70
● qo‘ldagi buyumlarni o‘ynab, qo‘llarni boshga tirab yoki
tirsak ni boshliqning stoliga qo‘yib o‘tirmaslik;
● gapga aralashib, kinoyalar, qochiriqlar gapirmaslik.
3.
Bo‘ysunuvchilar (kichiklar) bilan munosabatda quyidagi
odob-axloq qoidalariga rioya qilish lozim:
● boshliqlarni (kattalarni) hurmat qilish, ammo tilyog‘lamalik
va xushomadgo‘ylik qilmaslik;
● kamtar bo‘lish, ammo kelishuvchanlik qilmaslik;
● tashabbus ko‘rsatish, ammo o‘zboshimchalik qilmaslik;
● itoatkor bo‘lish, ammo qonunga zid buyruqlarni bajarmas-
lik;
● o‘z fikrini aytish, asoslash, biroq betgachoparlik qilmaslik.
Xizmat jamoasi xodimlarining rasmiy munosabatlarining axloqiy
asoslari. Xizmat jamoalari xodimlarining
rasmiy axloqiy muno-
sabatlari uch xil ko‘rinishda bo‘ladi.
1.
Kattalarning kichiklarga nisbatan rasmiy axloqiy munosabatlari.
Bunda katta-kichikka:
● buyruq beradi, tayinlaydi, ko‘rsatma beradi;
● talab qiladi, taklif etadi;
● o‘z oldiga chaqiradi, kelishini talab qiladi;
● ruxsat beradi, hujjat yoki takliflarni tasdiqlaydi;
● hujjatlar yoki xatlarni ijro uchun yuboradi.
2.
Xizmat mansablari va maxsus unvonlari teng bo‘lgan xodimlar-
ning o‘zaro rasmiy axloqiy munosabatlari.
Bunda teng-tengga:
● axborot beradi, ma’lum qiladi;
● ko‘rsatma yoki yordam berishni iltimos qiladi;
● so‘raydi,
taklif qiladi;
● qo‘shiladi, e’tiroz bildirmaydi;
● tegishli hujjatlarni yuboradi.
3.
Kichiklarning kattalarga nisbatan rasmiy axloqiy munosa-
batlari.
Bunda kichik kattaga:
● axborot beradi, rasmiy iltimos qiladi;
● ruxsat berishni yoki tavsiya qilishni so‘raydi;
● kelishini iltimos qiladi, borish uchun ruxsat so‘raydi;
● bajaradi va bu haqda axborot beradi;
● tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
71
Xodimlarning xizmat jamoalaridagi axloqiy-estetik va ruhiy
muhitni yaxshilashga xizmat qiluvchi
bir qator odob-axloq qoi-
dalari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Har bir xodim ishga o‘z vaqtida, kechikmasdan kelishi va ish
joyidagilar bilan ochiq chehra bilan salomlashishi zarur. Hatto
kayfiyati buzilgan bo‘lsa ham buni xizmatdoshlariga sezdirmas-
ligi, jig‘ibiyron bo‘lib o‘zgalarni ham bezovta qilmasligi kerak.
2. Ishxonada xizmatdoshlar bilan ovozni pasaytirib, xushmuo-
malalik bilan muloyim so‘zlashish, dag‘allikka yo‘l qo‘ymaslik,
o‘zgalarning suhbatiga aralashmaslik, so‘zlarini
xufiyona tin-
glamaslik, tasodifan eshitib qolgan so‘zlarni o‘zgalarga yetkaz-
maslik, qolaversa, sababsiz o‘zgalarning bajarayotgan ishlariga
aralashmaslik lozim.
3. Xizmatdoshlarning narsalari – qalam, ruchka, qog‘oz,
yelim, asbob-anjom, xizmat uchun zarur bo‘lgan texnika vosi-
talaridan ularning ruxsatisiz foydalanish odobdan emas. Faqat
so‘rab foydalanish kerak.
4. Maslahat so‘ragan xizmatdoshlarga iloji boricha to‘g‘ri
maslahat berish, bilganini sidqidildan o‘rgatish, tushunmagan
joylarini tushuntirib berish kerak. Xizmatdoshning ishdagi yoki
fe’l-atvori dagi kamchiligi uchun uning ustidan aslo kulmaslik,
masxaralamaslik lozim.
5. Har bir xodim har xil bekorchi ishlar bilan o‘zining ham,
qolaversa, boshqalarning
ham vaqtini zoye ketkazmasligi, «vaqt
– oltin, uni tejash kerak» degan o‘gitga amal qilishi zarur. Be-
rilgan va’da ustidan chiqish lozim.
6. Betob bo‘lib qolgan xizmatdoshning hol-ahvolidan xabar
olish, ulardan ko‘ngil so‘rash, kerak bo‘lsa yordam berish kerak.
7. Do‘stlar yoki xizmatdoshlar bilan albatta teatr, konsert,
kinoga va boshqa ko‘ngilochar joylarga borib turish, hordiq
chiqarish
ning faol usullaridan foydalanish kerak. Korxonada,
mahallada o‘tkaziladigan barcha umumiy tadbirlarda albatta
qatnashish, iloji bo‘lsa ularga bosh-qosh bo‘lib turish zarur.
8. Hamkasblarning yutuqlaridan quvonish kerak. Baxillik,
chaqimchilik,
hasad qilib emas, havas qilib yashash kerak.
«Kasb odobnomasi»da shaxsiy munosabatlaridan qat’i nazar,
xodimlarning xizmat jarayonidagi o‘zaro aloqalari Nizom va
72
qo‘llanmalarda belgilangan qoidalar asosida bo‘lishi shart. O‘z
hamkasblarini kamsitish, shaxsiy ishlariga aralashish va ular ha-
qida har xil mish-mishlar tarqatish man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: