Kasb odobi va xizmat


-BO‘LIM. KASBIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/53
Sana30.07.2021
Hajmi0,51 Mb.
#133240
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
Bog'liq
kasb odobi va xizmat korsatish madaniyati

3-BO‘LIM. KASBIY MUNOSABATLAR PSIXOLOGIYASI
3.1. Guruh va jamoa shakllanishining psixologik tomonlari va 
ishchilarning motivlarini kuchaytiruvchi omillar
Bugungi kunda ishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan korxo-
na rahbarlarining mahoratiga va rahbar boshchiligida guruh 
va jamoalar 
ning shakllanganlik darajasiga bog‘liq. Rahbarlar 
o‘zlarining qo‘l ostidagilarini (bo‘ysunuvchilar) xolisona va har 
tomonlama, ya’ni kasbiy hamda shaxsiy fazilatlarini, iqtisodiy 
foydaliligini va boshqa ko‘pgina munosib tomonlarini baholashda 
ilmiy yondashadi.
Hali hamma tajribali rahbarlar ham bunday mahoratga ega 
emas. Jamoa rahbari ijtimoiy psixologik muhitga o‘zining shax-
siy fazilatlari va ish usuli orqali katta ta’sir ko‘rsatadi.
Yuzma-yuz suhbatlashish va nazorat qilish, shuningdek, adabi-
yotlardan keltirilgan ilmiy faktlar ko‘rsatadiki, jamoa a’zosi quyi-
dagi shart-sharoitlar yaratilgan taqdirdagina rahbarning ishidan 
qoniqadi:
1. Rahbarning ishchilarga xayrixohlik va hurmat ruhidagi 
munosabati.
2. Insonga o‘sha yerda ishlash va nimaga iste’dod, qiziqish his 
etgan bo‘lsa, o‘shani amalga oshirishga imkoniyat yaratib berish.
3. Har bir inson bajarayotgan ishining e’tiborga olinishiga va 
taqdirlanishiga umid qilish. 
4. Ishchi umummadaniy farovonlikning va o‘z kasbiy 
mahorati ning o‘sishidan manfaatdorligi.
5. Har bir vijdonli xizmatchi yuqori mansabga ko‘tarilishiga 
umid qiladi, bu faqat uning iqtisodiy ahvoli bilan bog‘liq emas, 
balki jamoada nufuzga ega bo‘ladi va nihoyat o‘z-o‘zini hurmat 
qiladi.
6. Ishchi o‘zining rahbarini obro‘li, yuqori malakali, qat’iy va 
xolis, jamoaning haqiqiy murabbiyi sifatida ko‘rishni xohlaydi. 
Guruh va jamoa shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarga quyi-
dagilarni kiritish mumkin, ya’ni bunda rahbar faoliyati asosiy 
rolni o‘ynaydi:
– aniq bir sohada rahbarning tashkilotchilik faoliyati, kasbiy 
omilkorligi, chuqur bilim va tajribaga egaligi;


53
– murakkab vaziyatlarda rejalashtirishni ijobiy hal qilish, yaqin 
va kelgusidagi maqsadlarni tuzish va ularni muvaffaqiyatli amalga 
oshirishning samarali vositalarini topish qobiliyatiga egaligi;
– qaror qabul qilishda rahbarning aql-zakovati, yetukliligi, 
idrok qilish qobiliyati, fikrlashi, xotirasi, e’tibor va tasavvurining 
asosiy rol o‘ynashi;
– murakkab vaziyatlarda jamoada epchillik va iste’dod 
namoyon qilishi, zarur bo‘lganda rahbariyat oldida o‘z fikrini 
yoki jamoa a’zolari nuqtayi nazarini himoya qila olishi;
– guruh va jamoa a’zolarining gaplarini tezda tushunishi, 
ular aytayotgan fikrning asosini anglay olishi, agar kerak bo‘lsa 
qisqa, tushunarli, chegaradan chiqmasdan e’tiroz bildirishi;
– har qanday sharoitda buyruqni amalga oshirishi va jamoa 
a’zolarining ham bunga e’tiborli bo‘lishlarini nazorat qilishi;
– harakatning har qanday sharoitida rahbardan pedagogik 
odob, tadbirkorlik, jamoa a’zolaridan har bir shaxsning o‘ziga 
xosligini hisobga olib, o‘z talabchanligini ifoda eta olishi, ammo 
shu bilan birga qiyin vaziyatlarda u prinsipli, qat’iy, mustahkam 
xarakterli ekanligini ko‘rsata olishi;
– guruh va jamoa a’zolarining fikrlash qobiliyatlarining rah-
bar tomonidan rag‘batlantirib turilishi;
– rahbarning guruh va jamoa a’zolarini ishga qiziqtira olishi, 
talab yuqori bo‘lgan hollarda ishning eng qiyin qismida shaxsan 
namuna ko‘rsatishi;
– alohida qiyinchiliklar tug‘ilganda rahbardan tarbiyaning 
eng oliy insoniy tamoyillarini insonning yaxshi tomonlarini 
ko‘ra olishi jamoada xatti-harakati muhokama qilinayotgan, 
orqada qolayotgan o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlay olishi, uni o‘ziga 
ishonch tug‘dirish qobiliyatini namoyon qilishi. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish