Sinov markazi, unda o‘tkazilayotgan tadqiqotlar yaxshi laboratoriya amaliyoti
prinsiplariga monand bo‘lishi uchun, hujjatlashtirilgan sifatni ta’minlash dasturiga ega
bo‘lishi kerak.
Sifatni ta’minlash dasturini bajarishga, sinov markazi rahbariyati tomonidan
belgilangan, bevosita unga hisobot beruvchi va tadqiqotlar uslublari bilan tanish bo‘lgan
vakolatli shaxslar javob beradi. Sifatni ta’minlashga javobgar shaxslar, tadqiqotlar
o‘tqazish uchun jalb etilmaydilar.
Sifatni ta’minlash bo‘yicha xodimlar quyidagi majburiyatlarga egadirlar:
a) sinov markazida qo‘llaniladigan barcha tasdiqlangan tadqiqot rejalari, standart
operatsion protseduralar namunalari va shu vaqt mobaynida qo‘llanilayotgan asosiy reja-
tizim nusxasiga ega bo‘lishi;
b) tadqiqot rejasi yaxshi laboratoriya amaliyoti prinsiplariga rioya qilinishi xaqidagi
ma’lumotga egaligini tekshirishi lozim. Bu tekshirish hujjatlashtirilgan bo‘lishi;
c) tadqiqotga jalb qilingan xodimlar barcha o‘tkazilayotgan tadqiqotlarni yaxshi
laboratoriya amaliyoti prinsiplariga asosan olib borayotgani, tadqiqot rejalariga va SOP
ga ega ekanligi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirishi kerak.
Standart operatsion protseduralarga asosan sifatni ta’minlash dasturida
keltirilgan uch
turdagi inspeksion nazorat ko‘zda tutilgan:
- aloxida
tadqiqotlar nazorati,
- sinov maydonchalarining nazorati,
- ayrim bosqichlarning nazorati.
Bunday inspeksion nazoratlarning protokol (hisobot)larini yuq qilish mumkin emas;
a) yakuniy hisobotlarni tekshirish; uslublar, jarayonlar, kuzatuvlar va olingan natijalar
aniq va to‘liq bayon etilganligini va birlamchi tadqiqot natijalarini to‘liq aks ettirishini
tasdiqlashi;
b) sinov markazi rahbariyatiga, tadqiqot raxbariga va ayrim hollarda boshqa rahbar
xodimlarga o‘z vaqtida inspeksion tekshiruvlar natijalarini yozma
holda taqdim etish;
c) sinov markazi rahbariyatiga, tadqiqot rahbariga va javobgar tadqiqotchiga
inspeksion tekshiruv natijalari bo‘yicha tayyorlangan yakuniy hisobotga, inspeksion
nazorat turi haqida tayyorlangan va imzolangan xulosa, u o‘tkazilgan sana, tekshiriluvchi
tadqiqot bosqich(lar)i va inspeksiya natijalari taqdim etilgan sana kiritilishi kerak. Shu
bilan birga bu xulosa, birlamchi tadqiqot natijalari yakuniy hisobatda to‘g‘ri ifoda
etilganligi xaqida ma’lumotni aks ettirishi shart.
Tadqiqot o‘tqazish uchun mo‘ljallangan xonalar o‘lchami, tuzilishi va joylashishi
tadqiqot maqsadlariga javob berishi lozim. Xonalarning joylashishi tadqiqot o‘tqazish
jarayoniga minimal ta’sir etishi shart.
Xonalar shunday rejalashtirilgan bo‘lishi kerakki, turli ko‘rinish(tip)dagi tadqiqotlar
bir-biridan maksimal ajratilgan holda o‘tkazilishi shart.
Sinov markazi qoshida resurslar va asbob-uskunalar uchun xonalar, shuningdek
saqlash,
sinaluvchi
va
standart
(kontrol)
ob’ektlarni
qabul
qilish
va
saqlash,
sinaluvchi
ob’ektlarni
tashuvchi(erituvchi)lar bilan aralashtirish vaqtida ifloslanishlarni oldini olish uchun,
sinov markazida alohida xonalar yoki zonalar bo‘lishi lozim.
Tadqiqot rejalari, birlamchi natijalar, yakuniy hisobotlar va namunalarni havfsiz
saqlash va izlashga imkon beruvchi arxivlar uchun xonalar ko‘zda tutilagan bo‘ladi va
bunday xonalarda arxiv materiallarini uzoq muddat saqlash uchun sharoitlar yaratiladi.
chiqindilarni qayta ishlash va yo‘q qilish shunday amalga oshirilishi kerakki, bu ish
tadqiqotlarni o‘tqazishga havf solmasligi va ular natijalarini noto‘g‘ri talqin etmasligi
uchun chiqindilarni yig‘ish, saqlash va chiqarib tashlash, dezaktivatsiya qilish va keyingi
tashish sharoitlari yaratiladi.
Ximikatlar, reaktivlar va eritmalar nomi, konsentratsiyasi, saqlash muddati sanasi va
saqlash yo‘riqnomasi ko‘rsatilgan yorliqqa ega bo‘lishi kerak. Turg‘unligi, ishlab
chiqarish vaqti, ishlab chiqarilgan joyi haqidagi ma’lumot bo‘lishi kerak. Saqlash
muddatini uzaytirilishi hujjatlashtirilgan tekshiruv yoki taxlil asosida amalga oshiriladi.
Fizik va kimyoviy ko‘rsatkichlarni olish uchun ishlatiladigan asbob-uskunalarning
texnik harakteristikalari va joylanishi tadqiqot maqsadlarini qondirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: