Kasb odobi va xizmat


Ishchi-xodimlar mehnatini tashkil etishning xususiyatlari



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/53
Sana30.07.2021
Hajmi0,51 Mb.
#133240
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
Bog'liq
kasb odobi va xizmat korsatish madaniyati

2.4. Ishchi-xodimlar mehnatini tashkil etishning xususiyatlari
Har bir davlatda ishchi-xodimlarning mehnatini tashkil 
etish va ularga berilgan shart-sharoitlar haqida qonunlar 
mav jud. Ular ga ko‘ra, masalan, har bir ishchi-xodimlarning ish 
kuni, ijtimoiy muhofazasi, ish o‘rnida sanitariya normalari va 
texnika xavfsizligi qoidalari belgilanadi.


39
Ishchi-xodimning samarali ish bajarishi uchun qo‘yiladigan 
quyidagi talablar ular bajaradigan mehnatining samarali 
bo‘lishini aniqlaydi:
● Bilim darajasi;
● Jismoniy jihatlari;
● Tajribaga egaligi;
● Tirishqoqligi;
● Qiziqishi;
● Xarakterli belgilari (chaqqonlik, mustaqillik va boshqalar).
Kadrlar bo‘limi gazeta va jurnallarga axborot berishlari, tan-
lovlar e’lon qilishi yoki oddiy yo‘l bilan ishchilarni ishga olishlari 
mumkin. Bo‘lajak ishchi-xodimlarni ishga olishda u bilan suh-
bat, imtihon, tekshiruvlar o‘tkaziladi. Ular ichida ayniqsa suhbat 
ko‘p qo‘llaniladi. Bo‘lg‘usi ishchi-xodimlarning o‘z maqsadiga 
erishishi uchun unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, savol-
larni o‘ylab chiqishlari zarur.
Servis sohasi elektron texnikasi buyumlari korxonalarining 
asosiy vazifalari mamlakatning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, 
jamiyatning moddiy ehtiyojini o‘z mehnatlari va mahsulotlari bi-
lan qondirish, korxonaga tushgan foyda asosida mehnat jamoa-
sini iqtisodiy jihatdan ta’minlashdan iborat.
Mulkchilik shakli jihati bo‘yicha korxonalar quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 
Shaxs mulkchiligi asosida: shaxsiy, oilaviy.
Jamoa mulkchiligi asosida: jamoa miqyosida (kooperativ ish-
lab chiqarish, aksioner shakli asosida tashkil etilgan korxona, 
jamoa tashkilotlari asosidagi korxonalar va boshqalar).
Davlat mulkchiligi ixtiyoridagi: respublika miqyosida (mahal-
liy, avtonom respublikalar va boshqalar).
Bundan tashqari korxonalar ijaraga ham berilishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni davrida iqtisodiy islohot-
larni chuqurlashtirish sharoitida korxonalar huquqini himoyalash 
maqsadida tashkilotlar uyushmalarga, xo‘jalik assotsiatsiyalariga, 
konsernlar va boshqa birlashmalardan tashkil topishi mumkin.
Bu birlashmalar demokratik boshqaruv asosida korxona va 
xo‘jaliklarning o‘zaro manfaatdorligini rivojlantirish, aholi mod-
diy ehtiyojini ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish vazifalarini 
o‘z ichiga oladi.


40
Korxona faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan ibo-
rat:
● to‘liq xo‘jalik hisobida;
● o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash;
● o‘z-o‘zini boshqarish asosida tuziladi.
Korxona o‘zining mustaqilligini saqlagan holda yuridik shaxs 
bo‘lishi mumkin va bitimga mos ravishda birlashmalar bilan 
o‘zaro hamkor bo‘ladi.
O‘zbekistonda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish uchun respub-
lika, viloyat va avtonom respublikalar miqyosida ham tashkil etil-
gan.
O‘zbekistonda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tarkibiga av-
tonom respublikadagi maishiy xizmat ko‘rsatish birlashmalari, 
viloyat, mahalliy-davlat kooperativ tashkilotlar, birlashmalar, 
maishiy xizmat turlari assossiatsiyalari, aksionerlik jamiyatlari, 
kooperatorlar uyushmasi, kichik va o‘rta korxonalar, aholiga 
maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yakka tartibdagi mehnat 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uyushmasi kiradi.
Xizmat ko‘rsatish turiga qarab ishlab chiqarish korxonalari, 
shahar ishlab chiqarish tarmoqlari, viloyatlardagi maishiy xizmat 
uylari, markaziy davlat kooperativ korxonalari, tuman, shahar, ish-
lab chiqarish korxonalar birlashmalari, kooperativ uyushmalari, ki-
chik va o‘rta korxonalar, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan 
shug‘ullanuvchi shaxslar, maishiy xizmat ko‘rsatish uyushmalari 
xo‘jalik hisobidagi shartnoma asosida ish yuritish xususiyatiga ega.
Ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi, turli mahsulotlarni 
ishlab chiqaruvchi korxonalar va ko‘p tarmoqli maishiy xizmat 
turi bilan shug‘ullanuvchi birlashmalar ixtisoslashgan korxona-
larga birlashadilar. Bu birlashmalar davlat korxonalari va koope-
rativlar bo‘lishi mumkin.
Joylashish o‘rniga qarab shahar, tuman, viloyat, respublika 
birlashmalari bo‘lishi mumkin. Hozirgi davrda aholini ish bilan 
ta’minlash maqsadida tashkilot turlarini izchil rivojlantirishga 
qaratilgan.
 Jahon tajribasida xizmat sohasi tarmoqlarini tasniflashti-
rishni ishlab chiqarish texnik va funksional yondashishlarning 
bir-biriga qo‘shish asosida o‘tkazish qabul qilingan.


41
Ishlab chiqarish yondoshishi xizmatlar sohasidagi tarmoq 
yo‘nalishlarining ishlab chiqarish texnik va texnologik umumiy-
ligi tamoyillaridan kelib chiqadi. Funksional yondashish turli xil 
ko‘rinishli yo‘nalishlarni amalga oshiradi. Ushbu yo‘nalishlar 
jumlasiga ishlab chiqarishga, jamiyatga, uy xo‘jaligiga xizmat 
ko‘rsatish, shaxsga xizmat ko‘rsatishgacha taqsimlash, saqlash, 
resurslar va tovarlar bilan ta’minlash funksiyalari kiradi. Ushbu 
tamoyilga ko‘ra xizmatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
● savdo xizmatlari;
● oziq-ovqat bilan ta’minlash va yashash bo‘yicha xizmatlar 
(mehmonxonalar, ommaviy ovqatlanish korxonalari va hokazolar);
● transport xizmatlari;
● aloqa xizmatlari va axborot xizmat ko‘rsatilishi;
● ta’minot, tayyorlov va moddiy-texnik resurslarni saqlash 
bo‘yicha xizmatlar;
● bozorning harakat qilishini (kredit, moliya va sug‘urta, 
ko‘chmas mulk bo‘yicha oldi-sotdilar va boshqalar) ta’minlash 
bo‘yicha xizmatlar;
● ta’lim, madaniyat va san’at xizmatlari;
● fan va fan xizmatlari;
● sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sportni qo‘shgan hol-
dagi xizmatlar;
● uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar (uy 
xo‘jaligini saqlash va ta’mirlash, ishlab chiqarish, maishiy va 
kommunal xizmatlar);
● shaxsiy tavsifdagi xizmatlar (non ishlab chiqarish, maishiy 
xizmatlar, sartaroshxonalar, fotoatelye, oyoq kiyimini ta’mirlash 
va hokazolar);
● davlat boshqaruvi xizmatlari.
Hozirgi kunda iqtisodiy adabiyotda va klassifikatorlarda turli 
yangi mezonlar va ularga taalluqli ravishda xizmatlarning turli 
xil tasniflanishi taklif etilmoqda. Jumladan, quyidagi xizmatlar 
tasnif lari: moddiy darajasi bo‘yicha insonlarning shaxsiy aloqalari 
darajasi, xizmatlar mehnat sig‘imi, xizmat sohasida ijtimoiy va 
shaxsiy bog‘lanishlar nisbati bo‘yicha. Har bir tasniflashtirish 
tarmoqni ma’lum maqsadda o‘rganishga mo‘ljallangan.
Xizmatlardagi farq ularning tasnifi, maqsadli belgilanishi, 
taqdim etish shakllari va haq to‘lash usulidan kelib chiqadi.


42
Tasnifi bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar aniq ifodalangan 
tarmoq yo‘nalishiga egadir:
● maishiy mashinalar va asbob-uskunalarni ta’mirlash, yangi 
mahsulotni ishlab chiqarish;
● qishloq xo‘jaligi, gigiyenik tavsifdagi xizmatlar;
● transport, savdo, axborot, ijaraga berish xizmatlari;
● qurilish, uylarni ta’mirlash, badiiy ishlar va xalq ijodi mah-
sulotlarini ishlab chiqarish;
● ta’lim, tibbiy va boshqalar.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish