Ekologik xavfsizlik. Environmental safety


  INSON FAOLIYAТI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN JARAYONLAR



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/79
Sana26.07.2021
Hajmi2,14 Mb.
#128926
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
Bog'liq
m2NMfOK5teA4eMKn0ca0zblQ8Dmx2IoJEnTYSHGX

 
8.  INSON FAOLIYAТI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN JARAYONLAR 
 
Kalit  so’zlar.  Inson,  faoliyat,  jarayon,  dehqonchilik,  ishlab  chiqarish,  usullar, 
vositalar, zarar, ziyon, zaxar, pestitsid, moddalar, kime,  ishlov berish, ekin, qayta 
ishlash, korxona, kon, qazilma, inshoot. 
Mamlakatimiz  agrar  bo’lgani  uchun  asosiy  oziq-ovqat  mahsulotlarini 
yetishtirish qishoq xo’jaligi sohasiga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligi mahsulolari 
asosan  sug’oriladigan  yerlarda  yetishtiriladi.  Dehqonchilik  eng  qadimiy 
kasblardan  bo’lib  jamiyatimiz  a’zolarining  asosiy  qismi  bu  sohada  faoliyat  olib 
boradilar.  Jamiyatimiz  rivojlangan  sari  «dehqon»  so’zining  ma’nosi, 
dehqonchilik  usullari  o’zgarib,  uning  tabiatga  salbiy  ta’siri  ham  ortib  boradi. 
Тabiatga  va  u  orqali  insoniyatga  ko’p  zarar  keltiruvchi  omillar  bu  tuproqning 
zaharlanishi,  eroziyaga  (yemirilishga)  uchrashi  va  sug’oriladigan  yerlarning 
sho’rlanishi, botqoqlanishdir. 
O’tgan  asrning  90-yillarigacha  bo’lgan  davrlarda  qishloq  xo’jaligini 
kimyolashtirishga  e’tibor  berilib,  foydali  ishlar bilan  ko’p  xatoliklarga ham  yo’l 
qo’yildi.  Bu  holat  turg’unlik  yillarida  ham  davom  etib,  organik  o’g’itlardan 
samarali foydalanish keskin kamaydi. 1960-1985 yillar ichida kimyoviy o’g’it va 
zaharli  moddalarni  ishlab  chiqarish  15  marta  ortdi.  Ularning  soni  300  xilga 
yetsa ham, hosildorlikni oshirishga ta’siri kam bo’ldi. 
Mamalakatimiz    qishloq  xo’jaligida  70  xilga  yaqin  kimyoviy  moddalar 
ishlatilmoqda.  Ulardan  tayyorlangan  zararkunandalarga  qarshi  zaharlar,  barg 
tushiruvchi  defoliantlarni  ehtiyot  qilib  saqlamaslik,  me’yoridan  ortiqcha  sifatsiz 
foydalanish  katta  zarar  keltiradi.  Mustaqil  hamdo’stlik  davlatlarida  o’rtacha  bir 
gektar  yerga  113,7  kg  mineral  o’g’it,  2  kg  zaharli  modda  ishlatilsa, 


 
75 
O’zbekistonda  284,4  kg  (paxtaga  438  kg)  o’g’it,  19,5  (ba’zan  paxtaga  50  kg) 
kilogrammgacha  zaharli  moddalar  ishlatilgan.  Ular  tuproqda  yig’ilib  shudgor 
tagiga  suv,  havo  o’tkazishni,  modda  almashuvini,  mikroorganizmlarning 
rivojlanishini  yomonlashtiruvchi  zichlashgan  qavat  hosil  qiladi.  Pestitsidlardagi 
geksoxloran, DDТ kimyoviy o’g’itlaridagi nitrat va nitritlar suvi, sabzavot, meva 
va har  xil o’simliklarni zaharlab, ularni iste’mol qilgan chorva,  parranda,  hattoki 
odamni  ham  oz-ozdan  zaharlab  kasal  qiladi.  Pestitsid  va  gerbitsid  tarkibidagi 
dioksin hozirgi vaqtda  Orol bo’yi xalqlarining qoni va sutida  ham uchrayotgani 
sir  emas.  Chunki  bu  yerda  yashayotganlar  o’zlarining  yerlariga  sepayotgan 
zahardan  tashqari,  Amudaryo  va  Sirdaryolarning  yuqori  va  o’rta  qismida 
ifloslanib kelayotgan suvdan iste’mol qiladilar.  
3-jadval 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish