1-Kazus G’. Ismli fuqaro ichki Ichki ishlar xodimlariga murojaat qilib, bir hafta oldin opasi F. ning o’z uyida o’g’il farzand dunyoga keltirganini, so’ngra chaqaloqni sellofan xaltaga o’rab



Download 191,66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.04.2022
Hajmi191,66 Kb.
#565796
Bog'liq
349 (1)




1-Kazus 
G’. Ismli fuqaro ichki Ichki ishlar xodimlariga murojaat qilib, bir hafta oldin
opasi F.ning o’z uyida o’g’il farzand dunyoga keltirganini, so’ngra chaqaloqni 
sellofan xaltaga o’rab, hojatxona uchun qazilgan o’raga tashlab yuborganini 
ma’lum qilgan. Ichki ishlar idoralariga berilgan xabardan so’ng chaqaloqning 
jasadi olib chiqilgan. 
F.ning harakatlariga huquqiy baho bering. Mazkur jinoyat tarkibini 
batafsil muhokama qilgan holda muammoli masalaning to’g’ri yechimini 
yoriting. 



Ushbu muammoli vaziyatni tahlil qilish uchun avvalo muammoli vaziyatni 
to’liqligicha tushunib olmog’imiz lozim. Bu holatda bir fuqaro o’zining farzandini 
tug’ilgandan so’ng o’ldirish maqsadida sellofan xaltaga o’rab hojatxonaga tashlab 
yuborganligi tasvirlab berilgan bo’lib, bu yerda jinoyat kodeksining tegishli 
moddasiga binoan jinoyat amalga oshirgan. Fuqaro F. ning harakatlarini huquqiy 
tomondan baholash uchun O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksiga nazar 
tashlaymiz, ushbu kodeksning 99-moddasida onaning o’z chaqalog’ini o’ldirishi 
jinoyati keltirib o’tilgan bo’lib, unda ona o’z chaqalog’ini tug’ish vaqtida yoki 
tug’ilishi bilan o’ldrishi holati aytib o’tilgan. Bizning muammoli vaziyatimizda 
fuqaro F. ham chaqalog’ini tug’ilganidan so’ng o’ldirganligi holati tasvirlab 
berilgan.
Bu jinoyatni to’liqroq tavsiflab berish uchun keltirib o’tilgan moddaning 
sharxini ko’rib chiqishimiz lozim, sharxga asosan onaning o’z chaqalog’ini 
o’ldirishi jinoyati o’zining tarkibiy qismlariga ega bo’lib ularga ketma-ketlikda 
to’xtalib o’tamiz. Birinchidan ushbu jinoyatning obyektiga to’xtaladigan bo’lsak 
inson hayotiga qarshi qaratilgan jinoyatlar bo’lib, normal hayot kechirishga oid 
ijtimoiy munosabatlarning buzilishi obyekt sifatida qaraladi. Nima uchun inson 
hayotiga qarshi jinoyatlar deb atashimizning sababi ayrim adaiyotlarda aytilishicha 
ona qornidagi embrionning rivojlanishi bir necha oylik bo’lganidan so’ng, ya’ni 
chaqaloqdagi hayotiy belgilar paydo bo’lgandan keyin ushbu jinoyat belgisi paydo 
bo’ladi deb fikr bildirganlar, bu fikrga esa qo’shilmaslik holatining yuzaga kelishi 
aniq, chunki ushbu jinoyatning tavsifida ona chaqalog’ini tug’ayotgan vaqtida yoki 
tug’ilishi bilanoq deb aytib o’tilgan edi. Agar onaning qornidagi embrionda hayot 
belgilari paydo bo’lib, yuqorida aytganimizdek bir necha oy o’tgan bo’lsa hamda 
ona uni o’ldirshga harakat qilsa unda bu qilmish jinoyat kodeksining 99-moddasiga 
binoan kvalifikatsiya qilinmaydi, balki homilani tushurishga oid yoki sog’liqqa 
qarshi jinoyatlar doirasida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Jinoyatning obyektini 
tushuntirib beradigan olimlarning tushunchasi yuqorida aytib o’tganimizdek 



chaqaloq tanasining bir qismi chiqishi insonning hayotiga qarshi jinoyatlar 
doirasida ko’rib chiqilishiga asos bo’ladi.
Keyingi o’rindagi holat, ya’ni jinoyatning obyektiv tomoni ushbu 
jinoyatning harakat orqali amalga oshirilishidir. Jinoyatning obyektiy tomoni 
deganda uning harakat yoki harakatsizlik orqali amalga oshirilishi nazarda tutiladi. 
Muammoli holatimizning obyektiv tomonini harakat orqali deb aytishimizga sabab 
ona o’z chaqalog’ini sellofan xaltaga o’raganligi hamda hojatxonaga tashlab 
yuborganligidir, ko’rinib turibdiki bu holatning barchasi harakat orqali amalga 
oshiriladi, harakatsizlik orqali amalga oshirishning iloji yo’q.
Kazusimizning subyektiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, jinoyat kodeksiga 
ko’ra voyaga yetgan, aqli raso, jismoniy shaxslar ushbu jinoyatning subyekti 
sifatida qaralishi mumkin, voyaga yetgan deganda aynan 18 yoshga to’lgan shaxs 
bo’lishi lozim emas, ayrim hollarda qiz bolalar uchun turmush qurish yoshi 17 
yosh deb belgilanishi mumkin, bunda aynan shu hududdagi odatlar hamda 
hokimlar qarorlariga asoslangan holda belgilanishi mumkin. Fuqaro F. ham voyaga 
yetgan hamda aqli raso shaxs bo’lganligi uchun jinoyatning subyekti sifatida 
qarashimiz mumkin. Ana endi jinoyatning keyingi tarkibiy belgisi bu jiinoyatning 
subyektiv tomonidir, jinoyat kodeksiga binoan subyektiv tomon deganda 
jnoyatning qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilishi nazarda tutiladi. 
Muammoli vaziyatimizning subyektiv tomonini qasd orqali sodir etilgan deb 
aytishimiz aniq, chunki ehtiyotsizlik orqasida ona o’z chaqalog’ini sellofan haltaga 
solib qo’yishi hamda hojatxonaga tashlab yuborishi mumkin emas hamda ushbu 
normaning nomlanishida ham onaning o’z chaqalo’ini qasddan o’ldirishi deb aytib 
o’tilgan, shu sababdan ham bu qilmish qasddan sodir etilgan, balki ona farzandli 
bo’lishni hohlamay qolgan bo’lishi, turmush o’rtog’i bilan janjallashib qolganligi, 
turmush o’rtog’idan o’ch olishi yoki shu kabi turli sabablar bo’lishi mumkin, 
qasddan jinoyat sodir etishning sababini o’rganish tergov harakatlari orqali amalga 
oshirilganligi tufayli muammoli vaziyatimizda sabablarga to’xtalib o’tilmagan.



Ushbu jinoyatning tarkibiga to’liqligicha to’xtalib o’tgan holda muammoli 
vaziyatga to’g’ri yechim topishga harakat qilamiz. Ijtimoiy qilmish jinoyat 
kodeksining qaysidir normasiga binoan kvalifikatsiya qilinishi uchun aynan shu 
jinoyatning tarkibi bo’lishi lozimligi belgilab qo’yilgan. Misol uchun jinoyatning 
subyekti mavjud bo’lsaku (kazusimizda fuqaro F.) lekin uning obyekti yoki 
obyektiv tomoni mavjud bo’lmasa (kazusimizda ona o’z chaqalog’ini o’ldirishga 
harakat qilmasa) ushbu holat jinoyat deb hisoblanmaydi. Demak muammoli 
vaziyatimizdagi jinoyatning 4 ta tarkibi ham mavjudligi bois jinoyat kodeksining 
qaysidir normasi bilan kvalifikatsiya qilishimiz lozim. Yuqorida aytib 
o’tganimizdek ushbu holatga jinoyat kodeksining 99-moddasidan boshqa norma 
to’g’ri kelmasligi aniq, chunki aynan shu moddaning dispozitsiya qismi muammoli 
vaziyatimizning holati bilan bir xil.
Ushbu jinoyatning huquqiy asosi sifatida O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasini ham keltirib o’tishimiz mumkin. Konstitutsiyaning 24-moddasiga 
ko’ra yashash har bir insonning uzviy huquqi hisoblanadi, inson hayotiga suiqasd 
qilish eng og’ir jinoyat hisoblanishi aytib o’tilgan.
Yuqorida keltirib o’tgan ma’lumotlarimiz, tushuntirishlarimiz hamda 
konstitutsiyaga asoslangan holda xulosa berib vaziyatning yechimini aytib 
o’tadigan bo’lsak fuqaro F. ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi jinoyat 
kodeksining 99-moddasi sanksiyasiga binoan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish 
jazosini sud tomonidan berilishi to’g’ri bo’ladi deb o’ylaymiz, chunki ona o’z 
chaqalog’ini vaxshiylarcha sellofan xaltaga o’raganligi hamda hojatxonaga tashlab 
yuborganligi insonning shaxsiyatiga to’g’ri kelmaydi.

Download 191,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish