370
Monopol renta – o‘ta noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlardan
olinadigan renta.
Monopoliya – tarmoqda yagona, o‘rnini bosadigan, almashtirib
bo‘lmaydigan mahsulot sotuvi (ishlab chiqarish).
Monopoliyaning maqsadi – narx ustidan nazorat o‘rnatish yoki
ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish orqali maksimal darajada daromad,
monopol foyda olish.
Monopsoniya – yagona iste’molchiga asoslangan bozor.
Monostrukturali iqtisod – bir mulk shakli hukmron bo‘lgan tizim.
Mulkni tasarruf etish – mulk bo‘lgan boylikning taqdirini mustaqil
hal etish, ya’ni mulkdan kelajakda qanday maqsadda foydalanish,
ishlatishni belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: