Taqchil ishlab chiqarish inqirozi – turli ne’matlarni talabga
qaraganda kam ishlab chiqarish natijasida tang holatga tushish.
Talab – pul mablag‘lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda
namoyon bo‘lishi yoki to‘lov qobiliyatiga ega ehtiyoj.
Talab va taklif muvozanati – xaridor sotib olmoqchi bo‘lgan tovar
miqdori bilan ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan tovar
miqdorining tengligi
Talab qonuni – tovar narxlari bilan talab miqdorini teskari nisbatda
sabab-oqibatli, funksional bog‘lanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |