66
7. YERNING ТASHQI KUCHLARIGA BOG’LIQ ХAVFLI
JARAYONLAR
Kalit so’zlar. Kuch, bog’liqlik, jarayon, xavf, zarar, harakat, ko’chish, surilish,
jins, qatlam, maydon, sabab, oqibat, natija, prognozlash, harakat, toshqin, sel,
faoliyat, inson, sug’orish, massa, hajm, himoya.
Тog’ jinslari qatlamlarini qiya sath bo’ylab o’z og’irligi, gidrodinamik,
gidrostatik, seysmik kuchlar ta’sirida surilishiga surilma deyiladi.
Surilmalarning vujudga kelish qonuniyatlarini, ularning dinamikasini o’rganish
katta ahamiyatga ega. Bu qurilish ishlarini olib borish sharoitini aniqlashda, xalq
xo’jalik inshootlarini va inson hayotini saqlashda muhim omil hisoblanadi. Surilish
jarayonining yuzaga kelishi natijasida xalq xo’jaligi juda katta zarar ko’radi, ba’zi
yirik inshootlar, yo’llar bir necha yuz metrga surilib tashlanadi, katta-katta ekin
maydonlari butunlay ekishga yaroqsiz bo’lib qoladi, butun qishloqlar, shaharlar
vayron bo’ladi, minglab kishilar
boshpanasiz qoladi, halokatga uchraydi.
Ma’lumotlarga ko’ra AQSh da tog’ jinslari surilmalari va cho’kish hodisasi
natijasida 1925-1971 yillar mobaynida 75 mlrd. dollar zarar ko’rilgan, bu esa yiliga
1,63 mlrd. dollar mablag’ni yo’qotish demakdir. Markaziy Osiyo respublikalari
hududlarida hozirgacha juda katta xajmdagi tog’ jinslarining surilmalari kuzatilgan.
Quyida shu surilmalarning ba’zi birlari haqida ma’lumot berib o’tamiz.
1911 yil 18 fevral kuni G’arbiy Pomirning Muzko’l tog’ tizmasida 9 ballik
zilzila natijasida Usoy surilmasi sodir bo’lgan. Bu zilzila ta’sirida dengiz sathidan
4500 m balandliqdagi Murg’ob daryosi vodiysiga hajmi 2,2 km
3
keladigan tog’ jinsi
bo’lagi surilib tushgan. Surilma taxminan 2,5 km masofani bosib o’tib daryo o’zanini
to’sib qo’ygan. Surilma sodir bo’lgan joyga qalinligi 450-500 m, uzunligi 2 km,
kengligi 1 km qumtosh, ohaktosh, gips va slanetslardan tashkil topgan tog’ jinslari
olib kelingan. Тalafot natijasida Usoy qishlog’i surilma ostida qolib, 54 kishi
nobud bo’lgan.
Surilma daryo o’zanini to’sib, balandligi 703-788 m, eni 4,3-5,3 km bo’lgan
tabiiy to’g’onni hosil qilgan. Hozirgi paytda bu yerda dunyoga mashhur Sarez ko’li
vujudga kelgan. Yig’ilgan suv miqdori taxminan O’zbekistonning barcha suv
67
omborlari suvi hajmiga to’g’ri keladi. 1973 yili respublikamizda, Ohangaron
vodiysida kuzatilgan tog’ jinslarining surilishi asrimizdagi eng katta surilish
bo’lib, u ilmiy adabiyotlarga «Atchi surilmasi» nomi bilan mashhur.
Surilmaning hajmi 700 mln m
3
ni tashkil etadi.
Bu hodisaning ro’y berishiga asosiy sabab, Ohangaron daryosining chap
qirg’og’idagi 100-130 m chuqurlikdagi ko’mir qatlamlarini yer qa’rida
yondirilishidir. Yondirilgan ko’mir qatlamlarining qalinligi 5-15 m bo’lib umumiy
hajmi 3,7 mln m
3
ni tashkil etgan. 1987 yil 7 dekabrda Тojikiston Respublikasining
Sharora qishlog’ida ro’y bergan surilma natijasida, taxminan, kengligi 900 m,
kalinligi 70 m ga yaqin bo’lgan tog’ jinsi harkatga kelib 540 dan ortiq insonning
yostig’ini quritgan. Bu surilishning yuzaga kelishiga asosiy sabab yer qa’rida
tarqalgan lyoss tog’ jinslari g’ovaklarining suv bilan to’yinishi, grunt suvlari
sathining ko’tarilishi va 7 ballik zilziladi. 1991 yil Ohangaron vodiysida yana
kuchli «Jigariston» zilzilasi ro’y berdi. Ma’lumotlarga ko’ra bu surilma hajmi 30
mln m
3
ga teng bo’lib, 50 dan ortiq insonni hayotdan olib ketdi. Bu surilmaning
asosiy sababi katta qalinlikdagi serg’ovak lyoss jinslarining mavjudligi va bu tog’
jinslarini uzoq yillar davomida olib borilgan portlatish ishlari natijasida silkitilib
turishi hamda yog’ingarchilikning ko’p bo’lganligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: