K I R I S H
Insoniyat o’ziga-o’zi hukm tayyorlaydi. Inson har tomonlama barcha
resurslardan foydalanishni oshirib bormoqda. Fan-texnika taraqqiyoti beqiyos
rivojlandi. Buning natijasida atrof, tabiiy muhit halokatli ravishda tez ifloslanib,
buzilmoqda. Ekologik muammolar davlat chegaralarini hamda boshqa to’siqlarni
bilmaydi. Ular global hususiyatlar kasb etadi. Ekologik o’zgarishlarning salbiy
xususiyatlarini hisobga olgan holda mamlakatimizda ekologik muammolarni ijobiy
hal qilishga katta e’tibor berilmoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, sog’lom avlodni tarbiyalab o’stirish
uchun alohida ahamiyat berilmoqda. Yosh avlodning va umuman tabiatning jonli
qismining sog’lom o’sishi tabiatning jonsiz qismini tashkil qilgan yer, suv va
havoning tozaligiga bog’liqdir. Shu sababli Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov
ekologik muhitni sog’lomlashtirishga va Orol dengizi muammosiga alohida e’tibor
bermoqdalar.
Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda
zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda
hal etilsa, ko’p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini
belgilash imkoniyatini beradi.
O’zbekiston Konstitutsiyasida fuqorolar tabiatni muxofaza qilishlari, uning
boyliklarini qo’riqlashlari shart ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Тabiatni muxofaza qilish
to’g’risida 1992 yil 9 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Qonuni tasdiqlandi. Olim,
mutaxassis va siyosiy arboblarni ekologiya va sog’lomlashtirish muammolariga jalb
etish, shuningdek, xalqning ekologik bilimini oshirish maqsadida 1992 yilda Хalqaro
EKOSAN Jamg’armasi tashkil etildi. Respublikamizda keyingi besh yil ichida
tabiatni muxofazalash, Orol dengizi, ekologik ta’lim va tarbiya muammolariga
bag’ishlangan xalqaro va respublika ilmiy-uslubiy kengashlari bo’lib o’tdi; natijada
ekologik nazorat kuchaytirilib, zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish usullariga
o’tish hisobiga chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatilmoqda.
7
Тabiiy muhitni muxofazalash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori uni
shikastlab, qayta tiklashga ketadigan xarajatlarga nisbatan kamdir. Shuning uchun
xavfli holatlarni oldindan bilish, tegishli choralarni ko’rish, ekologiyaning asosiy
vazifalaridan biridir.
Fan-texnika taraqqiyoti biz yashab turgan dunyoni tanib bo’lmas darajada
o’zgartirib yubordi. Ekologik halokat, ayrim hududlarda qilingan tahminlarga ko’ra,
oldini olib bo’lmas darajasida xavf tug’dirmoqda. Ammo uning tarqalishini
kamaytirish, texnogen va ijtimoiy-madaniy oqibatlar shiddatini to’xtatish zarur.
Buning uchun turli soxa mutaxassislari o’zlarining ekologik bilimlarini oshirib,
rejalashtirilayotgan ishlari bilan tabiiy muhitga zarar yetkazmaslik choralarini
ko’rishlari kerak.
Ekologiyaning salbiy o’zgarishlari oqibatlarining asosiy sabablaridan biri
yer,suv, mineral xom ashyolardan foydalanish prinsiplarini buzilishidir. Aynan shu
prinsip xalq xo’jaligining kam samarali-ekstensiv yo’ldan borishi uchun qulay
sharoitlar yaratdi, resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyaning keng joriy
qilinishiga to’sqinlik qildi, shuningdek, atrof muhitga zarar yetkazgan holda rejani
bajarish kabi g’ayri ekologik yondoshuvni keltirib chiqardi. Markaziy Osiyo qishloq
xo’jaligini ekstensiv rivojlantirish,yer va suvdan tartibsiz foydalanish natijasida Orol
dengizi quriy boshladi. Unga yaqin joylashgan yerlarning ekologik sistemasi,
hayvonot va o’simliklar dunyosi chuqur inqirozga uchradi. Mintaqaning yuz ming
gektarlab yerlari jizg’anak bo’lib, sho’rlanib uning bir qismini kasallik qo’zg’atuvchi
zararkunandalar va kasallangan o’simliklar egallagan. Orolning qurigan qismidagi
yerlardan tuzlar uchib ular shamol kuchi so’na boshlagan hududlarda yig’ilib,
yomg’ir suvining minerallashuvini, yerlarning sho’rlanishini oshirishga, tog’dagi
muzliklarning erishini tezlatishga sabab bo’lmoqda. O’zbekiston Fanlar akademiyasi
ma’lumotlariga qaraganda Orol dengizidan ko’tarilgan tuzlar respublikaning janubi –
sharqiy tog’laridagi doimiy muzliklarga tushmoqda va ularning erish jarayonini
tezlatmoqda. Cho’llanish va yerlarni ishdan chiqish jarayoniga ta’sir etmoqda.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar Orol basseynida yashovchi aholi uchun,
uning yashashi, iqtisodi uchun juda yuqori darajada har tomonlama xavfni vujudga
8
keltirmoqda. Chunki kuchli sho’rlangan yerlarda qishloq xo’jaligi ekinlarining
hosildorligi hattoki 100 foizgacha kamayishi fanda aniqlangan. Ko’rsatilgan
ma’lumotlar hammasi umumiy holda global falokatlarni kelib chiqishiga sabablar
tayyorlanayotgandek ko’rinadi.
Ushbu qo’llanma 860000 ―Hayotiy faoliyat xavfsizligi‖ bakalavriyat
yo’nalishi talabalarini o’qitishga mo’ljallangan bo’lib undan soha mutaxassislari ham
foydalanishlari mumkin.
Qo’llanmaning 3, 4, 16-mavzularini yozishda katta o’qituvchi S.Asilova ishtirok etdi.
Shuning uchun qo’llanma to’g’risidagi fikr va mulohazalarni samimiyat bilan qabul
qilamiz.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |