Abuzalova M



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

20.  Chastotali  lug„atlar.    So„zlarning  qo„llanilish  darajasini  statik  aniqlab  
beradigan  lug„atlar:  Штейнфельдт  Э.А.Частотный  словарь  современного 
русского литературного языка. Taл., 1973. 
21.  Chappa  (ters)  lug„atlar.    So„zning  tugagan    harfi  asosida  tuzilgan 
lug„atlar,  masalan:  bola,  pona,  shona,  dona  kabi.  Qo„ng„urov  R.,  Tixonov  A. 
Обратный  словарь  узбекского  языка.  М.,  1968;  Обратный  словарь  русского 
языка. M., 1974. 
O„zbek leksikografiyasi uzoq va boy tarixga ega. Biroq hozirgi kun nuqtai 
nazaridan  olib  qaraganda,  lug„atchiligimizda  ba‟zi  muammolar  ham  mavjud. 
Ayniqsa,  kundan  kunga  rivojlanib  borayotgan  davlatimiz,  fanimiz  va 
madaniyatimizni    yuksaltirish  singari  ezgu  vazifalar  lug„atchilik  muammosini  va 
lug„atxonlik  madaniyatini  keskin  hal  qilish  lozimligini  ko„rsatmoqda. 
Mustaqillikka  erishgan  o„zbek  xalqining  ma‟naviy-ma‟rifiy  yuksalishi,  “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”  va uning oldiga qo„yilgan vazifalarni bajarish, xususan, 
ijodiy  tafakkur  sohibini    tayyorlash, ta‟limning    ilk bo„g„inlaridanoq lug„atlardan 
keng, maqsadli foydalana oladigan, izchil va mantiqiy so„z bankiga ega o„quvchini 
tarbiyalash  ham  aynan  o„zbek  lug„atchiligini  rivojlantirish  va  ommalashtirish 
tamoyili bilan uzviy bog„liq. 
Lug„atchiligimizdagi  bugungi  eng  dolzarb  muammo  –  o„quv  lug„atlarining 
yo„qligidir.  Afsuski,  soha  bu  borada  ancha  orqada  qolgan.  O„quv  lug„atlari  –har 
qanday tur va hajmdagi, aynan biror tilda so„zlashishni o„rgatishga mo„ljallangan 
leksikografik  asar  hisoblanadi.  O„zbek  leksikografiyasida  lug„atlar  yaratish 
borasida  ancha  yutuqlar  qo„lga  kiritilgan  bo„lsa-da,  o„quv  lug„atchiligi  oqsab 
kelmoqda.  Hozirgi  kunda  o„quvchilarimiz  quyidagi  lug„atlardan  foydalanib 
kelishmoqda: 


1. 
“O„zbek tilininig imlo lug„ati”: (Rahmatullayev Sh., Hojiyev A. T., 
1995. Tiraj: 15000 nusxa). 
2. 
“Imlo lug„ati” (Hojiyev A., Abdullayev Y., Zafarova S. T. 1-nashri, 
1964. 4-nashri 1981. Tiraj: 100000). 
3. 
“O„zbek tilining orfoepik lug„ati” (Hojiyev A. tahr. ostida T., 1977. 
Tiraj: 13000). 
Lug„atlardan  foydalanish  madaniyati  saviyasining  shakllanganligining 
yorqin  dalillaridan  biri  shuki,  1995-yilda  atigi  150000  nusxada  nashr  etilgan, 
«O„zbek tilining  imlo lug„ati”ni hozir ham kitob  do„konlaridan topish mumkin. 
Vaholanki,  agar  maktab  o„quvchilarining  har  yillik  miqdori  qariyb  6000000 
ekanligini  nazarda  tutsak,  bu  imlo  lug„atidan  400  o„quvchiga  1  lug„at  to„g„ri 
keladi.  Shunisi  ham  borki,  lotin  yozuviga  asoslangan  hamda  hozirgi  davr  talabi 
bo„lgan  bu  imlo  lug„atidan  nafaqat  o„quvchichilar,  balki  talabalar,  ma‟rifat  va 
madaniyat  xodimlari,  davlat  va  tashkilot  organlari  foydalanishga  ehtiyojmand. 
Demak,  bu  holda,  1500-2000  kishiga  atigi  1  ta  lug„at  to„g„ri  kelishi  kelib 
chiqmoqda.  Imlo  lug„ati  bilan  ta‟minlanish  rivojlangan  davlatlarda  15-20 
talabgorga bitta to„g„ri kelishini hisobga olsak, O„zbekistonda amaliy imlo lug„ati 
bilan ta‟minlanish qariyb 70-100 baravar kamdir. Maktab o„quvchilari uchun yangi 
yozuvda  chiqarilgan  “Imlo  va  talaffuz  lug„ati”  ham  mavjud  bo„lib,  sanoqli 
nusxalarda  chiqarilgan.  Bu lug„atdan ham  keng omma  foydalanish   imkoniyatiga 
ega emas. Shunisi achinarliki, o„zbeklarda umuman 2000 kishiga 1 ta lug„at to„g„ri 
kelsa,  ruslarda  bitta  oilaga  4-5  ta  lug„at  to„g„ri  keladi.  Bunaqada  madaniy 
saviyaning  yuksalishi-yu,  ilm-fan  taraqqiyoti  haqida  so„z  borishining  o„zi 
foydasizdir. 
Xullas,  shu  kabi  jiddiy  muammolarni  hisobga  olib,  hozirgi  o„zbek 
leksikografiyasi  o„quv  lug„atlarini,  xususan,  uyadosh  so„zlar  lug„ati,  o„quvchilar 
uchun sinonimik so„zlar lug„ati, shakldosh so„zlar lug„ati, o„quvchilar uchun izohli 
lug„at (hayvon nomlari asosida (qar: Jumaeva Saodat, Murodova Zulxumor. MB. 
Buxoro  -2004),  ideografik  lug„atlar  tuzish  kabi  masalalarni  o„z  oldiga  dolzarb 
vazifa qilib qo„ydi. 
Endi, O„TIL haqida to„xtalsak. Ma‟lumki, bu lug„at 2 jildli, 1981-yilda nashr 
qilingan bo„lib, umumiy izohli lug„at hisoblanadi. 
60000  so„zning  izohiga  bag„ishlangan  bu  lug„at  o„zbek  lug„atchiligining 
yutug„i,  desak xato bo„lmaydi.  Biroq,  bugungi  kun nigohi bilan  qaraganda, ba‟zi 
bir ko„z  yumib  o„tolmaydigan  kamchiliklarning  guvohi bo„ldik.  Jumladan,  lug„at 
maxsus  mutaxassislarga  mo„ljallangan.  Bu  esa  o„zbek  xalqi  uchun  nisbiy 
qiyinchiliklarni, hatto tushunmovchiliklarni keltirib chiqargani sir emas. Lug„atda 
keltiriladigan  ko„pchilik  tavsiflar  o„zbek  ongi-shuuri,  tafakkuriga  mos  emas. 
Bundan  tashqari,  lug„atga  kiritilgan  so„zlarning  40  foizi  rus  tilidan  kirib  kelgan, 
qo„pol  qilib  aytganda  tarjima  qilingan  (buni  olma  –  meva  va  daraxt:  яблоко  – 
яблоня misolida). Shuningdek, milliy g„oyalarimizga muvofiq kelmaydi. Ana shu 
va  boshqa  ko„plab    jihatlarni  e‟tiborga  olgan  holda  O„zRFA  “Til  va  adabiyot 
instituti”  ilmiy  jamoasi  ko„p  jildli  “O„zbek  tilinining  izohli  lug„ati”ni  yaratishga 
kirishdilar. 


Xuddi  shu  fikrlarni  70-yillarda  yaratilgan  “O„zbek  sovet  ensiklopediyasi” 
to„g„risida  ham  aytish  mumkin.  Sovet  voqeligi,  sho„ro  siyosati  ta‟siri  aks  etib 
turuvchi,  milliy  tariximiz  va  ma‟naviyatimiz  buzib  ko„rsatilgan  qomuslarni 
yangilash  maqsadida,  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  sa‟y-harakatlari  bilan  12 
jildli  “O„zbekiston  milliy  ensiklopediyasi”ni  yaratishga  kirishildi.  O„zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  1997-yil  20-martda  “O„zbekiston  milliy 
ensiklopediyasi”  Davlat  ilmiy    nashriyotini  tashkil  etish  to„g„risida  154-qarorni 
qabul qilgach, bu katta ishni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga 
keldi.  
“Farzandlarimiz  bizdan  ko„ra  kuchli,  bilimli,  dono  va,  albatta,  baxtli 
bo„lishlari  kerak”  (I.Karimov).  Darhaqiqat,  mustaqil  diyorimizning    poydevori 
bo„lmish kelajak  avlod mana shu sifatlarni mujassam etishi lozim.  
Lug„at  –  bilimlar  xazinasi,  madaniyatimiz,  ilm-fan  va  san‟at, 
dunyoqarashimizni  yuksaltirishga  qaratilgan  ulkan  zahmatlar  mevasi.  Lug„atlar 
tuzilishi,  ya‟ni  leksikografiyani  –  igna  bilan  quduq  qazishga  o„hshatish  mumkin. 
Shuning  uchun  har  bir  leksikografik  asar  –  yuksak  tahsinga,  hurmatga  loyiq  
javohirdir. 
Lug„atlardan  olam-olam  bilim,  ma‟lumot  olamiz.  U  fan  –  texnika,  san‟at, 
adabiyot    bo„yicha  yangiliklarni  bayon  etib,  nutq  madaniyatimiz  va  so„z 
boyligimizni oshiradi. Lug„at bilan ishlash - maroqli, qiziqarli va zavqli. Lug„atlar, 
ensiklopediya  va  ma‟lumotnomalar  bilan  ishlashni  tamoyil    qilib  olgan  kishi  esa 
savodli, ongli va madaniyatli insondir. 
Leksikografiya  –  tilning  mana  shunday  dolzarb  masalalari  bilan 
shug„ullanuvchi  sohasi  ekan,  ishonch  bilan  ayta  olamizki,  o„zbek  madaniyatini, 
ilmu fanini,  ma‟naviyatini yuksak rivojlangan mamlakatlar safiga olib chiqishdek 
mas‟uliyatli vazifalarni bajarishga o„zbek lug„atchiligi munosib hissa qo„sha oladi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish