Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


NAFSNI TARBIYALASH, AXLOQNI TUZATISH VA QALB KASALLIKLARINI



Download 458,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/182
Sana29.07.2021
Hajmi458,82 Kb.
#132329
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   182
Bog'liq
Imom G'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

NAFSNI TARBIYALASH, AXLOQNI TUZATISH VA QALB KASALLIKLARINI 
DAVOLASH HAQIDAGI MUHLIKOT QISMIDAN 
 
IKKINCHI KITOB 
 
Ishlarni o‘z tadbiri bilan tasarruf etib turgan, maxluqotning jismini to‘g‘ri, suratini 
chiroyli qilgan, inson suratini ham chiroyli shakl va o‘lchamda ziynatlab qo‘ygan, uning 
shakli va o‘lchami borasida ziyoda va nuqsonli bo‘lishidan saqlagan, xulqlarni chiroyli 
qilishni bandaning ijtihodi va harakatiga topshirib qo‘ygan, yana bandani qo‘rqitish va 
ogohlantirish bilan xulqlarini tuzatishga undagan, O’z tavfiqi va osonlashtirishi bilan xos 
bandalariga xulqlarini tuzatishni yengil qilgan, ularni mushkul va mashaqqatli narsalarni 
yengil qilish bilan taqdirlagan Zotga hamdlar bo‘lsin! 
 
A’zolarining har bir chizig‘idan payg‘ambarlik nurlari zohir bo‘lib turadigan, xislatlaridan 
va ko‘rinishlaridan Haqning haqiqati aks etib turadigan, Allohning bandasi, Uning 
payg‘ambari, habibi va tanlab olgani, Uning xursandlik xabarini beruvchisi va 
qo‘rqituvchisi bo‘lgan Muhammad alayhissalomga hamda Islom yuzini kufr zulmati va 
qorong‘iligidan poklagan, botilning vositalarini yanchib tashlab, uning ozi yoki ko‘pi bilan 
o‘zlarini kir qilmagan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oilalariga va ashoblariga 
salovotlar bo‘lsin. 
 
Hamdu sanodan so‘ng so‘z boshlab aytamizki, chiroyli xulq payg‘ambarlar sayyidining 
sifatidir va siddiqlarning eng afzal amalidir. Darhaqiqat, chiroyli xulq dinning yarmi, 
obidlarning riyozatlari natijasi va taqvodorlarning sa’y-harakatlari samarasidir. 
 
Yomon xulqlar esa zahri qotil, shubhasiz halok qiluvchi, sharmandalikka boshlovchi, 
ochiq-oydin bemaza qiliqlar bo‘lib, olamlarning Robbiga yaqin bo‘lishdan 
uzoqlashtiruvchi va sohibini shaytonlar yo‘lida xizmatga kirgizib qo‘yuvchidir. Yana u 
Alloh taoloning yuraklargacha yetib boradigan tarzda yoqib qo‘yilgan do‘zaxiga ochilgan 
eshiklardir. Chiroyli xulqlar esa qalbdan jannat ne’matlariga va Rahmonga yaqin bo‘lish 
sari ochib qo‘yilgan eshiklardir. 
 
Xunuk xulqlar qalblarning xastaligi, nafslarning kasalligidir. Albatta u abadiy hayotni yo‘q 
qiladigan kasallikdir. Buning oldida jism hayotining o‘zigagina ta’sir qiladigan kasallik 
hech narsa bo‘lmay qoladi. Tabiblar qanday bo‘lsa ham, badanlarni davolash qoidalarini 
aniqlash bilan shug‘ullanishga qattiq kirishishgan. Holbuki, badan kasalligida faqat foniy 
hayotni yo‘qotish bo‘ladi, xolos. Kasalligida boqiy hayotni yo‘qotadigan qalb kasalliklarini 
muolaja qilish qoidalarini aniqlash bilan shug‘ullanish afzalroqdir. Tabobatning bu xilini 
o‘rganish har bir aql egasiga vojibdir. 
 
Zero, biron-bir qalb kasalliklardan xoli emas. Agar e’tiborsizlik qilinsa, kasalliklar 
orqama-orqa kelib qalbga to‘planadi va namoyon bo‘ladi. Demak, banda qalb 
kasalliklarini va ularning sabablarini bilishda hushyor bo‘lishi, so‘ngra uni davolab 
tuzatishga harakat qilishi lozim. Uni davolash esa Alloh taoloning mana bu oyatidagi 
kalomidan bo‘lgan muroddir: 
 

Download 458,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish