«Bas, (ey Muhammad alayhissalom), siz va siz bilan birga tavba qilgan zotlar
o‘zingizga buyurilgani yanglig‘ to‘g‘ri yo‘lda bo‘lingiz» (Hud surasi, 112-oyat),
degan so‘zi uchun», dedilar.
To‘g‘ri yo‘lda turish g‘oyat nozik ish. Lekin inson, garchi uning haqiqatiga qodir bo‘lmasa
ham, to‘g‘rilikka yaqin bo‘lishga tirishmog‘i lozim bo‘ladi. Najot topishni xohlagan har bir
kishi unga faqat solih amal bilangina erishadi. Solih amallar esa faqat chiroyli
xulqlardangina sodir bo‘ladi. Har bir banda o‘z sifatlarini va xulqlarini taftishdan
o‘tkazsin. Uni hisob-kitob qilsin va tartib bilan bitta-bittadan davolash bilan
shug‘ullansin. Karim sifatli Allohdan bizni taqvodorlardan qilishini so‘raymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |