Kasb odobi va xizmat


Shartnoma va kontraktlar haqida ma’lumot hamda ularni



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/53
Sana30.07.2021
Hajmi0,51 Mb.
#133240
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
Bog'liq
kasb odobi va xizmat korsatish madaniyati

2.3. Shartnoma va kontraktlar haqida ma’lumot hamda ularni  
tuzish asoslari
Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarini bel-
gilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlarga 
shartnoma (yoki bitimlar) deyiladi. Shartnoma ikki yoki undan 


33
ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgi-
lash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuvidir. Boshqa-
cha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosa-
batlar o‘rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va bu 
munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir.
Shartnoma davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasa-
lar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Shart-
noma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar 
o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hol-
larda mehnat bitimi deb ataladi.
Shartnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil ko‘rinishga 
ega: mahsulot yetkazib berish haqida, qishloq xo‘jalik mahsulot-
larini davlat yo‘li bilan xarid qilish haqida, mulkiy (moddiy) javob-
garlik haqida, bino va inshootlar qurilishi haqida, turar joy ijarasi 
haqida, uy-joy yoki transport vositalarining oldi-sotdisi, hadya 
qi lish, almashtirish, mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish haqida 
va boshqalar. Muassasalar o‘rtasida keng tarqalgan shartnoma 
turlariga mol (tovar) yetkazib berish, pudrat, imoratlar ijarasi, 
asbob-uskunalarni o‘rnatish haqidagi shartnomalarni ko‘rsatish  
mumkin.
Har qanday shartnoma o‘z mazmuni va shakliga ko‘ra qonun-
ga muvofiq bo‘lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi Shartnoma-
ning qonuniy kuchini yo‘qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan 
yoki tuzishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka 
olib keladi.
Shartnomalar og‘zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial 
idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo‘lishi mumkin. 
Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, imoratlarning oldi-
sotdi shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. 
Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo‘llanadi.
Shartnoma muassasalarga tegishli bo‘lganda, tomonlar im-
zolangunga qadar unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya 
maslahatchisining rozilik belgisi (vizasi) bo‘lishi maqsadga mu-
vofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari 
bo‘yicha ke lishib olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan 
keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikning asosiy shakli 
shartnoma asosida mayda va yirik korxonalar orasidagi aloqalar 


34
hisoblanadi. Bunga yirik korxonalar mayda korxonalarni uzoq 
muddatli shartnomalar asosida zaruriy manbalar bilan ta’minlab 
turishi misol bo‘la oladi. Hamkorlar orasida tuziladigan qonuniy 
hujjat – shartnoma hisoblanadi. 
Shartnomaga ko‘ra ishlab chiqaruvchi bir tomondan, o‘z to-
varini (mahsulotlarini) belgilangan miqdorda, sifatda, assorti-
mentda va muddatlarda yetishtirib berish majburiyatlarini olsa, 
ikkinchi tomondan buyurtmachi yoki iste’molchi esa uni qabul 
qilib olish, qiymatini belgilangan va kelishilgan narxlarda to‘lash 
majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish