtqi, kunduzgi, kechki;
Fast, early,late,slow,short (day), long
(night);
S
on
Soat
7da
uyg`ondi.Mustaqilligimizga
13yil to`ldi.
He came at 6 o`clock. Our republik
was independent in 1991.
R
avish
Endi, hali, boya, doim,
saharlab, ertalab, mudom, faqat;
Never, ever, usually, often, ago, yet,
now, then, nowadays, lately, after,
before,
untill,
forever,
always,
meanwile, recently;
Olmos
h
Shu-shu
(Shu-shu
Fotima
kelmay
qo`ydi); so`roq olmoshlari: qachon?
qachondan buyon? qachongacha?
When?
Yor
da
mchi so`
z turkuml
ari
ko`ma
kc
hi
Sayin, sari (Ko`rgan sari ko`rging
kelaveradi); Yarim ko`makchi so`z:
avval,
keyin,
so`ng;-gacha
(qo`shimchasimon ko`makchi); qadar
(sof ko`makchi); bilan (Qo`ng`iroq
chalinishi bilan darsga kirdim);
C
o n j u n c t i o n s
…as soon as...,...as long
as …, since, before, after, until,
while;
bog`lov
chi
Dam…dam,…ba‟zan…ba‟zan,
goh…goh;
yukla
ma
Toki, -u, -yu (Qo`ng`iroq chalindi-yu,
dars boshlandi).
P r
e d l
o
g s
At night, on November, in 1991,
in the morning, during the
lesson;
By four o`clock, from 5 till 6;
Affiksatsiya
-da (o`rin payt): peshinda,-dan
(chiqish):
peshindan,-ga
(jo`nalish):
peshinga qarab;
Ko`rinadiki, har bir tilning grammatik ma‟no ifodalash usul va
vositalari farq qilgani hamda har bir til o`ziga xos ichki grammatik
qurilishga ega bo`lganidek, o`zbek va ingliz tillarida payt grammatik
ma‟nosini yuzaga chiqarish imkoniyatlari benihoya keng va o`ziga xos,
farqlidir.
Qiyoslanayotgan tillar tizimida (morfologik sathda) zamon
tushunchasini ifodalovchi umumiy imkoniyatlarni – ot, sifat, son, ravish
va fe‟l turkumlari misolida kuzatish mumkin. Demak, o`zbek tilidagi
zamon otlari ingliz tilida vaqt munosabatini anglatuvchi otlarga, payt
mazmunini bildiruvchi sifat va ravishlar ma‟lum jihatdan qiyoslangan til
turkumlari xususiyatlariga o`xshab ketadi. Biroq o`zbek morfologiyasida
ravishlar mustaqil ma‟noli o`zgarmas so`zlar bo`lsa, ingliz tilida sof
ravishlardan tashqari yasama ravishlar hosil qilinishi mumkin (late-
sifat, lately-ravish). Shuningdek, differensial belgilarni yana zamon
kategoriyasini ifodalaydigan fe‟llar orqali aniqlash muhimdir: payt
ma‟nosini o`zbek tilidagi fe‟llar zamon qo`shimchalari orqali (sintetik
usulda) ifodalasa, ingliz tili fe‟llari analitik tillarga xos bo`lgan ichki
fleksiya, suppletivizm orqali yuzaga chiqaradi.
O`zbek tili yordamchi so`zlar va kelishiklar vositasida ham payt
ma‟nosini lisoniy ifodalashda keng imkoniyatlarga ega. Ingliz tilida esa
bu vazifani predloglar o`z zimmasiga olgan (ingliz tilida predloglar
kelishiklar vazifasini bajarishini esga oling). Mazkur jihatlar ham
tillararo farqli tomonlarni ko`rsatib turibdi.
Shunday qilib, zamon tushunchasini ifodalash imkoniyatlari
tipologiyasi har bir tilning o`ziga xos sifatlarini namoyon etadi.
Haqiqatan ham, til murakkab tizim bo`lib, inson tafakkuri shakllari,
tushunchalarini izchil jilolantirishga qodir serqirra hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |