Kasb odobi va xizmat



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/53
Sana30.07.2021
Hajmi0,51 Mb.
#133240
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
Bog'liq
kasb odobi va xizmat korsatish madaniyati

TAVSIFNOMA
Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shu ning-
dek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy 
hujjat.
Tavsifnoma muassasa ma’muriyati tomonidan o‘z xodimiga 
bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy 
mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, la-
vozimga tayinlashda va boshqalarda) beriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, 
 
uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar: ismi, 
ota sining ismi va familiyasi; tug‘ilgan yili; millati; partiyaviyligi; 
ma’lumoti; lavozimi; ilmiy darajasi va unvoni (agar ular mavjud 
bo‘lsa).
2. Hujjat nomi (Tavsifnoma).
3. Matn.
4. Imzolar.
5. Sana va muhr.


26
Tavsifnoma matnini o‘zaro mantiqan bog‘langan uch tarkibiy 
qismga ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risida, ya’ni  
uning mutaxassisligi, aynan shu korxona yoki tashkilotda 
qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi 
o‘zgarishlar va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.
Ikkinchi qismda uning shaxsiy tavsifi, ya’ni ishga munosa-
bati, mutaxassislik bo‘yicha mahorati, siyosiy va iqtisodiy bilim-
larini oshi rishi, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-
atvori, hatto ba’zida siyrati, ishdagi o‘rtoqlariga munosabati, 
xodim ning qanday hukumat mukofotlariga sazovor bo‘lganligi 
va boshqa asosiy rag‘batlantirishlar, berilgan ma’muriy jazolar 
qayd etiladi.
Uchinchi qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi 
va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotgan-
ligi ko‘rsatiladi.
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Tav-
sifnomaga qoidaga ko‘ra uch shaxs – muassasa boshlig‘i, bo‘lim 
yoki kafedra mudiri, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo 
chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish