70
Yarim buyurtmali tizimlar buyurtmachi talablariga javob beradi va
kichik kapital xarajatlarni talab qiladi. Ularning asosiy qo„llanilish
sohasi katta korxonalar (tijorat jarayon zanjirida beshtadan ortiq kishi va
oyiga yuzlab hujjatlar).
Buyurtmali tizimlar hozirgi axborot texnologiyalari darajasida
o„tmishga ketdi, ular ishonchli emas, qabul qilingan standartlar
talablariga mos kelmaydi, qiyinchilik bilan takomillashtiriladi. Ularning
asosiy qo„llanilish sohasi – juda katta maxsus ishlab chiqarish
korxonalari.
Hozirgi kunda korporativ tizimlar bozorida ko„p sonli chet el
ishlanmalari taklif qilinmoqda. KATlar moliyani, xodimlarni, zaxiralarni,
ta‟minotni va ishlab chiqarishni boshqarishda, texnik xizmat
ko„rsatishda, rejalarni boshqarishda keng qo„lanilmoqda.
Bank faoliyatini axborotlashtirishda ikki asosiy yo„nalishni ajratish
mumkin:
tezkor axborotni kiritish va tiklash masalasini axborotlashtirish,
standart hisobni olish (korxona
BBBT asosida
OLTP-On-Line
Tranzaction Processing – tizimlar);
yuqori darajali tahliliy masalalarni axborotlashtirish (bank
faoliyati tahlili, tavakkalli boshqarish va h.k.).
Birinchi holatda korxonaning berilganlar bazasini boshqarish
tizimlari asosidagi
OLTP-tizimlar deb nomlanuvchi tizimlardan
foydalanadi.
Ikkinchi
holatda
axborotlarni
saqlash
(Data
Warrehouse)
texnologiyasi va tezkor tahliliy (analitik) ishlov berish ilovalari
OLAP
(On-Line Analytic Processing) ishlatiladi.
KATlardan tashqari, boshqaruvning alohida funksiyalarini bajaruvchi
alohida dasturiy tizimlar ham mavjud:
Buxgalteriya dasturlari:
1S: Buxgalteriya, BEST, Parus, Turbo-
buxgalter, Info-buxgalter;
Savdoni avtomatlashtirish tizimlari:
1S: Torgovlya, Parus, BEST 4,
Folio;
Axborot-ma‟lumot tizimlari:
Garant, Konsultant, Plyus, Kodeks;
Tijorat-loyihalash uchun dasturlar:
Triumf-analitik, Project Expert,
Microsoft Project;
Ombor hisobini avtomatlashtirish tizimlari:
1C: Sklad, Folio, BEST,
Parus;
Hujjat almashinuvini avtomatlashtirish tizimlari:
Delo, Lotus Notus,
1S: Dokumentooborot.
www.ziyouz.com kutubxonasi
71
KATni qurish jarayonida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan
boshqarish tizimlari
(TJABT) alohida ko„riladi. Hozirgi kunda TJABT
sohasida quyidagi tamoil (
printsip)larga asoslangan ochiq tizimlar
konsepsiyasi asosiy hisoblanadi:
pastdan yuqoriga turli ishlab chiqaruvchi
firmalar dasturiy-
apparat vositalarining mosligi;
buyurtmachi yo„naliishi asosida jo„natuvchi
firma stendida barcha
tizimni kompleks sozlash va tekshirish.
Ko„pgina hollarda TJABT ikki darajali boshqaruv tizimini
ifodalaydi. Quyi daraja boshqaruv obyektidan to„g„ridan-to„g„ri keluvchi
axborotga birlamchi ishlov beruvchi nazoratchilarni o„z ichiga oladi.
Nazoratchilarning dasturiy ta‟minoti odatda rele-kontaktli sxemalar tili
kabi texnologik tillarda amalga oshiriladi.
Yuqori darajani barcha kelayotgan axborotlarni saqlovchi, tahlil
qiluvchi va ishlov beruvchi hamda operator bilan muloqotda bo„lishni
ta‟minlovchi, ma‟lumotlar omborlari va ishchi stantsiyalar vazifalarini
bajaruvchi kuchli kompyuterlar tashkil qiladi. Yuqori darajaning asosiy
dasturiy ta‟minoti bo„lib
SCADA (Supervision Control And Acquisition)
paketlari hisoblanadi.
Ochiq
tizimlar
konsepsiyasi
ochiq
modulli
nazoratchilar
arxitekturasi
General Motors firmasi tomonidan ishlab chiqilgan
OMAC
(Open Modular Architecture Controls) da kuzatiladi. Unga yaqin
konsepsiyalar Yevropa
(European Open Systems Architecture for
Controle within Automatation Systems-OSACA), Yaponiya
(Japan
International Robotics and Factory Automation-IFORA, Japan Open
Systems for Controller Architecture-OSEC) va Amerika
(Technologies
Enabling Agile Manufacting-TEAM Projects) tashkilotlari tomonidan
taklif qilingan.
OMAC-talablar mazmuni asosiy terminlarini quyidagicha bayon
qilish mumkin:
Open – apparat va dasturiy ta‟minot integratsiyasini ta‟minlovchi
ochiq arxitektura;
Modular – modulli arxitektura,
Pluge and Play rejimida tashkil
etuvchilardan foydalanish imkonini beradi;
Scalable – masshtablanuvchi arxitektura, aniq masala uchun
konfiguratsiyani oson o„zgartirish imkonini beradi;
Economical – iqtisodiy arxitektura;
Maintenable – yengil xizmat ko„rsatiluvchi arxitektura.
Nazoratchilar
apparat
platformalari
yuqori
ishonchlilikka,
www.ziyouz.com kutubxonasi
72
tezkorlikka ega bo„lgan
PC-kompyuterlarda joylashadi.
PC-nazoratchilar
operatsion muhiti ham ochiqlik talablarini qoniqtirishi lozim. Bu yerda
QNX (QSSL firmasi, Kanada) operatsion tizimi keng tarqalgan hisoblanadi.
QNX arxitekturasi ochiq, modulli va oson o„zgartiriluvchi
(modifikatsiya)
hisoblanadi. Bunday tillarda ishlashdan jamlangan malaka
IEC 1131-3
standartida keltirilgan va beshta asosiy til vositalari belgilangan:
1.
SFG – ketma-ket funksional sxemalar tili;
2.
LD – releli
diagrammalar tili;
3.
FBD – funksional blokli diagrammalar tili;
4.
ST – tarkiblangan matn tili;
5.
IL – qo„llanmalar
(instruktsiya) tili.
Do'stlaringiz bilan baham: