Urush yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti



Download 15,28 Kb.
Sana18.01.2017
Hajmi15,28 Kb.
#594

Aim.Uz

Urush yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti.

Albatta bu tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritishda qishloq mehnatkashlari bilan bir qatorda respublikamiz fan, adabiyot, san’at, maorif ahlining ham hissasi katta bo‘ldi.

Urush boshlanganch uning dastlabki kunlaridanoq respublikamizga Sovet Ittifoqining g‘arbiy mintaqalaridan qator ilmiy muassasalar ilm fan arboblari, labaratoriyalar evakuatsiya qilindi. O‘zbekistonga 22 ta ilmiy tekshirish institutlari, 16 ta Oliy o‘quv yurtlari, 2 ta kutubxona keltirilgan edi. Bular jumlasiga SSSR fanlar akademiyasining Sharqshunoslik, tarix, jahon adabiyoti va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari kirar edi. Respublikaga evakuatsiya qilingan olimlar ichida SSSR fanlar akademiyasi akademiklari va muxbir a’zolari B.V.Struve, V,D.Grekov, G.O.Graftio, I.A.Kablukov, N.A.Shatalin, V.P.Filatov, Ye.E.Bertels, A.Yu.Yakubovskiy prfessorlar N.I.Anichkov, N.Vishnevskiy va boshqalar bor edi.

Bu olimlar respublikamizning olimlari bilan birgalikda o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlarini harbiy sharoit manfaatdlaridan kelib chiqqan holda olib bordilar.

Urush yillarida respublika olimlari, fani oldiga front tomonidan quyilgan ilmiy izlanishlarni amalga oshirishda 1943 yilning sentyabrida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining tashkil etganligi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Tashkil etilgandan 1 yil keyin ya’ni 1944 yilda respublika fanining shtabi rolini uynagan bu dargohga 22 ta ilmiy muassasalar kirgan bo‘lib, bularning barchasida katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borilardi. Urush yillarida respublikada oliy va o‘rta ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Natijada yangidan bir nechta oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tashkil etilib, ularda xalq xo‘jaligining turli sohalariga mutaxssis kadrlar yetkazib berish ko‘paytirildi. Masalan urush sababli 1941 yilda yopib qo‘yilgan Samarqand Davlat Universiteti 1944 yilda o‘z faoliyatini boshladi. Namangan, Marg‘ilon shaharlarida o‘qituvchilar institutlari, Toshkentda teatr, Chimboy va Urgenchda pedagogika institutlari faoliyat ko‘rsata boshladi. Mavjud Universitet va Institutlarda yangi fakultetlar tashkil qilindi.

1943 yilda respublikada 41 ta oliy, 50 ta O‘rta maxsus o‘quv yurtlari bor edi. Bular tomonidan urush yillarida xalq xo‘jaligiga 20 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislar yetkazib berildi.

Urush yillarida respublikada ilmiy kadrlarni tayyorlashda ham katta ahamiyat berildi. Bu yillarda respublikamiz fanining yetakchilari bo‘lmish professorlar T.N.Qori Niyozov, T.A.Sarimsoqov, T.N.Abdullayev, Ya.G‘ulomov va boshqa o‘nlab olimlar yashab faoliyat ko‘rsatdilar.

Olimlarimiz bilan bir qatorda urush yillarida adabiyot va san’at vakillari o‘zlarining jo‘shqin ijodlari, ajoyib asarlari bian g‘alabaga hissa qo‘shdilar.

Bu o‘rinda Oybekning «Qutlug‘ qon» romanini, X.Olijonning «O‘lim bosqinchilarga», «Jangchi Tursun», G‘.G‘ulomning «Men yahudiyman» va boshqa yuzlab asarlarni ko‘rsatish mumkin.

O‘zbekiston kompozitorlari ham bu og‘ir yilarda chetda turmadilar. Ular ham 1943 yildayoq 400 ga yaqin mudofaa «vatanparvarlik» qo‘shiqlarini yaratdilar.

Ayniqsa respublikamiz san’atkorlarining urush yillaridagi faoliyati tahsinga sazovordir. Ular turli janrlar bo‘yicha ixtisoslashtrilgan 30 konsert brigadasini tuzib, bular kuchi bilan 1942-44 yillarda harakatdagi jangchilar uchun 15 ming marta, jumhuriyatimizda tashkil etilgan gospital va kasalxonalarda davolanayotgan jangchilar uchun 15 ming marta konsert qo‘yib berdilar. Bu konsertlarda xalqimizning ardoqli san’at arboblari H.Nosirova, O.Xo‘jayev, R.Hamrayev, S.Eshonto‘rayeva, M.Turg‘unboyeva, Tamaraxonim, Sh.Burhonov, K.Ismoilova, S.Xo‘jayev va boshqalar faol ishtirok etdilar.

Urushda qozonilgan g‘alabada O‘zbekiston kino san’ati xodimlarining ham haqli ravishda hissalari bor. Bu borada K.Yormatov, N.G‘aniyev, Sobitov, Y.A’zamov va boshqa kino san’ati ustalari ijodlarining ahamiyati kattadir. Ular tomonidan yaratilgan «Nasriddin Buxoroda», «Tohir Zuhra», va boshqa kino asarlarining ahamiyati beqiyosdir.

Qozonilgan g‘alabada urush yillarida ommaning g‘oyaviy –siyosiy jihatdan tarbiyalashda, ularda yuksak «vatanparvarlik» tuyg‘ularini shakllantirishda o‘z sahifalarida chop etilgan dolzarb maqolalar bilan xizmat qilgan gazeta va jurnallarni ham alohida tilga olishimiz kerak bo‘ladi. Urush yillarida respublikamizda 200 ta gazeta (shundan 124tasi o‘zbek tilida), 52 ta jurnal (shundan 32 tasi o‘zbek tilida) chop etilgan.

Bundan tashqari urush yillarida o‘zbek tilida 14 ta front va 12 ta diviziya gazetasi nashr etilgan. Bular «Front haqiqati», «Qizil askar haqiqati», «Sovet jangchisi», «Dushmanga qarshi olg‘a» va boshqalar edi. Bu gazetalarda jangchilarni siyosiy-harbiy tayyorgarligi , jangchilarni dushmangan nisbatan nafrat vatanga muhabbat ruhida tarbiyalovchi maqolalar bosilib turgan.

Xullas, fashistlar Germaniyasi ustidan erishilgan tarixiy g‘alabaga respublikamiz sanoati qishloq xo‘jaligi fan va madaniyat xodimlari o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdilar.



o‘g‘il-qizlari front orqasida, shuningdek urushning dahshatli jang maydonlarida mehnat va jangovarlik jasoratlarini ko‘rsatib sovet xalqining bu urushda erishgan umumiy g‘alabasiga o‘zining salmoqli ulushini qo‘shdi.
Download 15,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish