Rossiya FA Yer fizikasi instituta tomonidan ipshab chiqnlgan yer qimirlash
kuchini baholovchi ballr shkalasi
Ballar
Yer qimirlash
tabyati
Yer qimirlash
jarayonida sferik
mayat.nyasbiy
maks,
qo’zg’alishi
(mm)
Seysmik
tezlanishi (a),
km/s
2
Erkin tushish
tezlanishi (g),
m/s
g
1
Sezilarli
—
<2,5
2
Juda kuchsiz
—
2,6-5
—
3
Kuchsiz
—
5,1-10
—
4
O’rtacha
<0,5
11-25
—
5
Ancha kuchli
0,5-1,0
26-50'
0,025
6
Kuchli
1,1—2,0
51-100
0,025-0,05
7
Juda kuchli
2,1-4,0
101—250
0,05-0,1
8
Yemiruvchi
4,1-8,0
251-500
0,1-0,2
9
Vayron
qiluvchi
8,1-16
501-1000
0,2-0,4
10
Yakson
qiluvchi
16,1-32
1001-2500
>0,4
11
Fojiali
>32
2501-5000
—
12
Kuchli fojiali
—
>5000
—
12 ball - Kuchli fojiali. Yerning ustki qismida katta o’zgarishlar yuz beradi. Inson
barpo etgan hamma imoratlar butunlay vayron bo’ladi, daryolarning o’zani o’zgarib
sharsharalar paydo bo’ladi, tabiiy to’g’onlar vujudga keladi.
Yuqorida qayd qilib o’tganimizdek, zilzila ta’sirida imoratlar va inshootlar talofot
ko’radi. Ko’rilgan talafot darajasi inshoot loyihasiga, ishlatilgan qurilish materiallariga
bog’liq bo’ladi. Shuning uchun hamma inshootlar va ularning ko’radigan talafotlari davlat
standarti bilan tartibga solingan:
Inshootlar ko’radigan talafotlari quyidagicha tasniflanadi:
59
1-darajali talafot. Bunda yengil shkastlanish yuz beradi. Imorat devorlarida ingichka
darzlar xosil bo’ladi, devor suvog’i bo’laklari to’kiladi.
2-darajali talafot. Bunda og’ir bo’lmagan shikastlanish sodir bo’ladi, devorlarda
katta bo’lmagan yoriqlar paydo bo’ladi, mo’rkonlar buziladi.
3- darajali talafot. Bunda inshootlarning og’ir shikastlanishi yuz beradi,
devorlarda katta va chuqur yoriqlar paydo bo’ladi, mo’rkonlar to’liq buziladi.
4- darajali talafot. Imorat va inshootlarning ichki devorlarining to’liq buzilishi
yuz beradi.
5- darajali talafot. Imorat va inshootlarning to’liq buzilishi yuz beradi.
Imorat va inshootlarning konstruksiyasi va qurilish materiallariga qarab
tasniflanishi:
A guruh – xom g’isht, paxsa devorli imoratlar;
B guruh – pishiq g’ishtdan qurilgan inshootlar;
V guruh – temir – beton sinchli va yog’ochdan qurilgan inshootlar.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda GOSТ tomonidan imoratlar guruhining har
bir ballda ko’radigan talafoti darajalari qonunlashtirib qo’yilgan.
Jumladan:
6 ball – yer qimirlash jarayonida A guruhiga mansub inshootlar 2-darajali
talafot, B guruhi inshootlari 1-darajali talafot ko’radi.
7 ball – A guruhidagi inshootlar 2-darajali, shuningdek, B guruhidagi inshootlar
ham 3-darajali talafot ko’radi.
8 ball – A guruhidagi inshootlar 5-darajali, B guruhidagi inshootlar ham 3-4-
darajali V-guruhidagi inshootlar 2-darajali talafot ko’radi.
9 ball – B guruhidagi inshootlar 4-darajali, shuningdek V guruhidagi inshootlar
ham 4-darajali talafot ko’radi.
10 ball – B guruhidagi inshootlar 5-darajali, V guruhidagi inshootlar 4-darajali
talafot ko’radi.
11 ball – B guruhidagi inshootlar to’liq qulaydi. Тog’ jinslarining tik va
gorizontal yo’nalishdagi harakati kuzatiladi.
12 ball – amalda yer yuzasida tik inshoot qilmaydi.
60
Bu demak, u yoki bu ballarda yer qimirlash sodir bo’ladigan hududlarda
ko’riladigan talafot darajasi hisobga olingan holda, faqat ma’lum guruhdagi inshoot
va imoratlar qurilishi lozim degan so’zdir.
Zilzila keltiradigan talafot inshootning turiga, konstruksiyasiga bog’liq bo’lishi
bilan bir qatorda, qurilish maydonlarining injener-geologik sharoitiga, ya’ni tog’
jinslari turlarining mustahkamligi darajasiga, xossa va xususiyatlariga, yer osti
suvlarining chuqurligiga qarab, seysmik to’lqinlarining tarqalish tezligi va zilzila
kuchi ham turlicha bo’ladi. 1966 yili Тoshkent shahrida bo’lgan zilzila natijasida
shaharning yer osti suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bo’lgan pastqam joylarga
joylashgan imoratlar kuchli talafot ko’rdi. Shundan keyin 1966 yili shahar
hududida qayta injener-geologik xaritalash ishlari o’tkazilib, shahar markazi grunt
sharoiti nuqtai nazaridan 9 ballik mintaqaga o’tkaziladi. Bu degan so’z 9 ballik
mintaqada quriladigan inshootlar konstruksiyasiga va usuliga ma’lum talablar
qo’yish va ularni bajarishni talab qiladi.
Yetti ball va undan katta kuchga ega bo’lgan zilzilalar kuzatilishi mumkin bo’lgan
hududlarda qurilish ishlari davlat qurilish boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan. Seysmik
rayonlarda qurilish ishlari olib borish tartibi va unga qo’yiladigan talablar, asosida olib
boriladi. Bunday hududlarda eng avvalo qurilish tekis maydonlarda, poydevor asosi
mustahkam, tog’ jinsi qatlamlaridagi mavjud yer osti suvlari katta chuqurliklarda
yotganda olib boriladi. Qurilish uchun nobop deb topilgan hududlarda imorat va
inshootlarning qurilishi lozim bo’lgan taqdirda, bunday hududlarda maxsus injener-
geologik qidiruv ishlari olib boriladi, ularning natijasiga qarab injener geologik sharoitni
yaxshilash maqsadida ma’lum chora-tadbirlar o’tkaziladi. Qurilish inshootlari loyihasiga
seysmik hodisalarga chidamliligini oshiruvchi o’zgartirishlar kiritiladi. Eng asosiy
qurilish materiallari sifatiga, qurilish ishlari qoidalariga rioya qilish qat’iyan talab etiladi.
Ba’zan inshoot va uning zaminida yotuvchi tog’ jinsi qatlamlaridan o’tuvchi seysmik
to’lqin tebranishi davrining bir-biriga mos, kelib qolishi (rezonans holatining yuzaga
kelishi) natijasida inshoot katta talafot ko’rishi mumkin.
Seysmik rayonlashtirish xaritalarida ajratilgan hududlarda tarqalgan tog’ jinslarining
tarkibi, yotish sharoiti, ularning fizik-mexanik xususiyatlari, yer osti suvlari yotish
61
chuqurligining o’zgarishi kuzatiladi. Shuning uchun amaliy masalalarni hal qilishda,
imorat va inshootlarni loyihalashtirishda qurilish maydonlarining seysmik sharoitini
o’rganish talab qilinadi.
Buning uchun mikroseysmik rayonlashtirish o’tkaziladi. Mikroseysmik rayonlashtirish -
bu hududlarning injener-geologik sharoitini to’la o’rganish seysmik to’lkinlarning
tarqalish tezligini, imorat va inshootlarni buzilish darajalarini, zilzilalar to’g’risidagi
tarixiy ma’lumotlarni tahlil qilish va bu asosda ularning seysmiklik darajasini baholashdir.
Mikroseymik xaritasini tuzishda chop etilgan maxsus qo’llanmalardan foydalaniladi.
Mikroseysmik tumanlashtirish xaritasi tuzish maqsadida maxsus injener-geofizik qidiruv
ishlari olib boriladi, ularning masshtabi 1:10000, 1:25000; injener-geologik qidiruv
ishlari natijasida qator yordamchi xaritalar tuziladi. Bu xaritalarga: geologik-litologik
va to’rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi; geomorfologik xarita; gidroizogips va yer
osti suvlarining yotish chuqurligi xaritasi; geologik-tuzilish xaritasi; injenerlik-
geologik xaritalar kiradi.
Hozir Respublikamizda injener-geologik sharoitga qarab zilzila kuchining
«o’zgarishi» qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ 2. 01. 03-96) ishlab chiqilgan. U
jadvalda gruntlar ta’rifini qisman o’zgartirilgan holda berildi.
Hududlarning seysmikligini baholashda tog’ jinslarini nuraganlik darajasiga,
darzliligiga, geologik jarayonlar ta’sirida yaxlitligining buzilganligiga katta e’tibor
berish shart.
Seysmik nuqtai nazardan tog’ jinsi surilmalari, uzilmalar, karst g’orlari tarqalgan
yerlar ham noyob hisoblanadi. Hududlarning seysmikligini maxsus asboblar
vositasida kuzatishlar orqali ham aniqlash mumkin. Bu kuzatishlar maxsus
jihozlangan stansiyalarda olib boriladi. Bunday stansiyalar katta-katta shaharlarda 8-
12 tadan joylashtirilib, hududning seysmik aktivligiga qarab 2-10 yil davomida
kuzatish ishlari olib boriladi.
62
2 -jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |