Mulkdan foydalanish – mulkni ishlatib, ko‘zlangan maqsadga,
natijaga erishish: daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish.
Mulkka egalik qilish – mulkdorlik huquqining mulk egasi qo‘lida
saqlanib turishi, yaratilgan mahsulotni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mutlaq ustunlik (afzallik) – bir birlik tovar tovar ishlab chiqarish
uchun boshqa mamlakatga qaraganda, kam mehnat, kam resurs
sarflashda ifodalanadi.
Narx pariteti – qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi o‘zgarishining
tarmoqda ishlatiladigan sanoat tovarlari va xizmatlari narxining
371
o‘zgarishi bilan taqqoslanishi. Odatda, u paritet indeksi orqali
ifodalanadi.
Narx – tovarlar va xizmatlarning nafliligini baholash vositasi bo‘lib,
unga to‘lanadigan pul miqdorini ifodalaydi.