Kasb odobi va xizmat


Ishga oid suhbatlarni olib borish



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/53
Sana30.07.2021
Hajmi0,51 Mb.
#133240
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
Bog'liq
kasb odobi va xizmat korsatish madaniyati

Ishga oid suhbatlarni olib borish. 
Boadablik qoidalari rahbarga kishilarning gapini bo‘lmay, 
to‘xtatmay, boshqa ishlarga va boshqa kishilarga chalg‘imay 
eshi tish zarur. Agar suhbat vaqtida har qalay boshqa narsa bilan 
shug‘ullanishga to‘g‘ri kelib qolsa, kechirim so‘rash, majburiy 
tanaf fusdan so‘ng ayniqsa, bu paytda gap ish haqida ketayot-
ganini eslatib davom etishini taklif qiling. 
Iltifot ko‘rsata biling. Maqtov, qisinish, qiziqish, minnatdorlik 
nafaqat sizning boadabligingizni ko‘rsatuvchi, balki suhbatdosh-
ga nisbatan hurmatingiz ramzi, umumiy ishning va suhbatning 
o‘zi ham muhimligini tan olish demakdir. Iltifot ko‘rsatayotib, 
samimiy va tabiiy bo‘ling. 
Ish munosabatlariga kiruvchi tadbirkor sherikning milliy va 
ruhiy xususiyatlarini, o‘ziga xosliklarini bilishi muvaffaqiyatli 
aloqaning zarur sharti ekanligini yodda tutish lozim.
Ijobiy fikrlash inson fe’l-atvorini shakllantiradi, mana, ayrim 
istaklar:
– «men» so‘zini ehtiyot bo‘lib qo‘llang;
– faktlarga tayaning;
– tafsilotlarga berilib ketmang, lekin tafsilot o‘z vaqtida va 
aytilgan fikr o‘rinli bo‘lsa, sizning nuqtayi nazaringizni mus-
tahkamlashi va uni yanada ishonchli qilishini ham hisobga oling;
– nasihat qilishdan qoching;
– murakkab muammoning keskinlashishini emas, hal etilish 
yo‘llarini qidiring;
– dag‘al muomalaga moyil sherik bilan uchrashuv vaqtida 
ziddiyatlardan qoching.
Ish xatlari. Ish xatlariga nafaqat xizmat nomalari, balki turli 
xil iltimoslar, topshiriqlar, tabriklar, takliflar, hamdardliklarni 
yozma shaklda bayon etish, kasbga oid munosabatlarga taalluqli 
hamma narsalar kiradi.
Har qancha xat yoki qisqacha maktubni «hurmatli», «muhta-
ram» deb murojaat etish, alohida do‘stlik holatida esa qadrli 
so‘zlarni bilish kerak. Keyin ismi, otasining ismni yoki famili-
yasini aytish kerak. Familiyaning oldida albatta «o‘rtoq», «ham-
kasabamiz» yoki «janob» so‘zlarini qo‘llash zarur. Murojaat qila 
turib siz kimga murojaat etayotgan bo‘lsangiz, uning eng yuqori 
unvonini qo‘llang. 


75
Umumqabul qilingan «marhamat», «marhamat qiling», «mar-
hamat qilib» («agar malol kelmasa»), «oldindan minnatdorchilik 
bildiraman», «hurmat bilan», «ko‘rishguncha xayr», «uchrashgun-
cha», «Sizning samimiy do‘stingiz» va boshqa shunga o‘xshash 
so‘zlar va iboralarni unutmang.
Rasmiy taklif xatlarida matndan so‘ng o‘ngda qisqartirilgan hol-
da «Marhamat qilib javob qaytaring» deb yozib qo‘yish mumkin.
Konvertlarni umumqabul qilingan namunalarga muvofiq ras-
miylashtiring. Yuboriladigan manzil tepasida jo‘natilgan usuli 
ko‘rsatiladi:
– buyurtma;
– shoshilinch pochta bilan va hokazo.
Qarama-qarshi manzil konvertning old tomonining ustki qis-
mida, ba’zida esa uning orqa tomoniga yoziladi.
Ish xatini konvert ichiga ikki martadan ko‘p buklamay solish 
(matnni ichkariga qilib) tavsiya etiladi. Eng muhim xabarlarni 
bukmasdan katta konvertlarda jo‘natgan ma’qul. 
Xatlarga iloji boricha tezroq (besh kundan oshmagan holda) 
javob yozish kerak. Kechikish hollarida kechirim so‘rang va o‘z 
vaqtida javob bo‘lmaganligining sababini tushuntiring. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish