7.Shakl va ma‟no munosabatiga ko`ra: ma‟nodosh, shakldosh, qarama-
qarshi ma‟noli so`zlar va paronimlar.
8.Qo`llanishiga ko`ra: aktiv va passiv.
9.Onomasiologik - nominatsion xususiyatlariga ko`ra; antroponim,
toponim, zoonim...
10.Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko`ra: kitobiy, rasmiy, so`zlashuv.
11.Lug'at tarkibidagi qatlamiga ko`ra: o`z va o`zlashgan qatlam,
chegaralangan va chegaralanmagan qatlam.
12.Emotsional - ekspressiv jihatiga ko`ra: emotsional - ekspressiv
bo`yoqdor va bo`yoqsiz so`zlar.
13.So`zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma‟nosiga ko`ra: narsa, buyum,
shaxs, mavjudotlarni atovchi so`zlar; belgi, xususiyat, munosabat
ifodalovchi so`zlar; harakat-holat ma‟nosini bildiruvchi so`zlar; o`rin-payt,
tarz-tus ma‟nosini ifodalovchi so`zlar va h.k. Demak, so`zlarga berilgan xilma-
xil tasnifning mavjudligi ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning
har biri o`z o`rnida ahamiyatlidir. So`z va uni tasniflash asoslari tilshunos
I.Madrahimov tomonidan o`rganilib, uning ma‟noviy, sintaktik, morfologik
guruhlanishi asoslab berilgan.
So`zlar
ma‟noviy belgisiga ko`ra quyidagicha turkumlanadi:
1.Mustaqil ma‟noli so`zlar:
a) mavjudotlarni atovchi so`zlar - otlar;
b) belgi - xususiyatni atovchi so`zlar – sifatlar;
d) harakat - holat ifodalovchi so`zlar – fe‟llar;
e) miqdorni ifodalovchi so`zlar – sonlar;
f) o`rin - payt, tarz - tusni ifodalovchi so`zlar- ravishlar;
g) taqlidni ifodalovchi so`zlar-taqlidiy so`zlar.
2.Bo`sh-ishora ma‟noli so`zlar-olmoshlar.
3.Yordamchi ma‟noli so`zlar: ko`makchi, bog'lovchi, yuklama, ko`makchi
fe‟llar. So`zlarning mustaqil va yordamchi tiplarga ajralishi ularning mustaqil
holda ma‟no ifodalay olish qobiliyatiga ko`ra belgilanadi.
O`zbek tilshunosligida olmoshlarning doirasi va vazifasi zo`rma-zo`rakilik
bilan cheklantirilib, "ot, sifat, son o`rnida qo`llanuvchi so`zlar "sifatida tor
doirada tushinilgan edi. Bu o`rinda
olmoshning nafaqat ot, sifat, son o`rnida, balki
fe‟l, ravish, taqlidiy so`z, undov gap, hattoki matnni almashtira olish, ularga
ishora etish xususiyati hisobga olinmagan. Olmoshlar sinfiga:
-
men, sen, biz, siz, ular kabi shaxsga;
-
kim, nima, ana, mana, bu kabi predmetga
ishora qiluvchi leksemalar;
-
qanday, bunday, shunday kabi belgiga;
-
buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga;
-
shunday bo`lmoq, shunday qilmoq kabi harakat-holatga ishora etuvchi
leksemalar ham kiradi. Ishora so`zlarning ma‟nosi matn ichida oydinlashadi.
Leksemalar morfologik tasnifga ko`ra ikki tipga ajratiladi:
1.O`zgaruvchi leksemalar.
2.O`zgarmas leksemalar.
O`zgaruvchi so`zlar morfologik kategoriyalar (son, egalik, kelishik, nisbat,
qiyoslash, subyektiv munosabatlar, kesimlik, o`zgalovchi)ning qo`shimchalarini
qabul qila oladi. O`zgarmas so`zlar bunday qo`shimchalarni qabul qila olmaydi.
Leksemalarning morfologik imkoniyatiga ko`ra tasnifini quyidagicha beramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: