Narx bo‘yicha rahnoma – oligopolistik bozordagi yetakchi firma,
qaysiki uning narxni ko‘tarishi yoki tushirishiga qarab, boshqalar unga
ergashadi.
Narx mexanizmi – narxlarning tashkil topishi, ya’ni tovar,
xizmatlarga to‘lanadigan pul miqdorini belgilash qoidalari, usullarini o‘z
ichiga oladi.
Narx tashkil topishining bozor mexanizmi – bozor va uning aniq
shaklidan qat’i nazar, talab va taklifning nisbati hamda raqobat asosida,
ya’ni bozordagi vaziyatga ko‘ra narxning shakllanishi.
Narx turlari – bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-birini taqozo etuvchi
turli maqsadlarda qo‘llanuvchi, turli vazifalarni bajaruvchi narxlar
majmuiga turli jihatdan yondashib, guruhlarga bo‘linishi.
Narx urushi – raqobatdosh firmalarning oligopolistik bozorda
bosqichma-bosqich, sekinlik bilan narxni pasaytirishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |