2 Umumiy talablar
1. Ishlab chiqaruvchi tegishli malaka va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan
xodimlarning zaruriy miqdoriga ega bo‘lishi lozim. Sifat pasayishining xavfini oldini
olish maqsadida har qanday xodim majburiyatlarining doirasi juda ham keng
bo‘lmasligi lozim.
2. Ishlab chiqaruvchida tashkiliy tuzilma sxemasi bo‘lishi lozim. Mas’ul lavozimdagi
xodimlar lavozim yo‘riqnomalarida ko‘rsatilganidek, muayyan majburiyatlarni
bajarishlari va ularni bajarish uchun tegishli vakolatlarga ega bo‘lishlari lozim.
Ularning xizmat majburiyatlari ma’muriyat tomonidan tayinlangan etarli malaka
darajasiga ega bo‘lgan, o‘rinbosarlariga yuklatilishi mumkin. Xodimlar
majburiyatlarining doirasi yaxshi ishlab chiqarish amaliyotining barcha tomonlarini
qamrab olishi, ammo javobgarlik sohasi asoslanmagan holda bir-birini takrorlamasligi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |