373
qilinadigan pul massasining ko‘payishi mumkinligini ko‘rsatuvchi
koeffitsiyent.
Pul muomalasi – pulning xo‘jalik aylanmasida doimo harakatda
bo‘lib, o‘z funksiyalarini to‘laqonlik bajarishi.
Pul muomalasi qonuni – muayyan davrda muomala uchun zarur
bo‘lgan pul miqdori bilan yaratilgan YaMM yoki barcha sotiladigan
tovarlar va xizmatlar narxining jami summasiga to‘g‘ri, pul aylanishi
tezligiga teskari mutanosib bog‘lanish.
Pul tizimi – mazkur mamlakatning pul muomalasini qonuniy asosda
tashkil etish tartibi, usullari, ularga xizmat qilish muassasalari.
Do'stlaringiz bilan baham: