Moliyaning vazifalari – moliyaning mohiyatini o‘zgartira olmaydi,
lekin xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ularga
misol qilib: rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya, iqtisodiy axborot va
boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Moliyaning funksiyasi – moliyaning mohiyatini xo‘jalik faoliyatida
aniq ko‘rinishi, uning tashqi ifodasidir. U taqsimlash va nazoratdan
iborat.
Monetar qoida – monetarizm tarafdorlari tomonidan ilgari
surilgan. Unga ko‘ra muomaladagi pul massasi yiliga real YaIM
o‘sishining potensial sur’ati darajasiga teng miqdorda o‘sishi kerak. Pul
massasi barqaror 3-5% o‘sishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |