Axborot ortiqchaligi – bu haqiqat. Ma‟lumotlarning ortiqchaligi
zamonaviy jamiyatning malakali vakillari orasida fikrlash sifatining
kamayishiga sabab bo„ladi.
Zamonaviy axborot tizimlarni tadbiq qilish:
katta hajmli o„quv axborotlariga kirish;
o„rganilayotgan materialning ko„rgazmali shakl (forma)da
ifodalanishi;
axborotni qo„shimcha modulli taqdim etish imkoniyatining
mavjudligi.
Quyidagi didaktik talablarning bajarilishi:
o„quv materialini taqdim etishning maqsadga yo„naltirilganligi;
ko„rgazmalilik, yetarlilik, o„quv materialining tarkiblanganligi va
zamonaviyligi, to„liqlik;
murakkablik darajasi bo„yicha o„quv materiallarini taqdim
etishning ko„p qatlamliligi;
nazorat savollari va testlarning to„liqligi;
ish vaqtida harakatlarning protokollashtirilishi; interfaollik, o„quv
materiali bilan ishlash rejimini tanlash imkoniyati;
har bir predmetda tahrirlash mumkin bo„lgan asosiy, variantli va
invariantli qismlarning mavjudligi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
75
O„rganilayotgan har bir predmetga kompyuterning tadbiq etilishi,
bu yagona informatika kursini o„rganish bilan almashtirish mumkin
bo„lmagan jarayondir.
Ta‟lim jarayonida axborot tizimlaridan foydalanishda quyidagilar
hisobiga ta‟lim sifatini oshirish mumkin:
o„z imkoniyatlari va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda o„quv
materiallariga moslashish;
predmetni o„rganish uchun qulay usulni tanlash imkoniyati;
o„quv jarayonining turli bosqichlarida o„qishning jadalligini
sozlash;
o„z-o„zini nazorat;
o„qitishning faol usullarini qo„llash;
o„rganilayotgan materialni ko„rgazmali shaklda taqdim etish;
axborot tizimining alohida tarkibiy qismlarini ko„paytirish
imkoniyatini beruvchi modulli qurish;
mustaqil o„qishni rivojlantirish.
Ta‟lim jarayonida axborot tizimlarini qo„llash natijasida quyidagi
salbiy tomonlar namoyon bo„lishi mumkin:
madaniy – o„rganuvchilarning ortiqchaligiga xavf tug„diradi;
sotsial-iqtisodiy – sifatli ta‟lim olish imkoniyatining teng
bo„lmagan imkoniyatlarini yaratadi;
siyosiy – milliy davlatlarda fuqarolik jamiyatini buzishga olib
kelishi mumkin;
etnik va huquqiy – boshqaning intellektual boyligini nusxalash va
undan foydalanishga olib kelishi mumkin.
Bunday
sharoitlarda
ta‟limni
avtomatlashtirish
jarayoni
boshqariluvchi bo„lishi lozim. Kompyuter texnologiyalarini qo„llashda
quyidagi didaktik talablar muhim hisoblanadi:
o„quv materialini taqdim etishning maqsadga yo„naltirilganligi;
o„quv materialining yetarliligi, ko„rgazmaliligi, to„liqligi,
zamonaviyligi va tarkiblanganligi;
murakkablik darajasiga ko„ra o„quv materialini taqdim etishning
ko„p qatlamliligi;
nazorat savollarining to„liqligi va zamonaviyligi; ishlash davrida
harakatlarning protokollashtirilishi;
o„quv materiallar bilan ishlash rejimini tanlash imkoniyati va
interfaolligi.
Hozirgi kunda axborot tizimlarini qo„llashning quyidagi
yo„nalishlari keng qo„llanilmoqda:
www.ziyouz.com kutubxonasi
76
Kompyuter dasturlari va o„rgatuvchi tizimlar:
yangi bilim va ko„nikmalarni shakllantirishga mo„ljallangan
kompyuter darsliklari;
bilimi, qobiliyati va uddaburonligini baholash va tekshirishga
mo„ljallangan tashxis yoki test tizimlari;
jamlangan bilim va malakalari asosida qaror qabul qilishni
o„rgatishga mo„ljallangan ekspert tizimlar;
biror aniqlikni kuzatish uchun o„rganuvchi ixtiyoriga
matematik modellarni taqdim etuvchi va asosida
modellashtirish dasturlari yotgan laboratoriya komplekslari;
turli sohalar bo„yicha jamlangan bilimlarga kirishni
ta‟minlovchi berilganlar bazasi va bilimlar bazasi;
aniq o„quv amalini bajarishni ta‟minlovchi amaliy va anjomiy
dasturiy vositalar (matnlarga ishlov berish, jadvallar tuzish,
grafik axborotni tahrirlash va h.k.).
Videotexnika, CD-ROM da jamlovchilarni qo„llash bilan qurilgan
multimedia-texnologiyalar asosidagi tizimlar.
Aniq qo„llanilish sohalariga yo„naltirilgan intellektual o„rgatuvchi
tizimlar. O„rganish, o„quv kuzatishlar jarayonlarida katta
ahamiyatga ega.
Berilganlar bazalari va bilimlar omborlari asosidagi axborot
muhitlari. Axborot manbalariga to„g„ridan-to„g„ri va masofaviy
kirish imkonini beradi.
Telekommunikatsion tizimlar. Telekonferensiya, elektron pochta
va boshqalarni amalga oshiradi. Xalqaro telekommunikatsion
tarmoqqa kirish imkonini beradi.
Stol elektron topografiyalari. Individual rejimda katta tezlikda
turli tashuvchilarda o„quv qo„llanmalari va hujjatlarni chiqarishni
amalga oshiradi.
Markazlashgan va taqsimlangan tavsifga ega bo„lgan elektron
kutubxonalar. Xalqaro axborot manbalariga kirishni yangicha
amalga oshirish imkonini beradi.
Kompyuter kartografiyasi va berilganlar bazasini boshqarish
tizimlarini birlashtirish texnologiyasiga asoslangan geoaxborot
tizimlar.
Axborotlarni himoyalash tizimlari (saqlashda ruxsatsiz kirishdan,
eshitishdan himoyalanish va h.k.).
Zamonaviy axborot tizimlarini ta‟limga tadbiq qilishda ochiladigan
yangi imkoniyatlar multimedia-texnologiyalar asosida turli tasvirlarni
bezatishdir. Multimedia texnologiyasining yuzaga kelishi darsliklar,
www.ziyouz.com kutubxonasi
77
o„quv qo„llanmalar va boshqa uslubiy materiallarni mashina
tashuvchilarida yaratish imkoniyati tug„ildi. Ularni quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin:
1. Katta hajmli tasvirlar bilan materialni matnli bayon etuvchi
darsliklar. Bunda tasvirlar serverlarga o„rnatilishi va tarmoq orqali
kompyuterga uzatilishi mumkin. Materialning chegaralangan hajmida
foydalanuvchining to„g„ridan to„g„ri serverga bunday darslikka kirishi
orqali amalga oshiriladi.
2. CD-ROMda bajarilgan yuqori dinamikali tasviriy materialli
darsliklar. Asosiy material bilan birga animatsiya va multiplikatsiya,
hamda videotasvirlarni o„z ichiga oladi. Alohida jarayonlar va
voqealarni amalga oshirish usullarini namoish qilinadi. Bunday
darsliklar nafaqat darslik, balki badiiy nomga ham ega bo„lishi mumkin.
Axborot tashuvchi xotirasining juda kattaligi birgina optik diskda
ma‟lumotnoma, ensiklopediya, yo„l ko„rsatkich va h.k.larni joylashtirish
imkonini beradi.
3. Ilmiy-tadqiqot ishlarini o„tkazish uchun zamonaviy kompyuterli
o‘qitish tizimlari. Ular jarayonlar, voqealarni modellashtirish imkonini
beradi, o„rganuvchi faol ishtirokchi bo„lgan va o„zi o„quv jarayonini
boshqarishi mumkin bo„lgan yangi kompyuterli o„quv muhitini yaratadi.
4. Virtual reallik tizimlari. O„rganuvchi o„rab turgan muhitni
ifodalovchi kompyuter modelining ishtirokchisiga aylanadi.
5.
Masofaviy ta’lim tizimlari. Murakkab sotsial-iqtisodiy
sharoitlarda masofaviy ta‟lim olish alohida regionlar, kam
harakatlanuvchi kishilar hamda o„quvchilarning mustaqil ishlashlari
uchun juda muhim bo„lmoqda. Masofaviy ta‟limni, faqat maqsadga
yo„naltirilgan
dastur
asosida
fundamental,
tabiiy-ilmiy,
umummutaxassilik, maxsus fanlar bo„yicha o„qitishga qaratilgan yuqori
sifatli multimedia-texnologiyalarni yaratgandagina samarali tadbiq qilish
mumkin. Ammo bu hozirgi kunda katta moliyaviy vositalarni talab
qiladi va tijorat shaklida o„zini oqlamayapti. Bunday dasturning tadbiq
qilinishi, o„rganuvchiga mustaqil ish yuklamasini orttirgan holda, o„quv
jarayonini yangicha tashkillashtirish imkonini beradi.
Ta‟limni axborotlashtirish jarayonida quyidagini nazarda tutmoq
lozim: kompyuterdan foydalanishning asosiy maqsadi inson qo„yilgan
pedagogik masalani bajara olmasligi mumkin bo„lgan holatlarga
qaratilgan. Masalan, o„qituvchi kompyuterli modellashtirishsiz ko„pgina
fizik jarayonlarni ko„rgazmali ko„rsata olmaydi. Ikkinchi tomondan,
kompyuter mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda, yangi bilim va
ko„nikmalarni o„rganishda o„quvchi imkoniyatlarining o„sishiga yordam
www.ziyouz.com kutubxonasi
78
berishi lozim. O„rgatish jarayoni turli axborot (audio, video, grafik,
matnli, jadvalli) bilan ishlash texnologiyasiga emas, ma‟lum bir dasturiy
vositalar bilan ishlay olishga qaratilgan bo„lishi lozim. Ammo, o„quv
dasturiy mahsulotlarning asosiy qismi mavjud darsliklarni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |