Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – qo‘shimcha ishlab chiqarish resurs-
larini jalb etish evaziga erishilgan iqtisodiy o‘sish.
Erkin (klassik) bozor iqtisodiyoti – xususiy mulkchilik, erkin
raqobatchilik, bozorga xos munosabatlar hukmron iqtisod. Uning
dastlabki bosqichi bilan keyingi bosqichlari farqlanadi.
Erkin industrial iqtisodiy zona (hudud) – mamlakat hududining
xorijiy mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi
tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi. Mazkur
zonalarda mazsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar,
bojxona to‘lovlari, ijara, viza olish, valuta ayiboshlash, mehnatga
yollashning qulay tartiblari belgilangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |