Abuzalova M



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 
Mavzu: Leksikografiya 
 
Reja: 
1.  Lug„at nima? 
2.  Leksikografiya sohasi. 
3.  Lug„at turlari. 
4.  Lug„atchilikdagi muammolar. 
5.  Хulosa. 
 
Mavzu bo„yicha tayanch tushunchalar: 
 
Lug`at  tushunchasi,  leksikografiya,  uning  tadqiq  manbai,  o„zbek 
lug„atchiligi tarixi, lug„at turlari, umumiy va maxsus lug„atlar, qomuslar, lingvistik 
lug„atlar,  ularning  turlari,  tarjima  lug„atlar,  izohli  lug„atlar,  etimologik  lug„atlar, 
lug„atchilikdagi muammolar, o„quv lug„atlari. 
 
   So„z  –  serqirra  hodisa.  So„z  –  insonlarning  fikr,  tushunchasi,  his-tuyg„ularini 
ifodalabgina  qolmay,  uni  o„z-o„zini  yuksaltirishga,  rivojlantirishga  xizmat  qilishi 
shubhasizdir. Chunki, so„z tafakkurning in‟ikosi bo„lmish tilning mahsulidir. Ulug„  
bobokalonimiz Mir Alisher: 
 
Insonni so„z ayladi judo hayvondin, 
Bilkim, guhari sharifroq yo„q ondin, - deya e„tirof etganlar. 
So„z hodisasi tilshunoslikda deyarli barcha sohalarda, lingvistik bo„limlarda tadqiq 
etiladi. Xususan, leksikografiyada ham. Bizga ma‟lumki, leksikografiya sohasi  - 
(grekcha lexicon – lug„at, leksika, grafo – yozmoq) lug`atlarni yaratish nazariyasi 
bilan  shug„illanadi.  Ho„sh,  lug„at  nima?  U  qanday  tuziladi?  Bu  kabi  savollarga 
javob berish uchun qomusiy lug„atlar va lingvistik adabiyotlarga murojaat etamiz. 
 
“So„zlarning  biror  maqsadda  to„planib,  tartribga  solingan  yig„indisiga  - 
lug„at deyiladi.”
1
 
 
“Lug„at  -1)  muayyan  tilda,  uning  hududiy  yoki  ijtimoiy  lahjasida  mavjud 
bo„lgan,  u  yoki  bu  yozuvchi  asarlarida  uchraydigan  so„zlar  yig„indisi  leksika;  2) 
so„zlar (yoki morfemalar, so„z birikmasi, iboralar va b.) muayyan tartibda (alifboli, 
uyali,  mavzuli)  joylashtirilgan,  tavsiflanuvchi  birliklar,  ularning  kelib  chiqishi, 
                                                 
1
 Содиқов А. ва б. Тилшуносликка кириш.  Т., 1981, 120-б. 


ma‟nolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga  tarjimasi haqida 
ma‟lumotlar jamlangan kitob”.
2
 
 
Turli  turdagi  lug„atlar  tuzish  umummadaniy  ahamiyatga  egadir.  Lug„at 
alfavit  tartibida    tuzilib,  qulay  qo„llanma    sifatida  xalq  ommasiga  bilim  beradi,  
madaniy – oqartuv funksiyani bajaradi. 
 
Lug„atlar  ma‟naviy  madaniyat  sohasida  muhim  o„rin  egallaydi,  ularda 
jamiyatning  ma‟lum  davrda  erishgan  bilimlari  aks  etadi.  Lug„atlar  har  birimizga 
ilmiy  jarayonda  to„g„ri  va  aniq  ishlashga,  real  va  obyektiv  fikrlash  va  tasavvur 
qilishga  yordam  beradi.  Ilk  o„zbek  lug„ati  Mahmud  Qoshg„ariyning  “Devonu 
lug„otit turk” asari bo„lib, u qomusiy  lug„at hisoblanadi.  
 
Mahmud  Zamahshariyning  “Asos  ul-balog„a”,  “Muqaddimat  ul-adab”, 
Navoiy 
asarlariga 
bag„ishlangan  “Abushqa”  (16  asr)  lug„ati,  Mirzo  
Mahdiyxonning  “Sangloh”  lug„ati,  Chingiyning    “Temurnoma”,  Sulaymon 
Buxoriyning  “Lug„ati  chig„atoyi  va  turki  usmoniy”,  Tole  Imoni  Hiraviyning 
“Badoye„  ul-lug„at»  singari  qimmatli    asarlari  lug„atchilikning  nodir  xazinasidan 
o„rin olgan. 
Yuqorida 
leksikografiyaning 
lug„atchilik 
nazariyasi 
bilan 
ham 
shug„ullanishi,  ya‟ni  nazariy  leksikografiyaga  ishora  qilib  o„tgan  edik.  Bu  soha 
lug„atshunoslik  deb  ham  ataladi.  Nazariy  leksikografiya  lug„atlarning  umumiy 
prinsiplari  va  tipologiyasini  ishlab  chiqish  hamda  yangi  lug„at  turlarini  yaratish, 
lug„at  strukturasini  yaratish    yoki  o„zgartirish  (masalan,  maqola  va  havolalar 
tartibi, illyustratsion materiallar, so„z va tushunchalarga izohli yoki lingvistik tasnif  
berish va h.) singari dolzarb vazifalar bilan shug„ullanadi. 
2. Lug„atlar, asosan 2 turga bo„linadi: qomusiy (ensiklopediya) va filologik 
(lingvistik).  Ensiklopedik  lug„atlar  so„zlarning    qisqacha  ma‟nosini,  tushunchalar 
izohini    berish  asosida  tuziladi.Qomusda  barcha  narsa  va  hodisalar,  kishilar,  fan-
tehnika haqida ma‟lumotlar keltiriladi. Zaruriy xarita va rasmlar, sxemalar beriladi. 
So„zning  o„zi haqida faqat uning kelib  chiqishini ko„rsatish bilan chegaralanadi. 
Shuning  uchun  bunday  lug„atlar  tushuncha  lug„at,  g„arbda  esa  “Husanrus”    deb 
ham yuritiladi. Qomusiy lug„atlar umumiy va xususiy bo„lishi mumkin. Masalan, 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish