fikrni targ`ib etish rasm emas, zeroki bu talqin kattami kichikmi, hokimmi tobemi -
har bir til grammatikasiga xalqidek betakrorlik, teng huquqlik va mustaqillik,
milliy iftixor ruhini beradi. Bu esa
hammaga ham yoqavermaydi, zo`ravonlik bilan
tuzilgan ko`p millatli imperiyalar uchun esa u o`ta xavflidir. Lekin mustaqil
taraqqiyot yo`liga o`tgan millatlar uchun bu g`oya milliy ravnaq yo`lchi
yulduzlaridan biriga aylanmog`i zarur. Zeroki, ona tili grammatik qurilishini
to`g`ri talqin qilish bilan kimsa ongidagi milliy tafakkur tarzi va milliy mafkura
urug`larining parvarishiga, ularning gullab yashnashiga erishish mumkin. Buning
uchun ona tili grammatik qurilishi talqini sof milliy mohiyatli bo`lmog`i lozim.
Bugun milliy istiqlol sharofati bilan Vatanimizda ona tilimizning shunday
talqinini yaratishga mustahkam poydevor yaratildi - ona tilimizning milliy tabiatini
ochib berishga qaratilgan ilk tizimlar ishlab chiqildi
2
, jiddiy qiyinchiliklar bilan
bo`lsa-da, ta`lim tizimiga joriy etilmoqda va ommalashmoqda. Qiyinchiliklarning
eng kattasi shu yo`nalishdagi o`quv-metodik adabiyotlarning yo`qligidadir.
Zeroki, otaxon tilshunos O.Azizov, A.Abduazizov, A.Irisqulov, A.Sodiqov,
S.Usmonovlarning tilshunoslik nazariyasi o`quv fanidan darslik va qo`llanmalari
sovet darsliklari namunalarida - o`zbek tili qurilishining "Grammatika
baynalmilaldir" shiori ostidagi talqiniga tayanib yozilgan.Shuning uchun ular
hozirgi davr talablariga mutlaqo javob bermaydi - grammatik talqinlar yuqorida
sanab o`tilgan va ta‟lim tizimida amaliyotda bo`lgan dasturlar bilan uyg`un emas,
yangilari hali ommalashmagan.
Qo`lingizdagi bu qo`llanma mavjud darslik va qo`llanmalardan yangi - milliy
grammatik talqinlarga uyg`unligi bilan ajralib turadi. Ushbu qo`llanma nafaqat
o`rta va oliy ta`lim tizimida amalda bo`lgan dasturlar bilan uyg`un, balki
"Tilshunoslikka kirish" o`quv fani oldida turgan muhim vazifani - kitobxon
toliblarni yangicha grammatik talqinlarning asosiy atamalari, tushunchalari, tahlil
usullari bilan tanishtirishni - ularni yangi tilshunoslik dunyosiga olib kirishni
bajarishga, milliy grammatik talqinlar orqali ziyolilar ongidagi milliy tafakkur
tarzi
va mafkura ko`chatlarini sug`orishga ham xizmat qiladi. Bu kitob shu
yo`nalishdagi ilk o`quv qo`llanmasi bo`lganligi sababli kamchiliklardan,
takomillashtirishni talab etadigan munozarali tomonlardan xoli emas. Qo`llanmani
mukammallashtirishga qaratilgan har qanday taklif va mulohazalarni mualliflar
mamnuniyat bilan qabul qiladilar.
Professor Hamid Ne`matov
Buxoro. 2005-yil, 16 mart.
2
Qar.:Умумий ўрта таълим давлат таълим стандартлари ва ўқув дастурлари. Таълим тараққиѐти
ахборотномаси. 1999. 1-махсус сон; Ҳозирги ўзбек адабий тили.5 220100 - ўзбек филологияси бакалаври
йўналиши учун намунавий ўқув дастури. Тузувчилар:
ф.ф.д., профессорлар Ҳ. Неъматов, Н.Маҳмудов, А.Нурмонов, Р. Сайфуллаева. Т.: 2002.