Ish aloqalarini tashkil etish. Rahbarning ortiqcha hamma-
bop bo‘lishi normal ish vaziyati yaratishga xizmat qilmaydi,
betakalluflikka olib keladi. Sizning xonangizga so‘roqsiz kirish
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar sonini imkon boricha cheklang.
Xonada kimdir bo‘lgan paytda (bunga ayniqsa qabul soatlarida
qat’iy rioya qilish zarur) unga kirish mumkin bo‘lmagan tartibni
tushuntirib bering. Siz bilan bevosita aloqa qilishi zarur bo‘lgan
barcha shaxslar aniq tayinlangan tashrif vaqtlariga kelishlari va
uning o‘z vaqtida amalga oshishiga ishongan bo‘lishlari maqsad-
ga muvofiqdir. Har qanday xodim yetarlicha qisqa muddatda
va eng soddalashgan tartibda sizning qabulingizga kira olishi
mumkin bo‘lgan tartibni ushlang.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |