Adabiyotlar:
1. Баскаков Н.А. Введение в изучение тюркских языков. М., «Высшая
школа», 1962.
2. Рустамов А. ва б. Қадимги туркий тил. Т., «Ўқитувчи», 1992.
3. Coдиқов A. ва б. Тилшуносликка кириш. Т., «Ўқитувчи», 1981.
Mavzu: Yozuv. Yozuvning taraqqiyoti
R e j a :
1. Yozuv. Yozuv va til.
2. Yozuv tarixidan.
3. Davr va yozuv taraqqiyoti.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Yozuv, yozuvning tilga munosabati, yozuvning paydo bo`lishi, piktografik
yozuv, logografik yozuv, xitoy ieroglifikasi, misr mixli xatlari, fonografik yozuv
va uning turlari, alifbo, lotin alifbosi, kirill yozuvi.
Yozuv insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsulidir. U azaldan kishilarning
aloqa qilishlari, fikr almashishlarida muhim rol o`ynagan. Shubhasiz, yozuv
insoniyatning ulug` kashfiyoti, muvaffaqiyati hisoblanadi. U og`zaki nutq va tilga
yordamchi vosita sifatida yuzaga keldi.
Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o`rtasidagi muloqotga
xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv kishilik jamiyati
madaniy taraqqiyotning tom ma‟nodagi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy
takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biridir. Yozuv og`zaki tilga
nisbatan ikkilamchi, qo`shimcha aloqa vositasi bo`lsa-da, unga qaraganda ko`p
afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o`rtasidagi aloqani
ta‟minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin
emas. Tilning estetik, gnosiologik (bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz
tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo`lga kiritgan tajriba-bilimlarini
saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi.
Tovush tili uchun noqulaylik tug`diruvchi masofa va vaqt omili yozuvning bu
borada ustunligini dalillaydi. Bir latincha maqol bor: “Verba volant – scripta
manent” – “So`zlar uchib ketadi, yozilgani esa qoladi”.
Yozuv tildan ancha keyin paydo bo`lgan. Tovush tili 400-500 ming yillar
ilgari yuzaga kelgan, yozuv esa 4-5 ming yil oldin paydo bo`lgan. Og`zaki
nutqning zamon va makon nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish
zaruriyati yozuvning paydo bo`lishiga olib kelgan. Og`zaki til talaffuz vaqtidagina
va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush to`lqinlari yetib borishi mumkin
bo`lgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo
bo`lishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira
boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat yozuv dunyoga kelgan. Aslida,
belgilar tizimi sifatidagi yozuv paydo bo`lishidan oldin inson ramziy vositalardan
keng foydalangan. Masalan, slavyan qabilalarida non-tuz – do`stlik ramzi, trubka-
tinchlik, atirgul-sevgi ramzi va h.k. belgilar “buyumli yozuv” xarakteriga ega edi.
Fanda turli xil yozuv ko`rinishlari aniqlangan va yozuvning tadrijiy tarixi
isbotlangandir.
Piktografik (lat. pictus - chizmoq), rasmli yozuv dastlabki yozuv turidir.
Piktografik yozuv ibtidoiy tasviriy san‟at namunasi bo`lib, toshlarga, suyaklarga,
g`or devorlariga o`yib ishlangan. Piktografiyada hayotiy vaziyatlar (ov, sayohat),
narsalar (qayiq, uy, oy, quyosh, yer), mavjudotlar (inson, sigir, qo`y) kabilar aks
ettirilgan edi. Yozuvning rasm bilan aloqador hodisa ekanligini turkiy tillardagi
bitik (yozuv) so`zi tarkibidagi biti-xitoycha bi: mo`yqalam bilan aloqadorligi,
shuningdek, slavyan tillaridagi писать (jivopis) fe‟lining o`zagi lаt. “pingere” –
rasm solmoq tushunchasi bilan bog`liqligi, gotcha melian (yozmoq) fe‟lining
dastlabki ma‟nosi ham mo`yqalamda rasm solmoq bo`lib, hozirgi nemis tilida
“malen” – rasm chizmoq” ma‟nosida qo`llanilishi tasdiqlab turibdi.
B.N.Golovin piktografiya hodisasini shunday tushuntiradi: “Piktografik
maktublar bilan muloqot qilmoqchi bo`lgan ikki hozirzamon do`stlarni tasavvur
qilaylik. Ulardan biri qorong`u osmondagi yarimoy tasvirini, chiqayotgan quyosh,
qayiqdagi odam, baliq va qarmoq rasmini chizdi. Keyingisi javob tariqasida
botayotgan quyosh, qorong`u osmondagi yarimoy, paravoz va uch vagon va ular
oldida odam hamda Moskva Kremlning tasvirini bergan. Shuningdek, vagonni
quyosh bilan bog`laydigan chiziq (liniya)ni ham ko`rsatgan. Demak, bulardan
birinchisining mazmuni: “Men ertaga baliq oviga boraman”. Ikkinchisi esa:
Bugun kechqurun (oqshomda) men poezdda Moskvaga ketaman”, - degan
ma‟nolarni anglanadi.
1
Darhaqiqat, olim juda to`g`ri tasavvur, mulohaza keltiradi.
Ibtidoiy tafakkur va yozuvning tabiatini shu kabi ko`rinishlarda kuzatish mumkin.
Shu boisdan ham, rasmli (piktografik) yozuv dunyodagi mavjud barcha
yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo`lgan, degan fikrga kelish to`g`ridir.
Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash, yuborish mumkin
ekanligini odamlar juda qadimiy davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun ham
rasmli yozuvning og`zaki til bilan bog`liq bo`lmaganligi uning turli til vakillari
tomonidan ham tushunilaverishini ta‟min etgan, ammo unda ifodalangan
mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yo`l qo`ygan, abstrakt
tushunchalarni bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin bo`lmagan. Davlat
tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin
qilinishiga bo`lgan ehtiyoj kuchayib borgani sari piktografik yozuvning ojiz
tomonlari ko`proq ko`zga tashlana boshlagan. Bu hol rasmli yozuvning
taraqqiyotiga, ideografik va ieroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan.
1
Головин Б.Н. Введение в языкознание. М., 1977. стр.: 232.
Do'stlaringiz bilan baham: |