Mavzu: Turkiy tillar oilasi
Reja:
1. Turkiy tillarni o`rganish tarixidan.
2. Turkiy tillar oilasi, uning genealogik guruhlari haqida.
3. Turkiy tillarning lisoniy xususiyatlari.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Turkiy tillarning o`rganilish tarixidan, ilmiy turkiyshunoslik asoschilari,
turkiy tillarning geneologik tasnifi, turkiy tillar oilasi, agglyutinativ tillar, turkiy
tillarning fonetik strukturasi.
Turkiy tillarni o`rganish uzoq davrlarga borib taqaladi. Turkiyshunoslikni XI
asrda Mahmud Qoshg`ariy boshlab berdi. O`zining “Devonu lug`atit turk”
asarida olim (Qomus Istambulda Ahmad Rif‟at tomonidan 1915-1917-yillar
(III tomlik) da nashr qilingan, shuningdek, Sim Atalay (Divanu Lug`at-it-Turk
terkumesi) va C.Bchoskelmann (Mittelturkisscher Wortschatz nach Mahmud al-
Kasgaris Divan Lug`at-at-Turk) tomonidan tarjima qilingan) asosan uyg`ur,
xakas, qipchoq va o`g`uz tillari materiallari asosida qiyosiy-tipologik
tadqiqotlarni yuzaga chiqargan. Asarda qirg`iz, qipchoq, uyg`ur, tuxsi,yag`mo,
chigil, igrak, charuk, yemak, boshqird tillari va xalqlari qarindosh deyiladi.
Bulg`or va suvar tillarini birmuncha farq qiluvchi, o`g`uz tillarini esa eng
oddiy, deb hisoblaydi. Chumul, kay, yabaku, tatar, basmil xalqlari boshqa tilda
gaplashishgan. Eng to`g`ri, ya‟ni abadiy tilga eng yaqin til – tuxsi va yag`mo
tillari bo`lgan.
Mahmud Qoshg`ariy lug`atida so`zlar ulardagi tovushlar sonining o`sib
borishiga ko`ra joylashtirilgan.Ismlar va fe‟llar farqlanib, turkiy tillarning
fonetik – morfologik tasnifi hamda jo`g`rofiy yoyilganligiga ko`ra
xarakteristikasi berilgan. Tillar tabiatini hamda ularning u yoki bu tasnif
guruhiga mansubligini ifodalovchi belgilar sifatida M.Qoshg`ariy quyidagilarni
ko`rsatadi:
a) соответствие (y~j) so`z boshida y-j mosligi;
b) so`z boshida m~b;
v) so`z oxirida y – n;
g) so`z boshida t~d;
d) so`z o`rtasida y~z.
Az-Zamaxshariyning (1143-yilda vafot etgan) “Muqaddimat al-adab” nomli
filologik asari arab-fors-turk-mo`g`ul tillari lug`ati sanaladi. V.V.Bartoldning
aniqlashicha, bu lug`atning turkiy qismi eramizning XII-XIII asrlari adabiy
turkiy tilini aks ettiradi. Al-Andalusiy (arab tilshunosi) yaratgan lug`at va
grammatikada qipchoq (kuman yoki poloves) tilining o`g`uz (turkman) tili bilan
qiyosan elementlari mavjud. Jamoliddin ibn Muxannaning “Xil‟at ul-lison va
halibot ul bayon” asari o`g`uz tillaridan birining lug`at va grammatikasini,
shuningdek, fonetik xarakteristikasining bayon etilganligi bilan ajralib turadi.
b va m, t va d undoshlarining boshda f va n, k va x undoshlarining boshqa
pozitsiyalarda kelish xususiyatlari ochib beriladi. Jamoliddin at-Turkiyning
“Bulg`at al-mushtak” lug`ati arab-qipchoq tillarini qiyoslash asosida tuzilgan.
Misrda arab filologlari tomonidan yaratilgan asarlar: XV asr grammatik
tadqiqoti “Qavanin al-Kulmiya li-dabt al-lug`at at-Turkiya” (1928-yilda
Istambulda Kilisli Rif‟at tomonidan nashr etilgan) hamda XV asrning filologik
asari “Kitob at-tuhfatuz zakiya” (1945-yilda Istambulda Basim Atalay
tomonidan nashr qilingan)dir. Turkiyshunoslikning yana bir tarmog`i XVIII va
XIX asrning 1-yarmidagi rus va g`arb tadqiqotchilarining izlanishlari
samarasini o`z ichiga oladi. XVIII asrdan turkiy tillarni qiyosiy o`rganish
sohasida F.I.Tabbert – Stralanberg (shved ofitseri) muhim o`ringa ega. U ural-
oltoy nazariyasi-ural (fin-ugor va samold) va oltoy (turk, mo`g`ul va tungus-
manchsjur) tillarining qarindoshligini aniqlagan. Bu nazariyaning tarafdorlari
sifatida V. Shott, M.A.Kastren, O.Donner, G.Vinkler, I.Gryunsel, G.Ramatedt,
A.Sovaneo va boshqalar ma‟lumdirlar.
Ilmiy turkiyshunoslikning asoschilari - O.Byotlingk va V.V.Radlov
hisoblanadi. Turkologiyadagi
1
qiyosiy - tarixiy tadqiqot O.Bytlingkka tegishli
bo`lib, unda yoqut tili va uning boshqa turkiy tillardagi grammatik qurilish va
leksika bilan solishtirilgan tarzda bayon qilingan. L.Budagov
2
va H.Vamberi
ham turkiy tillar leksikasi bo`yicha muhim izlanishlar natijalarini yozib
qoldirishgan. V.V.Radlov turkiy tillarini qiyosan o`rganish bo`yicha eng
mukammal va asosli ishlar yaratganki, undan keyingi tadqiqotlar V.V.Radlov
ishlarining davomi va to`ldirilgan ko`rinishlari bo`lib yuzaga chiqdi. Olimning
“Образцы народной литературы тюркских племѐн” (т. I-X, СПБ, 1868-
1904), “Опыт словаря тюркских наречий”. (СПБ, 1888-1905) kabi asarlari
turkiy tilshunoslikda eng qimmatli ilmiy asarlardir.
N.F.Katanova “Опыт исследования урянхайского языка с указанием
главнейших родственных отношений его к другим языком тюркского
корня” (Казань, 1903) nomli tadqiqoti ham fanda ulkan shuhrat qozondi.
Xullas, turkiy tillarini o`rganish bo`yicha qisqacha sharx shulardan iborat
bo`lib, turkiy tillar, turkiy xalqlar va ularning madaniyati kabilar olimlarni
qiziqtirib kelganligini dalillaydi.
Turkiy tillar – oltoy oilasiga kiruvchi hamda genetik va tipologik belgilari
bilan umumlashadigan qarindosh tillar hisoblanadi. Turkiy tillarni genealogik
1
Bo`htlingk O.Ueber die sprache der Jakuten. SPB., 1851
2
Будагов Л. Сравнительный словарь турецко – татарских наречий. 1-П.СПБ., 1868-1871.
jihatdan
tasniflash
bo`yicha
I.N.Berdin,
N.I.Ilminskiy,
V.V.Radlov,
N.A.Aristov, N.F. Katanov, F.Ye.Korsh, A.N.Samaylovich kabi olimlar
izlanishlar olib borishgan. Shulardan A.N.Samaylovichning tasnifi keng
tarqalgan bo`lib, turkiy tillarning barchasi 6 asosiy guruhga ajratiladi:
1. R-guruh, bulg`or yoki chuvash:
1) taxar; 2) ura; 3) pul; 4) tao`//tu; 5) sari; 6) qalan//yo`lna; bu guruhga
zamonaviy chuvash va qadimgi bulg`or tillari kiradi.
2. D-guruh, uyg`urcha yoki shimoliy-sharqiy:
1) toquz; 2) adaq//azaq; 3) pol; 4) tag`; 5) sarig`; 6)qalg`an; bu guruhga 3
kichik guruhlar kiradi:
a) b-guruhi: O`rxun–Enasoy yodgorliklari qadimgi tili, qadimgi uyg`ur va
zamonaviy karagas, salar va tuva tillari;
b) z-guruh: sariq uyg`urlar, ilor va xakaslar tili;
v) t-guruh: yoqut tili.
3. Tao` - guruh, qipchoq yoki shimoli - g`arbiy:
1) tog`uz; 2) ayaq; 3) bol//bul; 4) tao`; 5) sari; 6) qalg`an. Bunga:
a) mo`g`ullargacha: oltoy tili, qirg`iz, qumiq, qorachoy-bolqor, qaraim, tatar,
boshqird;
b) mo`g`ullardan so`ng: qozoqcha va no`g`aycha kiradi.
4. Tag`liq – guruh, chig`atoy yoki janubiy – sharqiy:
1) toquz; 2) ayaq; 3) bol; 4) tag`; 5) sariq; 6) qalg`an. Bunga qadim
chig`atoy, Xitoy Turkistoni aholisi tili, o`zbek tili va qora tatarlar tili kiradi.
5. Tag`li – guruh, qipchoq – turkman:
1) doquz; 2) ayaq; 3) bol; 4)tag`; 5) sari; 6) qalg`an. Bularga xorazm
o`zbeklarining shevasi ham kiradi.
6.Ol- guruh, turkmancha yoki janubiy – g`arbiy:
1) doquz; 2) ayaq; 3) ol; 4) dag`; 5) sari; 6) qalan. Turkman, ozarbayjon va
turk tili, gagauzlar tili ham kiradi.
Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi. Bu tillarda so`zlashuvchi xalqlar
Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliyada istiqomat qiladilar. Bu tillarda
so`zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit‟asida yashaydi.
Turkiy tillar oilasiga quyidagi tillar kiradi: turk, ozarbayjon, turkman,
gagauz, qrim-tatar, qorag`ay, balqor, qo`miq, no`g`oy, tatar, bashqird, oltoy,
shor, xakas, tuva, yoqut, qirg`iz, o`zbek, qaraqalpoq, chuvash, uyg`ur, qozoq.
Turkiy tillar quyidagilardan iborat:
1. Bulg`or tillari guruhi: hozirgi chuvash tili va qadimgi bulg`or va xazar tillari.
2. O`g`uz tillari guruhi:
a) turkman tili – Turkmaniston;
b) turkman tili – Shimoliy Kavkaz va Stavropol o`lkasida yashovchi
turkmanlarning tili;
v) o`g`uz – bulg`or tillariga gagauz va balqon turklari tillari kiradi;
g) ozarbayjon va turk tillari.
3. Qipchoq tillari guruhi:
a) qaray tili. Bu tilda Litva, Ukrainaning janubida va Qrimda istiqomat
qiluvchi qaray elati so`zlashadi;
b) qo`miq tilida Dog`iston Avtonom respublikasida istiqomat qiluvchi
qo`miqlar so`zlashadi;
v) qorag`oy – balqar tilida Kavkazda yashovchi qorag`oy va balqor elatlari
so`zlashadi;
g) qrim - tatar tilida qrim, belarus, litva tatarlari so`zlashadilar;
d) tatar tili, boshqird tili;
j) no`g`oy tili;
z) qoraqalpoq tili;
i) qozoq tili.
4. O`zbek va uyg`ur tillari guruhi. O`zbek tili o`zbek xalqining milliy adabiy
tili bo`lib, bir-biridan fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari bilan
farqlanib turadigan shevalardan tashkil topgan. Uyg`ur tili O`rta Osiyo,
Qozog`iston va Xitoy Xalq respublikasining Sinsyan – Uyg`ur
respublikasida yashovchi uyg`ur xalqining tilidir.
5. O`g`iz tillari guruhi:
a) Tuva tili. Tuva va Mongoliya Xalq respublikasi territoriyasida yashovchi
tuva xalqining tilidir;
b) tofalar (yoki karagas) tili Krasnoyarsk o`lkasida yashovchi elat tili.
6. Yoqut tili. Yoqutistonda yashovchi yoqutlarning tilidir.
7. Xakas tillari guruhi: xakas tili, shor tili, cho`lim tili (cho`lim tatarlari tili),
oltoy tilining shimoliy shevalari.
Turkiy tillar – agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Turkiy tillardagi
affikslar bir ma‟nolidir – so`z tarkibida ishtirok etayotgan har bir qo`shimcha
faqat bir ma‟noni anglatgan holda birin – ketin yopishib ketaveradi. Masalan,
o`zbek tilida o`qituvchilarga so`zida o`qi - o`zak, t-orttirma nisbat qoshimchasi,
Do'stlaringiz bilan baham: |