«Alloh kimni hidoyat qilishni istasa, uning ko‘nglini Islom uchun keng qilib
qo‘yar. Kimni adashtirishni istasa, uning ko‘nglini xuddi osmonga ko‘tarilib
ketayotgandek tor va tang qilib qo‘yar» (An’om surasi, 125-oyat).
«Agar sizlarga Alloh yor bo‘lsa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas. Va agar U
Zot sizlarni yordamsiz qo‘ysa, Undan so‘ng hech bir zot sizlarga yordamchi
bo‘lmas» (Oli-Imron surasi, 160-oyat).
Hidoyat qiluvchi ham, adashtiruvchi ham Allohdir, U xohlagan narsasini qiladi, iroda
etgan narsasi bilan hukm qiladi, Uning hukmini qaytaruvchi ham, Uning qazosini orqaga
suruvchi ham yo‘qdir. Jannat va uning ahlini yaratib, ularni toat bilan amal qildirib
qo‘ydi. Do‘zax va uning ahlini yaratib, ularni gunohlar bilan amal qildirib qo‘ydi. Xalqqa
jannat ahlining ham, do‘zax ahlining ham alomatlarini bildirib qo‘ydi. Alloh taolo
kalomida aytdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |