Kasb odobi va xizmat



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/53
Sana30.07.2021
Hajmi0,51 Mb.
#133240
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
kasb odobi va xizmat korsatish madaniyati

Xizmat ko‘rsatish xodimlari mijozlar bilan  
muomala qilish madaniyati
1. Mijozlar xizmat ko‘rsatish xodimlariga murojaat qilgan-
da salomlashish qoidalariga to‘liq rioya qilmog‘i va maqsadini 
diqqat bilan eshitishi kerak.
2. Mijozlarning barcha savollariga, murojaatlariga xushmu-
omalalik bilan javob berish, ularga yordamlashishi, kerakli mas-
lahatlarni berishi zarur.
3. Xodimning mijozlar bilan muomala qilish chog‘ida:
– dimog‘dorlik, manmanlik, qo‘pollik qilishi;
– kinoyali, dag‘al tarzda gapirishi;
– mijozlarning injiqligiga, noroziligiga qo‘pol javob qaytarish 
qat’iyan taqiqlanadi.
4. Har bir xodim har qanday mijozning hurmat-izzatini 
o‘rniga qo‘yib gaplashishi shart.
5. Mijozlar xayrixoh va e’tiborli bo‘lishi kerak.


81
6. Buyurtmachilarning hojatini o‘z vaqtida chiqarish, pay-
salga solmaslik kerak.
7. Mijozlar yoki buyurtmachilar ko‘rsatilgan xizmat bo‘yicha 
shikoyatlar bilan kelsalar, ularga xushmuomalalik bilan javob be-
rish va tezda kamchiliklarni tuzatish chorasini ko‘rishi zarur.
Agar ishingiz baroridan kelishini, biznesingiz rivojlanishini, 
mijozlar faqat sizga murojaat qilishlarini istasangiz, telefonda 
so‘zlashayotganda quyidagi qoidalarga qat’iy amal qiling:
1. Odatda, ishga doir qo‘ng‘iroqlar ishxonaga qilinadi. Ammo 
vaziyat taqozosi bilan kimningdir uyiga telefon qilishga to‘g‘ri 
kelsa, avvalo uzr so‘rash, shundan so‘ng maqsadingizni qisqa 
bayon qilish lozim.
2. Ertalab soat 9 dan oldin yoki kech soat 22 dan keyin bi-
rovning uyiga qo‘ng‘iroq qilish eng oddiy etiket qoidalarini bu-
zish sanaladi.
3. Agar notanish odamga qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘lsangiz, 
albatta o‘zingizni tanishtirib, bu raqamni sizga kim berganini 
ayting.
4. Ish yuzasidan bo‘layotgan suhbat 3–5 daqiqadan ortiq da-
vom etmasligi kerak.
5. Qoida bo‘yicha, qo‘ng‘iroqni qabul qilayotgan shaxs o‘zini 
birinchi bo‘lib tanitmaslik huquqiga ega.
6. «Kim bilan gaplashayapman?» «Bu kim?» «Men qayer ga 
tushdim?» kabi so‘roqlar bilan gap boshlash odobsizlik sana-
ladi.
7. Agar qo‘ng‘iroqqa chaqirilgan kishi joyida bo‘lmasa, 
go‘shakni olgan odam kim telefon qilganini aniqlashtirib 
o‘tirmasligi kerak. «Kim so‘rayapti?» dan ko‘ra «Nima deb 
qo‘yay» degan so‘roq yaxshiroq.
8. Shunday iboralar borki, ishxona haqida yomon taassurot 
uyg‘otmaslik uchun ularni umuman qo‘llamaslik kerak.
Masalan:
«Bilmayman». Ishonchni o‘ldirishning bundan samaraliroq 
usuli yo‘q. Agar berilgan savolga javob topa olmasangiz «Ijozat 
bersangiz, aniqlashga urinib ko‘raman» deng. «Biz buni qila ol-
maymiz» javobidan mijoz, albatta boshqa joyga murojaat qiladi. 
«Siz majbursiz». Bunday deyish – katta xato. Mijoz hech nar-
saga majbur emas. Shu gapni yumshoqroq aytib ko‘ring: «Mana 


82
bunday yo‘l tutsangiz, siz uchun yaxshi bo‘lardi» yoki «Bunday 
qilganingiz ma’qul» tarzida.
«Yo‘q». Gapni shu so‘z bilan boshlasangiz, masala hal bo‘lishi 
qiyin kechadi. Telefonda so‘zlashganda tinglash qobiliyati juda 
muhim. 
Suhbat chog‘ida ovozingiz qancha past bo‘lsa, oladigan nati-
jangiz shuncha yuqori bo‘ladi. Ovozingizni nazorat qiling, bu 
muloqotni osonlashtiradi. Nafasni tez oladigan odam gapida 
ko‘p adashadi: uning diqqati fikrini aytib olishda bo‘lar ekan. 
Xotirjam nafas oladigan kishi esa e’tiborini gapirayotgan gapi-
ning mazmuniga qaratadi va shu bois deyarli xato qilmaydi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish