TARJIMAYI HOL
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati ha-
qida bayon qilingan yozuv. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega
emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif to-
monidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy)
tuzilsada, biroq tarjimayi holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol).
28
2. Matn:
a) muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;
b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
d) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va
ota ismi, ish joyi);
e) ma’lumoti va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi;
f) ish faoliyatining turlari;
g) oxirgi ish joyi va lavozimi;
h) mukofot va rag‘batlantirishlar;
i) jamoat ishlarida ishtiroki;
j) partiyaviyligi;
k) oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
l) turar joyi (uy manzili).
3. Sana.
4. Imzo.
Tarjimayi hol oddiy qog‘ozga, ayrim hollarda, ya’ni ishga,
o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi.
Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs
tilidan yoziladi.
TARJIMAYI HOL
Men, Salimov Karim Olimovich, 1985-yil 15-sentabrda Tosh-
kent shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam – Salimov
Olim Oripovich Toshkent pedagogika bilim yurtida o‘qituvchi,
onam – Rahimova Gulnora Azimovna 122-bolalar bog‘chasida
bosh tarbiyachi bo‘lib ishlaydilar.
1992-yildan 2000-yilgacha Toshkent shahridagi 1-o‘rta mak-
tabda so‘ngra Toshkent politexnika kollejida o‘qidim. 2003-yilda
Toshkent Politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga
kirdim. 2003–2004-yillarda O‘zbekiston Res
publikasi qurolli
kuchlari safida haqiqiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni da-
vom ettirdim va 2008-yilda shu institutni imtiyozli diplom bi-
lan tugatib, quruvchi-muhandis mutaxassisligiga ega bo‘ldim.
Institutni tugatgach yo‘llanma bilan Toshkentdagi 166-qurilish
trestining 94-mexanizatsiyalashgan ko‘chma korxonasiga ishga
yuborildim. Dastlab muhandis lavozi mida, 2010-yildan buyon
bosh muhandis lavozimida ishlayapman.
29
2011-yilda rejadagi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarganimiz
va erishilgan natijalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish
vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandim.
Bir necha jamoat ishlarida ham qatnashaman, jumladan,
166-qurilish tresti hamda shahar xalq nazorati komitetining
a’zosiman.
Uylanganman. Xotinim – Rasulova Muhabbat, 1988-yil-
da tug‘ilgan. 2-shahar kasalxonasida hamshira bo‘lib ishlaydi.
O‘g‘lim – Salimov Nodir, 2009-yilda, qi zim – Salimova Lola,
2011-yilda tug‘ilgan, ular 520-bolalar bog‘chasiga qatnaydi.
Mening turar joyim: 700210, Toshkent, Usmon Nosir ko‘chasi.
5-uy, 27-xonadon. tel.: 72-28-61.
2013.14. 01.
K. Salimov
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi.
Tarjimayi hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan ki-
shi muallifning hayot yo‘li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy
faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lsin.
TILXAT
Ma’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul, hujjat, qim-
matbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tas-
diqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmat-
baho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tilxat).
2. Matn:
a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va
otasi ning ismi;
b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi
shaxs ning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi (zaruriyat
bo‘lganda muassasa nomi);
d) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va
ular ning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi);
30
f) olinayotgan buyumning texnikaviy holati (agar u mashina,
apparatlar va h.k. bo‘lsa).
3. Tilxat berilgan sana.
4. Tilxat muallifining imzosi. Olinadigan pul miqdori
yoki bu yumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan
ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart.
Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi
yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bun-
day hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin.
TILXAT
Men, Toshkent davlat madaniyat institutining xo‘jalik ish-
lari bo‘limining mudiri Bahodir Olimov Toshkent musiqa as-
boblari kor
xonasining tayyor buyumlar ombori mudiri Erkin
Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy
bahosi 1800 (bir ming sakkiz yuz) so‘m bo‘lgan 100 (yuz) dona
rubobni qabul qilib oldim.
2010.12.08.
(imzo)
B. N. Olimov
Ba’zan tilxatda guvohlar ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda
guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |