Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Adabiy talaffuz, talaffuz me‟yori, nutq madaniyati va orfoepiya, ommaviy
axborot vositalari va orfoepiya, orfografiya va imlo, fonetik prinsip, morfologik
prinsip,tarixiy an‟anaviy va
shakliy prinsip, orfografiya va orfoepiya aloqadorligi.
Adabiy tilga xos bo`lgan muhim xususiyatlarning eng birinchisi uning muayyan
me‟yorlarga bo`ysunishidir. Fonetika, leksikologiya, morfologiya yoki sintaksis
sohalarida bo`lgani kabi nutqning ikki ko`rinishi: og`zaki va yozma shakllarda ham
barcha uchun umumiy bo`lgan o`ziga xos me‟yorlar mavjud. Muayyan
me‟yorlardan chetga chiqish yoki chekinish kishilarning o`zaro fikr almashish
jarayoni (og`zaki va yozma)da turli qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Og`zaki nutqning qonun-qoidalarini
orfoepiya sathi, yozma nutqqa xos
normalarni
orfografiya bo`limi o`rganadi. Nutq tovushlari vositasida ifodalangan
og`zaki nutqimiz eshitish orqali o`zlashtirilsa, harflar vositasi bilan ifodalangan
yozma nutq esa ko`rish, o`qish, uqish orqali o`zlashtiriladi.
Orfoepiya (grekcha orthos –
to`g`ri, epos –
nutq) tildagi so`z va uning
qismlarini adabiy talaffuz etish qoidalari to`plamidan iborat. Axborot uzatish va
axborot qabul qilish jarayonida to`g`ri talaffuz muhim ahamiyatga ega. Orfoepiya
normalari tilning fonemalar sistemasi bilan, fonemalarning ma‟lum
pozitsiyalardagi o`zgarishlari bilan va, asosan, nutq madaniyati bilan chambarchas
bog`liq. Nutq madaniyatining ajralmas bo`lagi bo`lgan orfoepiya adabiy talaffuz
madaniyatini oshirishga, uni bir tizimga solishga yordam beradi.
Orfoepik talaffuz me‟yorlari adabiy til bilan birgalikda shakllanadi. Odatda,
ba‟zi tayanch shevalar talaffuzi adabiy til talaffuzi normasiga yaqin turadi.
Masalan o`zbek adabiy tilining talaffuziga Toshkent va Farg`ona vodiysi
shevalarining talaffuzi asos qilib olingan. Rus adabiy tilining talaffuziga esa
Moskva va Leningrad shevalari asos sifatida qabul qilingan. Orfoepik me‟yorlar
makon va zamonda farqlanadi, o`zgaradi. Ya‟ni har bir til o`zining ma‟lum
davrdagi adabiy talaffuz normalariga ega bo`lib, ular vaqt o`tishi bilan tildago
fonetik, leksik va boshqa yangilanishlar natijasida ozgarishi mumkin. Orfoepiya
nutqning talaffuz me‟yorlari amaliy jihatdan qanday bo`lishini fonetika va
fonologiyadagi nazariy tamoyillarga asoslangan holda belgilab beradi. O`zbek
tilida avvalgi adabiy talaffuz me‟yorlari eski o`zbek adabiy tili negizida yuzaga
kelgan bo`lsa, hozirda foydalanilayotgan adabiy talaffuz normalari fan texnikaning
yuksalishi, xalq madaniy saviyasining tobora o`sib borishi, umumiy savodxonlik,
o`rta va oliy maktablarning rivojlanishi kabi qator omillarni hisobga olgan holda
belgilangan. Quyida orfoepiyaning ba‟zi me‟yorlari bilan tanishib o`tamiz:
1.
Yonma-yon kelgan
ia, io, ai, oi, ea – unlilari orasiga qisqa
y tovushini
qo`shib talaffuz etish orfoepik me‟yordir:
tabiat – tabiyat, shariat –
shariyat, radio – radiyo, stadion – stadiyon, said – sayid, ukrain –
ukrayin, doim – doyim, oila – oiyla, teatr – teyatr, laureat – laureyat
kabi.
2.
Samarqand, Toshkent, xursand, qand, baland, go`sht, past kabi so`zlar
oxiridagi
d, t undoshlarini tushirib talaffuz etish, orfoepik me‟yordir.
har bir tilning orfografiyasi uchun u yoki bu prinsip asos qilib olinadi. Asosiy
orfografik tamoyillar va ularning o`ziga xos xususiyatlari xususida alohida
to`xtalib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: