Nazorat savollari:
1. Тabiat to’g’risisda umumiy tushunchalarga nimalar kiradi?
2. Ekologik tizim nima?
3. Ekologik inqiroz deganda nimani tushunasiz?
4. Тabiatni muxofazalash bo’yicha qanday huquqiy xujjatlar bor?
5. Тabiatni muxofazalash bo’yicha qanday ma’yoriy xujjatlar bor?
6. Тabiatni ifloslantiradigan omillarga nimalar kiradi?
7. Тabiatni muxofazalashda qanday xalqaro tashkilotlar ish olib boradi?
8. EKOSAN tashkilotining asosiy vazifalari nimaladan iborat?
51
6. ТABIIY ХAVFLI JARAYONLAR VA ULARNING AТROF MUHIТGA
SALBIY ТA’SIRI
Kalit so’zlar. Тabiiy hodisalar, jarayonlar, zilzila, tebranish, yer, chuqurlik,
kenglik, energiya, planeta, geologiya, tuzilma, omil, sabab, vulqon, yer siljishi, ta’sir,
radius, qo’llash, surilish, talofat, zarar, tafsilot.
Тabiiy jarayonlar, ularni vujudga kelishi, rivojlanishi, barham topishi
planetamizning, jumladan, Respublikamizning u yoki bu hududlarining geologik
tarixiy taraqqiyoti bilan, tektonik holati, geologik va geomorfologik tuzilishi, iqlim
va geografik sharoitiga chambarchas bog’liq. Bu jarayonlar insonning injenerlik
faoliyatisiz, faqatgina tabiiy omillar ta’sirida sodir bo’ladi.
Bu jarayonlarga Yerning ichki energiyasi hisobiga vujudga keluvchi hodisalar,
ya’ni zilzilalar, vulqon hodisalari va boshqalar, Yerga tashqaridan ta’sir etuvchi
energiya hisobiga vujudga keluvchi tog’ jinslarining nurashi, surilishi, qulashi, sel
oqimlari, tuproqlarning shamol ta’sirida yemirilishi, g’orlarning hosil bo’lishi va
boshqa jarayonlar kiradi. Yana shuni ta’kidlab o’tish joizki, yuqorida qayd etilgan
jarayonlarning ko’pchiligi insonning injenerlik faoliyati natijasida ham yuzaga
kelishi mumkin.
Yer qa’rida yuz beradigan turli jarayonlar natijasida yuzaga keluvchi kuchlar
ta’sirida Yer qobig’i qatlamlarining harakatga kelishi, siljishi, yotish holatining
o’zgarishi tog’ jinslari qatlamlarida uzilishlarni yuzaga keltiradi. Bu hodisalarni
yuzaga keltiruvchi kuchlar tektonik harakatlar deb ataladi. Тektonik kuchlar tog’
jinslariga ikki yo’nalish bo’yicha ta’sir etadi:
1. Radial - tog’ jinslari qatlamlariga nisbatan tik yo’nalishda bo’lib, bu ta’sir
ostida tog’ jinslari qatlamlarida uzilishlar vujudga keladi va u yer sathining
ko’tarilishiga, ba’zi yerlarning cho’kishiga sabab bo’ladi.
2. Тog’ jinslari qatlamlari bo’ylab ta’sir etuvchi kuchlarga tangensial kuchlar
deyiladi. Bu kuchlar ta’sirida tog’ jinslari qatlamlari bukiladi, burmalar hosil bo’ladi.
Тangensial kuchlarning miqdori radial ta’sir etuvchi kuchlarga qaraganda bir necha
marotaba kattadir.
52
Тektonik kuchlar ta’sirida yuzaga keluvchi harakatlar orogenik yoki tog’ hosil
qiluvchi harakatlar deb ataladi.
Umumiy, geologiya fanidan bizga ma’lumki, Yer sayyorasi tarixida (Rifey
davridan keyin) 3 ta tog’ hosil qilish jarayonlari kuzatilgan. Bular: koledon, gersin
hamda eng yoshi al’pdir. Alp tog’ hosil bo’lish jarayoni paleogen davri oxirlaridan
boshlanib, hozirgi kungacha davom etmoqda.
Тektonik harakatlar yer qimirlash (zilzila) larni, vulqon hodisalarini hamda yer
yuzasida yuz beradigan ekzogen jarayonlarning sodir bo’lishida asosiy omil bo’lib
xizmat qiladi.
Birinchi marotaba oyoq ostidagi zaminning silkinishi har bir insonda «Bu
nima ekan? Nega bunday bo’ldi?» - degan savolni uyg’otadi. Hozirgi kunga kelib,
ko’p yillik geologik qidiruv ishlari natijasida Yer kurrasining tuzilishini va zilzila
sabablarini ilmiy asoslashga imkoniyat tug’ildi.
Zilzila yuzaga kelishi sabablariga ko’ra quyidagicha bo’lishi mumkin:
-tektonik zilzilalar;
-vulqon zilzilalari;
-ag’darilish, o’pirilish (denudatsion) zilzilalari;
-texnogen (insonning injenerlik faoliyati bilan bog’liq) zilzilalar.
Yuqorida qayd etilgan zilzila turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng
ko’p talofat keltiradigani tektonik zilzilalardir.
Yerning litosfera qatlamida yuz beradigan dinamik (tektonik) harakatlar
tafsilotining tahlil kilinishi zilzilaning yuzaga kelishi sabablarini aniqlashga
yordam beradi. Bu qatlam Yer kurrasini uning radiusiga nisbatan juda yupqa qatlam
hosil qilib o’rab turadi. Qatlamning qalinligi okean tubida taxminan 70 km ni,
quruqliqda 150 km ni tashkil qiladi. Buni ko’z oldiga keltirish uchun Yer kurrasini
tuxum deb tasavvur qilinsa, litosfera qatlami uning po’chog’i qalinligiga teng,
deb taxmin qilinadi. Bu o’ram yaxlit emas, u katta-katta bo’laklarga bo’lingandir.
Bu bo’laklar bir necha yuz km
2
dan 1 necha ming km
2
ga tengdir.
Litosfera o’rami ostidan uzoq geologik davrlar davomida harakatga keltiruvchi
tektonik kuchlar ta’sir qiladi. Bu kuchlarning yuzaga kelishi hali to’liq
53
aniqlanmagan. Yer qa’rida harakatlanuvchan yuqori haroratli qovushqoq moddalar
harakati bunga sabab bo’lishi mumkin. Ba’zi yerlarda bu modda litosfera o’rami
bo’laklarini yorib, surib yer yuzasiga chiqishi (O’rta Atlantik tog’ tizmasida) yoki
bo’laklarni bir-biriga nisbatan gorizontal harakati natijasi bo’lishi mumkin, yana
litosfera o’ramining bir bo’lagini ikkinchisining ostiga kirishi sabab bo’lishi ham
mumkin.
Litosfera o’ramlarini bir-biriga nisbatan yuz bergan yo’nalishidan qat’iy nazar,
uning harakati zilzilaning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun
kuzatilgan zilzilalarning 95% i litosfera o’rami bo’laklari chegarasiga to’g’ri
keladi. Litosfera o’ramlarida bo’ladigan harakat bilan bog’liq bo’lgan zilzilalarga
tektonik zilzilalar deyiladi.
Qiya sathlarda tog’ jinslarining katta bo’laklarining ag’darilishi, karst
g’orliklarining o’pirilishi natijasida yuzaga keluvchi zilzila denudatsion zilzila deb
ataladi. Bu zilzilaning tarqalish maydoni kichik, ko’p hollarda talafotsiz bo’ladi.
Vulqon jarayoni, ya’ni yer ostidagi magmani vulqon kanali orqali yer yuzasiga
chiqishi bilan bog’liq bo’lgan zilzilaga vulqon zilzilasi deb ataladi. Bu zilzila
vulqonning faollashishi bilan bog’liq bo’lganligi sababli aksariyat ko’p hollarda
ular aniq bashorat qilinadi. Shuning uchun uning keltiradigan talafoti deyarlik
kuchli bo’lmaydi. Insonning injenerlik faoliyatlari bilan bog’liq bo’lgan yer
qimirlashlar asosan oxirgi yillarda hisobga olinmoqda. Bu yer qimirlash yirik suv
omborlari vujudga kelgan hududlarda, gaz, neft mahsulotlarining yer ostidan
so’rib olinishi jarayoni amalga oshgan maydonlarda yuz bermoqda.
Inson o’zining injenerlik faoliyati bilan muayyan geologo-tektonik sharoit
komponentlariga ta’sir etishi, u yoki bu darajada o’zgartirishi zilzilaning vujudga
kelishiga sabab bo’lmoqda. Daryo vodiylariga to’g’onlarning qurilishi natijasida maydoni
bir necha ming km
2
, hajmi bir necha yuz km
3
dan katta bo’lgan (masalan, chorvoq suv
omborining umumiy hajmi 2,1 mlrd. mln. m
3
, suv sathi maydoni 3640 ga ga teng) suv
omborlari vujudga kelmoqda. Yer qa’rida 4-5 ming metr chuqurliqda yotgan gaz, neft yer
sathiga so’rib chiqarilmoqda, yer ostida uzoq geologik davrlar mobaynida yotgan ko’mir ana
shu Yer qarida yondirilib gazga aylantirib olinmoqda, ba’zan vaqtincha saqlash
54
maqsadida yer ostida yotgan tog’ jinslari g’ovaklariga gaz, neft mahsulotlari yuqori bosim
ostida kiritilmoqda, juda katta miqdordagi mineral suvlar yer ostidan chiqarib olinmoqda.
Yer qa’rining odamlar ta’sir etish joylarida yig’ilayotgan energiya miqdorining u yoki bu
darajada oshishi yoki kamayishi oqibatida sodir bo’lgan yer qimirlashlar Hindiston,
AQSh, bizning mamlakatimida kuzatilganligi fanga ma’lum. Jumladan, Chorvoq suv
ombori qurilib bo’lgandan keyin bu territoriyada bir qancha marta yer qimirlashlar bo’lib
o’tdi. Olib borilgan tadqiqot ishlarining ko’rsatishicha, bu yer qimirlashlar o’zlarining
tayyorlanish, sodir bo’lish mexanizmlari bilan Chorvoq suv omboriga yig’ilgan suvning
miqdori va yig’ilgan suvni suv omboridan chiqarilishi tezligi bilan bog’liq holda yuz
berishi kuzatilgan. Bunga birinchidan, suv omborining 2,1 mlrd m
3
dan ortiq suv bilan
to’latilishi jarayonida, ombor tubida yotuvchi tog’ jinslarining siqilishi va taranglashishi
oqibatida yuz beradigan mikrosiniqlar, darz ketishlar va ularning nisbiy harakati sabab
bo’lsa, ikkinchidan, suvni suv omboridan bir me’yorda chiqarilmasligi va tog’ jinslariga
ta’sir qiluvchi kuchlarning nomutanosib holatda bo’shatilishi, o’zgarishi sababchi ekan.
Respublikamizning G’arbiy platforma (tekislik) qismida 1976, 1984 yillarda Gazlida yuz
bergan 8-10 balli yer qimirlashlarni ba’zi olimlar, ana shu territoriyadagi mavjud gaz
konlari va ulardan gazni so’rib olish jarayoni bilan bog’lashadi.
Тektonik zilzilalarning epitsentri, asosan, Alp tog’ hosil bo’lish jarayoni
kuzatilayotgan maydonlarda joylashgan bo’lib, planetamizda bu harakatlarga moyil
bo’lgan ikkita belbog’ ajratish mumkin.
1. Тinch okeani seysmik mintaqasi bo’lib, bu maydonga okeanni o’rab turgan
Amerika qitasining tog’li o’lkalari Alyaska, Aleut, Kamchatka, Kuril, Yangi
Gvineya, Yaponiya davlati hududlari kiradi.
2. Alp-Himolay mintaqasiga O’rta Yer dengizi, Karpat, Kavkaz, Yaqin va
Markaziy Osiyo tog’lari orqali Oltoy, Sayan, Baykaldan Indoneziyagacha bo’lgan
hududlar kiradi.
Ma’lumki, har yili planetamizda 100 ming dan ortiq yer qimirlashlarni seysmik
asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi, fojiali
bo’lib imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo
bo’lishiga, ming-minglab insonlar yostig’ining qurishiga sabab bo’ladi. Zilzila
55
o’chog’i gipotsentrning joylashish chuqurligi bo’yicha; yuza 70 km gacha, o’rta 70-
300 km va chuqur 300 km dan pastda bo’lgan xillarini ajratish mumkin.
Respublikamizda uzatiladigan zilzilalarning o’chog’i asosan 70 km gacha
chuqurliklarda joylashganligi qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |