O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/278
Sana26.07.2021
Hajmi2,75 Mb.
#128768
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   278
Bog'liq
GXP asoslari majmua ФИ 3 курс1 48952

Mahsulotni saqlashga talablar 
Hujjatlar: yozma yo‘riqnomalar va hisobotlar 
1. Mahsulotni saqlash zonalarida barcha faoliyat, jumladan yaroqlik muddati o‘tgan 
mahsulotlar  bilan  ish  olib  borish  bo’yicha  yozma  yo‘riqnomalar  va  hisobotlar 
(bayonnomalar) bo’lishi lozim.  Ushbu  yo‘riqnomalar  va hisobotlar  (bayonnomalar) 
saqlash jarayonlarini aniq va ravshan tasniflashi, materiallar, dori vositalari harakatini 
va  mahsulotni  chaqirib  olish  zarurati  yuzaga  kelgan  holda  tashkilot  doirasidagi 
ma’lumotlarni aks ettirishi lozim. 
2. Doimo saqlashda bo’lgan har bir material va mahsulot uchun saqlash sharoitlari, 
amal  qilinishi  lozim  bo’lgan  har  kanday  extiyotkorlik  chora-tadbirlari  kursatilgan 
yozma yoki elektron kurinishidagi ma’lumot bo’lishi lozim. Yorliq va o‘ram bo’yicha 
doimo sifat standartlari va amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilish lozim. 
3.  Har  bir  keltirilgan  yuk  bo’yicha  hisobotlar  (bayonnomalar)ni  saqlash  lozim.  Bu 
hisobotlar (bayonnomalar) mahsulot to‘g‘risida quyidagi ma’lumotni uz ichiga olish 
kerak: nomi, dori shakli, mikdori, etkazib beruvchi va oluvchining nomi va manzili, 
etkazib beruvchi tomonidan berilgan seriya rakami, keltirilgan va olingan sana, olishda 
berilgan  seriya  rakami,  yaroqlik  muddati  o‘tishi  sanasi.  Hisobot  (bayonnomalar)ni 
kamida 5 yil saqlash lozim. 
4. Belgilangan tizimga muvofiq, masalan, seriya rakami bo’yicha, materiallar va dori 
vositalarini barcha olish va berish sanalarini aks ettiruvchi mukammal bayonnomalar 
yuritish lozim. Bayonnomalar aniq yoritilgan va olishga qulay joyda bo’lishi kerak. 
5.  Zararkunandalarga  qarshi  kurashishda  qo’llaniladigan  vositalar  bezarar  bo’lishi, 
material  va  dori  vositalarini  u  bilan  kontaminatsiyalanishini  oldini  olishi  zarur.  Har 
qanday to‘kilish va sochilishda biron-bir kontaminatsiya xavfini to‘liq oldini olishni 
ta’minlash uchun tozalash bo’yicha tegishli jarayonlar (protsedura) ishlab chiqilgan 
bo’lishi kerak. 
6. Material va mahsulotlarni qabul qilish va jo’natish joylari ob-xavo sharoiti ta’siridan 
himoyalangan  bo’lishi  lozim.  Qabul  qilish  zonalari  shunday  loyixalashtirilgan  va 
jixozlangan  bo’lishi  kerakki,  zarur  bo’lganda  olingan  material  va  dori  vositalari 
o‘ramlari (konteynerlari)ni saqlashga jo’natgunga qadar tozalash imkoni bulsin. 
7. Agar karantin statuey aloxida zonalarda ta’minlanayotgan bo’lsa, mazkur zonalar 
aniq belgilangan va ularga kirish faqat mas’ul xodimga ruxsat etilgan bo’lishi lozim. 
Jismoniy  karantin  o’rniga  qo’llaniladigan  har  kanday  tizim  aynan  bir  xil  himoyani 
ta’minlashi lozim. Masalan, kirish xuquqini cheklanishiga ishonch hosil qilish uchun 
validatsiyalangan holdagina kompyuterlashtirilgan tizimlar qo’llanilishi mumkin. 
8.  Nazorat  qilinadigan  zonadagi  birlamchi  mahsulotlardan  namunalar  olish  uchun 
tegishli nazorat qilinadigan sharoitlarga ega bo’lgan aloxida zona ajratilgan bo’lishi 
lozim. 
Agar 
namunalar 
olish 
saqlash 
zonasida 
amalga 
oshirilsa, 
uni 
kontaminatsiyalanishini  yoki  kesishgan  kontaminatsiyani  oldini  olgan  holda  amalga 
oshirish  lozim.  Namunalar  olish  zonalarini  tozalash  bo’yicha  tegishli  usullar 
(protseduralar) ishlab chiqilishi lozim. 


 
9. Brak qilingan, yaroqlik muddati o‘tgan, chaqirib olingan, qaytarilgan mahsulotlar 
va  materiallarni  saqlash  uchun  jismoniy  yoki  boshqa  ekvivalent  validatsiyalangan 
(masalan,  elektron)  usul  bilan  izolyasiya  qilingan  alohida  xudud  ajratilishi  lozim. 
Bunday materiallar va mahsulotlar, shuningdek ularni saqlash joylari aniq belgilanishi 
lozim. 
10.  Yuqori  faollikka  ega  va  radioaktiv  materiallar,  zararli,  yuqori  sezgirlikka  ega 
vayoki  xavfli  materiallar  va  dori  vositalari,  shuningdek  yong‘in  va  portlash  xavfi 
bo’lgan  moddalar  (masalan,  oson  yonuvchi  suyuqliklar  va  qattiq  moddalar,  bosim 
ostidagi  gazlar)  tegishli  qo’shimcha  xavfsizlik  va  qo‘riqlash  vositalari  bilan 
jixozlangan maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim. 
11. Material va dori vositalarini taqsimlashda va ular bilan muomalada Yaxshi ishlab 
chiqarish  amaliyoti  standarti  va  mazkur  standartning  tegishli  talablariga  rioya  qilish 
kerak. 
12.  Materiallar  va  dori  vositalari  bilan  muomalada  ularni  kontaminatsiyalanishi, 
aralashib ketishi va kesishgan kontaminatsiyaga yul qo‘ymaslik kerak. 
13. Materiallar va dori vositalari ularni sifatini saqlanishi ga’minlanadigan sharoitlarda 
saqlanishi, ularning zaxiralari esa doimo  yangilanib turishi kerak. Birinchi navbatda 
yaroqlik  muddati  tugayotgan  mahsulotdan  xalos  bulish  (qutulish)  lozim  (yaroqlik 
muddati  tartibida  ishlatish,  «first  expired/first  out»  (FEFO)  -  «yaroqlik  muddati 
kami/birinchi bulib ketadi» tamoyili). 
14. Brak kilingan materiallar va dori vositalari identifikatsiya qilinishi va uning takdiri 
bo’yicha oxirgi qaror kabul kilingunga qadar mahsulotni ishlatishga yul kuymaydigan 
karantin sharoitida saqlash uchun junatilishi lozim. 
15. Giyoxvand vositalar, psixotrop  moddalar  va prekursorlar xalkaro konvensiya  va 
O’zbekiston  Respublikasining  milliy  qonunchilik  hujjatlariga  muvofiq  saqlanishi 
lozim. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish