3. O„zlashma so„zlar lug„ati. Bunday lug„atlar bir tilga o„zlashgan, lekin
tarjima va izohni talab qiladigan so„zlar asosida tuziladi. Usmonov O., Doniyorov
R. “Ruscha –internatsional so‟zlar lug„ati”ni nashr ettirganlar. (T., 1965) Yana
«Словарь иностранных слов». 18-e изд., M., 1989. lug„ati ham mavjud.
4. Tarixiy lug„atlar. So„zlarning qachondan boshlab va qanday kelib
chiqishi, dastlabki fonetik, semantik, morfemik va grammatik shakllari rivojini
ochib beruvchi lug„atlar. O„zbek tilida tom ma‟noda bunday lug„atlar hali
yaratilmagan, biroq E.Fozilovning “Староузбекский язык: Харезмские
памятники. XIV века” ( ч.1-2., T., 1966, 1971) asarini shunday manbalar sirasiga
kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |